28
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq
ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning
bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan
sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik — o’sha ko’z yoshlarini keltirib
chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq
muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok
qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z
bilan ilg’ab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu
manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham,
taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil
etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning
jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati
hisoblanadi.
2. Ehtiyojlar va ularning turlari.
Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha,
har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning
rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq
bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik;
psixologik; ijtimoiy.
Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur
qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish
mumkin:
1.
Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu),
jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-
ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan
bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar
va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol
uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima
uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu
tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham
butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi.
Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa,
yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun
ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat
qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila
muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da.
Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik
psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u gumanistik
29
psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va
bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi
“uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir.
A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob
konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va
qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat
ravnaqi uchun xizmat qiladilar.
A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning
qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik
bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash
yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi.
A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu
unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart,
ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan
ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin
qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson
xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi.
A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik
darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay,
A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llab-
quvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental
tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy
tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam
bergan, deb ta’kidlaydi.
A.
Maslou
ehtiyojlar
iyerarxiyasi
bo’yicha
bixevioristlardan
birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab
ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining
motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli
xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1-
rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan
kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan:
1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi
Dostları ilə paylaş: