35
qilishga ichki bir xozirlik — dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish
to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivasiyasi turli sharoitlardan
orttirilgan tajribaga tayangan,
ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba
normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi.
Masalan, iqtisodiy oliygoxlarida: «Statistika» nomli kurs bor deylik. Shu
kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y
bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning
talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin,
uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan.
Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat.
Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan
keyingi harakatlari konkret
motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar
qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi
uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu
semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni,
maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan
ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi.
Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi
bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.
Bu ehtiyoj
taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab
qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa
o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u
yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi,
bola uchun motiv
o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni
o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa,
o’sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni
yoki elementi ajratiladi:
harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda
tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak,
aks holda dastur xech
narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va
undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir
tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat
muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan,
qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday
boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv
har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish
vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: