Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Kishi psixik faoliyatining o‘tish tezligini belgilovchi to‘g‘ma, biologik va nisbatan o‘zgarmas, barqaror xususiyati psixologiyada qanday ataladi?
B) mijoz
C) qobiliyatlar
D) xulq-atvor
2. Odamning o‘ziga va boshqalarga, mehnatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi barqaror bir-biri bilan bog‘liq xususiyatlar majmuasi. SHaxs xususiyatlarining qaysi birini ifodalaydi? A) mijozini, B) xarakterini, C) qobiliyatlarini, D) xulq-atvorini
3. Xarakter mijoz xususiyatlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? A) deyarli farq qilmaydi
B) xarakter xususiyatlari kishining yakka tartibdagi hayot faoliyatida shakllanadi
C) xarakter irsiyatga bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ma bo‘ladi
D) xarakter mijoz hayotda ijtimoiy muhitda namoyon bo‘lishidir
4. Flegmatik bolalarga yakka tartibdagi nimani maqsad qilib qo‘yish kerak? A) tashabbuskorlikka, mumkin qadar harakatchanlikka, faollikka odatlantirish
B) o‘ylab ish qilish, o‘zini tuta bilish
C) atrofdagi odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, sabrli bo‘lishga
o‘rganish
D) xushmuomala bo‘lish, bosiqlik, o‘zini tuta bilish
5. Kishi psixik faoliyatining dinamik (o‘tish tezligini belgilovchi) to‘g‘ma, biologik va nisbatan o‘zgarmas, barqaror xususiyati qanday ataladi? A) xarakter, B) qobiliyat, C) temperament, D) xulq-atvor
6. Odamning o‘ziga va boshqalarga, mehnatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi barqaror bir-biri bilan bog‘liq xususiyatlar majmuasi nima? A) temperament, B) xarakter, C) qobiliyat, D) qiziqish
7. Xarakter temperament xususiyatlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? A) deyarli farq qilmaydi
B) xarakter xususiyatlari kishining individual xayot faoliyatida shakllanadi
C) xarakter irsiyatga bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ma bo‘ladi
D) xarakter o‘zgarmaydi