123
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa va xodisalarni idrok va tasavvur qilish
mumkin bo’lsa, bunday tafakkur
konkret tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan
tafakkur turiga aytiladi.
Voqyelikni o’zgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga
yo’naltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday
qilib?», «Qaysi yo’l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib tadrijiy
ravishda, izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval
savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masala yechish uchun savollarga javob
qidiriladi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks
ettiriladi: qo’yilgan savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam
beradigan yo’llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko’nikmalarni kidirish, ularni
tanlash va faoliyatga tadbiq qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: