211
Oylar o’ttiz, o’ttiz bir kunlari bilan tugaydi. Qaysi oyda yigirma sakkiz
bor?
Arxeologlar «eramizdan avvalgi» chiqqan yigirma besh tiyinni topib
olishdi. Shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi?
Siz notanish xonaga kirib qoldingiz. U yerda benzin va gaz bilan
yonadigan chiroqlar bor ekan. Siz birinchi bo’lib nimani yoqishingiz kerak?
Ota va o’g’il avtohalokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok
bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani
ko’rib: «Voy xudoyim-ey bu mening o’g’lim-ku!» - deb yubordi. Shunday ham
bo’lishi mumkinmi?
Olttita sham yonib turgan edi, to’rttasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham
qoldi?
Ikki kg girya (tosh) bir kg va yarimta g’ishtga teng (og’irlikka) ega. Bitta
g’ishtning og’irligi qancha?
Qo’llarda o’nta barmoq bor, o’nta qo’lda nechta barmoq bo’ladi?
Birdan yuzgacha bo’lgan sonlar qatorida nechta to’qqiz bor?
Yog’ochni o’n ikki bo’lakka bo’lish uchun, uni necha marta arralash
kerak?
Samarqanddan Toshkentga va Toshkentdan Samarqandga qarab bir vaqtda
ikki poyezd yo’lga chiqdi. Samarqanddan Toshkentga kelayotgan poyezdning
tezligi ikkinchisidan uch marta katta. Uchrashgan vaqtda ularning har biri
Toshkentdan qancha masofada uzoqlikda bo’ladi.
Ko’p qavatli binoning o’n oltinchi qavatida bir odam yashaydi. U har kuni
ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib so’ng ishga ketadi. Kechki payt
ishdan qaytayotganida esa o’ninchi qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga
piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?
Vrach bemorga o’ttiz minut oralig’i bilan uchta ukol belgiladi. Bemor
ularning hammasini qancha vaqt ichida olib bo’ladi?
Bir kishi: «Bu mening bolam, lekin o’g’lim emas», - deb, ayanch bilan
yig’lab o’tiribdi. Shunaqasi ham bo’lishi mumkinmi?
Ikkita tanga bor va ularning yig’indisi o’n besh so’m. Lekin ularning
bittasi besh so’m emas. Nimaga shunday?
Savollarga javob berishda har to’g’ri javob uchun «+» noto’g’ri javob
uchun «-» belgisi qo’yiladi. Faqat «+» belgili javoblargina hisoblab chiqiladi va
shunga ko’ra sinaluvchining xarakteristikasi belgilanadi.
Sinaluvchidan 4, 5, 6, 9, 10, 19, 20-savollarga berilgan javoblarga
izoh berish talab qilinadi. Izohlar asosli bo’lsagina (tavakkal, tasodifiy javoblar
bo’lmasa) ular to’g’ri deb hisoblanadi.
Javoblar:
1) 1 soat; 2) 9 tasi; 3) sinaluvchining yoshi; 4) yo’q (chunki o’lgan odamga
nafaqa berilmaydi); 5) yo’q (chunki u kishining o’zi o’lib ketgan, o’lgan
nafaqat xotinining singlisiga, balki umuman uylana olmaydi); 6) ha (bu kun
hamma joyda, kalendarda bor); 7) hammasida; 8) gugurtni; 9) yo’q (u vaqtlarda
tanga, tiyin bo’lmagan); 10) ha (bu uning onasi); 11) 6 ta; 12) 2 kg; 13) 50 ta;
212
14) 20; 15) 11 marta; 16) bir xil masofada; 17) bo’yi yetmaydi (liliput odam
bo’lgan); 18) 1 soatda; 19) ha (bu uning qizi); 20) bittasi 5 so’m bo’lmasa,
ikkinchisi 5 so’m
Noto’g’ri «-» javoblar bo’yicha xarakteristikalar:
0 dan 2 gacha – geniy;
3 dan 4 gacha – intellektual (zehni o’tkir, aqlli);
5 dan 8 gacha – mulohazali;
9 dan 10 gacha – o’rtacha;
11 dan 12 gacha – aql uchqunlari ko’rinib turuvchi odam;
13 dan 14 gacha – fikrlash doirasi o’rtadan past;
17 dan 18 gacha – fikrlash doirasi va qobiliyatini rivojlantirish ustida jiddiy
ishlashlashlari zarur kishilar.
4. Tafakkur turlari. Tafakkurning individual xususiyatlari.
Hayol va uning turlari. Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat. Kichik
guruhlarda ishlash uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga
quyidagi tarqatma materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar
tayyorlash topshiriladi. Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va xar bir gurux
taqdimoti uchun 3 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa
ajratiladi
Dostları ilə paylaş: