213
5. Ijodiy tafakkur.
Inson tomonidan bevosita Idrok kilinayotgan predmetlar emas, balki tasavvur
kilinayotgan obrazlar hakida fikr yuritish kurgazmali – obrazli tafakkur deyiladi.
Bogcha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo’lmaganligi uchun
bilish faoliyatida asosan kurgazmali – obrazlarga suyanib fikr yuritadilar,
muloxaza bildiradilar, xukm chikaradilar.
Ixtiyorsiz tafakkur deb mantikiy tafakkur yordamida ko’p Vaqtlar
davomida xal kilinmagan akliy vazifalarning tusatdan, kutilmaganda xal kilinib
kolishi prosessiga aytiladi.
Ixtiyoriy tafakkur jarayoni muloxaza, muxokama, isbotlash, gipoteza
qilish kabi shakllarda kamoyon bo’ladi. Matematika, fizika, ximiya,
psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari
bunga yorqin misol bo’la oladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va suzlarda
ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa va xodisalarni Idrok va tasavvur qilish
mumkin bo’lsa, bunday tafakkur KONKRET tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan
tafakkur turiga aytiladi.
Vokelikni uzgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga
yunaltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday
qilib?», «Kaysi yo’l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo’lgandagi fikrlashni
nazarda tutsa, divergent tafakkur — fikrning shunday turiki, u shaxsga bir
muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo’lishini
taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo’lsa, u
ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo’ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib tadrijiy ravishda,
izchil uzaro boglangan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tugiladi,
vazifa aniqlanadi, masala yechish uchun savollarga javob kidiriladi. Ijodiy
tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: kuyilgan
savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo’llar, usullar,
vositalar, koidalar va kunikmalarni kidirish, ularni tanlash va faoliyatga tadbik
qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: