97
Diqqat har kanday faoliyatning muhim shartidir. Diqqatsiz hatto eng
oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mehnatning barcha
jarayonida, ijodiy faoliyatda, o’qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki,
ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi», - deb
yozgan edi.
Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I. P Pavlovning yozishicha
oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham
atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko’zg’alishi va
miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog’liqdir.
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi
qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga
egadir. Mana shu qonunga muvofiq bosh miya po’stining bir joyida paydo
bo’lgan ko’zg’alish bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanshni
yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga
kelgan tormozlanish bosh miya po’stining boshka joylarida kuchli ko’zg’alishni
paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po’stida
ko’zg’alish uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi
kuchli ko’zg’alish o’chog’i mavjud bo’ladi.
A. A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan
dominonta prinsipi ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Shu
dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun
turadigan hukmron o’chog’i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga
kelayotgan hamma ko’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va
buning natijasida boshqa ko’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada
oshadi.
Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga
o’tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko’chib turishining
nerv fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, Pavlov bilan
Uxtomskiy ta’limotlari bir – biriga qarama – qarshi emas, balki mazmun
jihatdan o’xshashdir.
Jiddiy diqqat, odatta o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalar bilan
bog’liq bo’ladi, narsani yaxshilab idrok kilishga qaratilgan harakatlar bilan
/tikilib qarash, diqqat bilan eshitish/, ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas
olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xarakterli bo’lgan yuz xarakterlari bilan
bog’liq bo’ladi.
Diqqat uch turli bo’ladi: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan
keyingi yoki muvofiqlashgan diqqat.
Dostları ilə paylaş: