115
barcha ko’rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o’zini-o’zi tarbiyalash
imkoniga egadir.
Xarakterning shakllanishi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va
o’zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y
yoki munofiq, botir yoki qurqoq, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.
Har bir odamning
xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan,
tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy
kilib, o’zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining
taraqqiy kilib borishi bilan mustaxkam bog’liqdir. Shu sababli kishining irodasi,
aql-idroki va his-tuyg’ularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi
xaqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham
tegishlidir.
Xarakterning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli. Kishining
butun
hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo, shu
kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko’rsatadi.
Xarakterning shakllanishida tarbiyaning roli. Xarakterning o’sishida
tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy va yetakchi rol uynaydi. O’sib
kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar, bolalar bog’chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterning shakllanishida jamoaning roli. Bola xarakterining tarkib
topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir.
Inson yakka, bir-biridan
ajralgan xolda tanho yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi,
oilada, maktabda, sexda, bog’chada hayot kechiradi. Jamoa –
shaxs bilan
jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o’yin, o’qish va
mehnati xuddi mana shu jamoada voqyea bo’ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin
konkret muhiti bo’lib qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi
xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog’i mumkin.
O’z xarakterini o’zi tarbiyalash. Kishi xarakteri o’z-o’zini tarbiyalashning
ham maxsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z
xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. Shu bilan bir vaqtda
kishi o’z xarakterida salbiy tomonlarni o’zi tan olishi, kamchiliklarni o’zi
tarbiyalashi lozim. O’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni,
yaxshi idealini o’zida tarbiyalashi kerak.
Xarakterning shakllanishida namunaning roli. Yuksak
axloqiy va
irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo’lgan kishilar namunasi xarakter
tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga
namuna qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan ajoyib insonlar juda kup. Ayniqsa,
mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi,
xalq manfaati yo’lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo’ladigan kishilar
tobora ko’payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, chet ellar
bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at,
adabiyot namoyandalari orasida ko’plab uchratishimiz mumkin.