O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


YTH va yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olishga



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
True

YTH va yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olishga 
qaratilgan ishlarni rejalashtirish
Avvalambor, avvalgi bo‘limlarda ta’kidlab o‘tilganidek, 
harakat xavfsizligi xizmati ATXning barcha bo‘limlari bilan 
kelishgan holda YTHni va yo‘l-harakat qoidalarini hamda harakat 
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy hujjat, buyruq va 
yo‘riqnomalarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan 5 yillik ish 
rejasi asosida yillik ish rejasini ishlab chiqadi va uni tasdiqlash 
uchun korxona rahbariga taqdim etadi. Ish rejasi tasdiqlangandan 
so‘ng harakat xavfsizligi xizmati xodimlari uning belgilangan 
muddatlarda bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ish rejasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan 
bo‘lishi kerak:
– haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
– yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash;
– harakat xavfsizligi xizmatining ishini yanada takomil lashti-
rish;
– kadrlar bilan ishlashni mukammallashtirish va boshqalar.


163
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish
Harakat xavfsizligi va tasarruf xizmati bo‘limlarining xodimlari 
bajarishi shart bo‘lgan ishlardan biri, bu 
– 
ATXning transport 
vositalari qatnaydigan yo‘llarning sharoitini ko‘zdan kechirish va 
tekshirishdan iborat.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish yo‘l sharoitidagi 
xavfli uchastkalarni, eng ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarni va 
ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini beradi.
Asosan, bu tadbir har yili ikki marta – bahorda (1-apreldan 
boshlab) va kuzda (1-sentabrdan boshlab) o‘tkaziladi.
Yangi ochiladigan avtobus yo‘nalishlarida esa, yo‘nalishni ochish -
dan avval yo‘l sharoiti ko‘zdan kechirilib va tekshirib chiqiladi.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish uchun komis-
siya tuziladi. Komissiya transport boshqarmasi, yo‘l xo‘jaligi 
(obodonlashtirish boshqarmasi), ATX, yo‘l harakati xavfsizligini 
nazorat qilish boshqarmalari va mahalliy davlat organlari 
vakillaridan tashkil topgan bo‘ladi. Komissiya ishiga O‘zbekiston 
Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘limlarining 
xodimlari raislik qiladi.
Yo‘nalishlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish ishlari to‘rt davrga 
bo‘linadi: tayyorlash, tekshirish, tekshirish aktini rasmiylashtirish va 
materiallarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.
Tayyorgarlik davrida komissiya a’zolari o‘z mutaxassisligidan 
kelib chiqqan holda yo‘nalishni tekshirish uchun zarur bo‘lgan 
materiallarni tayyorlaydi, masalan, ATX xodimlari yo‘nalish 
chizmasini, YTH sodir bo‘lgan joylarni (YTHning chiziqli 
grafigini), yo‘nalishdagi xavfli uchastkalarni, chorrahalarni va 
hokazo. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi «Yo‘nalish pasporti»da 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish 
boshqarmasi vakillari yo‘nalishdagi harakatni boshqarish postlari, 
o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari, YTH sodir bo‘lgan 
joylar va ularning yo‘nalish o‘tgan yo‘l qismining pasportini, yo‘lni 
ta’mirlash ish rejasini tuzadilar.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish, yo‘nalishdagi 
bosh bekatdan to oxirgi bekatgacha avtomobillarda sekin 
harakatlanib (tezlik 10 – 15 
km/s
), zarur joylarda to‘xtab, xavfli 
uchast kalarni suratga tushirib borish bilan tugatiladi.


164
Komissiya yo‘l sharoitini bevosita tekshirish davrida yo‘l sharoitini 
shu yo‘l pasportiga to‘g‘ri kelishini, yo‘llarni yoritilganlik darajasini, 
trotuar va velosiped yo‘lakchalarining mavjudligini, temir yo‘l 
kesishmalarini, ularda harakatning qanday tashkil etilganligini, yo‘l 
harakatini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Tekshirish ishlarining aktini rasmiylashtirish davrida 
aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va kim 
tarafidan bartaraf etish kerakligi va muddatlari, mavjud yoki yangi 
ochilayotgan yo‘nalishda tashishni boshlash mumkin yoki mumkin 
emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar komissiya tekshirilgan yo‘nalishda 
transport vositalarining harakatini taqiqlashni lozim topsa, bu qaror 
to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni ogohlantiradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin