1)MTATVT. Ma’lumotlar tuzilmasi – bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi. Ma’lumot – bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi.Misol uchun bu bironta eksperiment natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo’lishi mumkin.Ma’lumotlar tuzilmasi elementi – bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchun talabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan bahosi va x.k. larni keltirish mumkin. Ob’ekt – bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma hisoblanadi. Masalan, talaba bu ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma.Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin.Yozuv – bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir.
2)MT(T) Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin. C# dasturlash tili keng ko’lamdagi ma’lumotlar toifasini o’zida mujassamlashtirgan.
3)AS H Algoritmlar samaradorligini hisoblashda kirish ma’lumotini qanday tanlash ko’rilayotgan algoritmni bajarilishiga yaxshigina ta’sir ko’rsatadi.Masalan, agar kirish ma’lumotlari allaqachon saralangan bo‘lsa, ba’zi saralash algoritmlari juda yaxshi ishlaydi, ayrimlari ancha past samaradorlik bilan ishlashi mumkin. Agar kirish ma’lumotlari saralanmagan, tartibsiz bo’lsa, buni aksi bo’lishi mumkin.Shuni e’tiborga olgan holda, algoritmlar taxlil qilinishi kerak.
4)MTB