O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


SHAM usullarini ko‘rsatish dialogi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102
 
SHAM usullarini ko‘rsatish dialogi 
 
Tibbiy xodim: Bemor bilan salomlashish. Umumiy savollar. 
Tibbiy xodim: Bolangiz biron narsa icha oladimi? 
(aniqlashtirish) 
Ona: Ha. 
Tibbiy xodim: Nimalarni? 
Ona: Ozgina suv, choy va guruch qaynatmasi. 
Tibbiy xodim: Umuman, bolangiz har doimgidek miqdorda 
ichayaptimi yoki kamroq, ko‘proqmi? 
Ona: Har doimgidek miqdorda.
Tibbiy xodim: Siz unga suv va guruch qaynatmasini 
berayotganingiz judayam yaxshi. (Rag‘batlantirish) Bolada 
diareya bo‘lganda, u suyuqlik yo‘qotadi. Suyuqliklar ichish esa 
uni holdan toyib qolishiga to‘sqinlik qiladi. Bolaga har 


68 
doimgidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichirishni davom ettiring. 
Bolangiz nimalar yeyapti? 
Ona: Hech nima yemayapti. 
Tibbiy xodim: Siz nima deb o‘ylaysiz nima uchun? 
(tushunish) 
Ona: Bolam och bo‘lmasa kerak yoki betobligi sababli 
ishtahasi yo‘qdir. 
Tibbiy xodim: Ha, ko‘pincha shunday tuyuladi. Lekin bola 
kuchsizlanib qolmasligi uchun, uning ovqat yeyishi juda 
muhimdir. Unga qanday ovqat bera olasiz? 
Ona: Guruch. 
Tibbiy xodim: Juda yaxshi. Balki guruchga ezilgan sabza-
votlar va ozgina yog‘ qo‘shib ko‘rarsiz. Agar ovqat juda yum-
shoq bo‘lsa, bola osonroq yeya oladi. Uni ovqat yeyishiga ko‘n-
diring: ovqat unga kuchli bo‘lib qolishi uchun zarurdir. Bolan-
giz boshqa dori vositalari yoki boshqa davoni qabul qilayaptimi? 
Ona: Yo‘q. 
Tibbiy xodim: Juda yaxshi. Agar siz bola kuch yig‘ib olishi 
uchun unga ko‘p suyuqlik bersangiz va ovqatlanishiga yordam 
bersangiz, bolangiz bir necha kunda sog‘ayib ketadi. Yana 
quyidagilarni esingizda tuting, agar:
U ovqat yeya olmasa yoki suyuqlik icha olmasa, yoki uning 
najasi tez-tez, suyuq kelsa, yoki u qayt qilsa, tana harorati 
oshsa, yoki uning najasida qon bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga 
murojaat qiling. 
Agar siz shu belgilardan birortasini sezsangiz, uni 
ovqatlantirishni va suyuqlik berishni davom ettiring va shifokor 
oldiga olib boring. Mana bu broshyurani oling. U siz nima 
qilishingiz kerakligini eslab qolishingizga yordam beradi.
Tibbiy xodim bolani uyda qanday parvarish qilish haqidagi 
broshyurani onaga beradi. Ular birgalikda uni ko‘rib chiqadilar. 
Tibbiy xodim: Endi iltimos, bolangizga nimalar qilishingizni 
takrorlab bering (qayta bog‘lanish). 
Ona: Men unga ko‘proq suyuqlik beraman va ovqatlan-
tirishga harakat qilaman. 
Tibbiy xodim: U qancha suyuqlik ichishi kerak? 
Ona: Odatdagidan ko‘proq suyuqlik ichirishim kerak. 
Tibbiy xodim: Uni ishtahasini ochish uchun nimalar qilasiz? 


69 
Ona: Men unga yumshoq, ezilgan ovqat tayyorlab beraman. 
Unga ovqatni oz-ozdan tez -tez beraman. 
Tibbiy xodim: Siz qachon shifokorga murojaat qilasiz? 
Ona: Men kuzatib boraman: agar uning tana harorati 
ko‘tarilsa, najasida qon paydo bo‘lsa. 
Tibbiy xodim: Ha, siz uning ovqat yeya olishiga, suyuqlik 
icha olishiga va ko‘p qayt qilmasligiga ham e’tibor berishingiz 
kerak. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin