O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Bemor bilan ishonchli aloqa o‘rnatishga harakat qiling



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
3. Bemor bilan ishonchli aloqa o‘rnatishga harakat qiling

Bemorga ismi sharifi bilan murojaat qiling. Suhbat boshida 
chalg‘ituvchi mavzularda 5 daqiqalarcha so‘zlashing. Agar siz tik 
turgan bo‘lsangiz bemor o‘zini yordamsiz, ilojsiz his qilishi mum-
kin. Buning aksi bo‘lganda bemor sizning imkoniyatlaringizga 
ishonishi qiyin bo‘ladi. Bemor so‘zlarini diqqat bilan tinglang.


67 
Nigohingiz bemorda bo‘lsin. Suhbat davomida sabab topib, 
uni rag‘batlantiring. Keyinchalik bemor davolashida yordam 
beradigan ma’lumotlarni olishga harakat qiling. 
4. Suhbatni ijobiy kayfiyat bilan boshlang
. Muloqotni 
«
O‘zingizni qanday his qilayapsiz?
»

«
Sizni ko‘proq nima be-
zovta qilayapti?
»
kabi savollar bilan boshlab, bemorni o‘zini 
qanday qis qilayotganini aniqlab oling. Bu orqali bemorning 
ruhiy holatiga ham baho berishingiz mumkin. Bemordan olgan 
ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmang. Bemorni erkin 
gapirishiga yordam bering. O‘zingiz murakkab tibbiy terminlarni 
qo‘llamasdan, sodda tilda gapiring. Bemor javoblariga e’tibor 
bering. Bemor his-tuyg‘ularini anglab, u haqida ko‘proq ma’-
lumotlarga ega bo‘lasiz. 
5. Aniq savollar berishga harakat qiling
. Muloqotni yopiq 
savollar bilan boshlab, ochiq savollar berib davom ettiring. 
Bemor shikoyatlaridan asosiysini ajratib olishga harakat qiling. 
Jumlani takrorlab, uni tushunganingizni ko‘rsating. Tavsiyalar 
berganingizdan so‘ng qayta bog‘lanib, tushunganini tekshiring. 
6. Natijalarni qayd qiling
. Bemordan olgan hamma ma’lu-
motlarni yozib olishga harakat qilmang. Buning o‘rniga qisqa 
sanalarni, vaqtni, asosiy ma’lumotlar yozib, ular asosida 
keyinchalik suhbatni to‘liq qayd eting. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin