66
SAMARALI MULOQOTNING QOIDALARI
Tibbiy-ijtimoiy xodim samarali muloqot o‘rnatish uchun
quyidagi qoidalarga rioya qilishi tavsiya etiladi:
1. Muloqotgacha bemor haqida kerakli ma’lumotlarni to‘p-
lang
. Kerakli ma’lumotlarni ishochli
manbalardan qanchalik
ko‘p to‘plasangiz ortiqcha savollar bilan bemorni kamroq
bezovta qilasiz.
2.
Muloqot uchun qulay sharoit yarating.
Iloji bo‘lsa alohida
xona, juda bo‘lmaganda tinch joy tanlang. Xonaning yorug‘-
ligiga e’tibor bering. Judayam yorug‘ yoki qorong‘iroq joy sizni
va bemoringizni tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bemor bilan sizning o‘rtangizda stol, qovushtirilgan qo‘l kabi
ramziy to‘siqlar bo‘lmasligiga harakat qiling. Ortiqcha odam-
larning suhbatingizga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymang. Bemor
suhbatga tayyor bo‘lmasa
yoki xohlamasa, muloqotni boshqa
kunga qoldiring. Agar bemorni og‘riq bezovta qilsa,
shifokor
tayinlagan og‘riq qoldiruvchi dori moddasini bering. Shoshil-
mang, yaxshi natija berishi uchun suhbat 1 soatgacha cho‘zilishi
mumkin. Agar vaqtingiz kam bo‘lsa, muloqotni bir necha
qismlarga bo‘lib o‘tkazing. Sababini bemorga tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: