O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Muloqot davomida savollarni 3 xili qo‘llaniladi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
Muloqot davomida savollarni 3 xili qo‘llaniladi:
1. Yopiq savollar
– qisqa va aniq javoblarni (ko‘pincha 
«
ha
»
va 
«
yo‘q
»
javoblari) talab qiladi va asosan suhbat boshida 
qo‘llanilishi ma’qul hisoblanadi. Kasallik tarixining pasport 
qismi savollari va boshqa qisqa savollar bunga misol bo‘la oladi. 
Masalan: 
Ismingiz nima? Necha yoshdasiz? Bolangizning ichi 
necha marta ketdi? Qorin sohasida kuchli og‘riqlar bormi? 
2. Ochiq savollar
– uzunroq va o‘ylashni talab qiladi. 
Hissiyotlar va xavotirlarni tushuntirib berishga imkon beradi. 
Suhbat davomida qo‘llaniladi. Masalan: 
Nogiron bo‘lganingizdan 
keyin qanday davo choralarini qabul qildingiz? Bolangizni ichi 
ketganda qanday parvarish qildingiz?
3
. Tekshiruvchi savollar
– avval aytilgan tasdiqni tushun-
tirib beradi. Suhbat davomida bemorni tushungan tushunma-
ganingizni aniqlab, qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkoniyatini 
beradi. Masalan: 
Nima uchun aynan shu dorilarni qabul 
qilishingiz kerak? 
Muloqot davomida bemorni rag‘batlantirish katta ahami-
yatga egadir. 
Rag‘batlantirish
 
– bemorda o‘z - o‘ziga ishonch 
hosil qilish bo‘lib, rag‘batlantirish yordamida bemor o‘z muam-
molarini o‘zi hal eta olishiga ishonchingizni bilidirish demakdir. 
Tibbiy - ijtimoiy xodim suhbat davomida suhbatdoshining maq-


62 
tash uchun sabab topa olishi kerak. Maqtov – yaxshi xulqqa 
suyanishni, bemor yaxshilik qilganini ko‘rsatishni bildiradi. 
Bemor va uning yaqinlari bilan muloqot qilganda va ularga 
ma’lumot berganda murakkab tilda so‘zlashish maqsadga mu-
vofiq emas. Turli murakkab tibbiy ma’lumotlarni, terminlarni 
har bir inson talabiga mos keluvchi va tushunarli so‘zlar bilan 
ifodalash zarur. 
Ba’zi odamlar his-tuyg‘ularini so‘z bilan ifodalashga qiyna-
ladilar, shuning uchun bemorlar hissiyotini noverbal shakllarini 
bilish zarurdir. Tibbiy-ijtimoiy xodim bu his-tuyg‘ularni bilsa, 
bemorlar bilan noverbal muloqot olib borishi mumkin. 
Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, odam har kunlik muloqotning 
7% ini so‘z, 38% ini tovush va intonatsiya va 53% ini so‘zsiz 
muloqot ko‘nikmalari yordamida amalga oshirar ekan. Noverbal 
muloqot ko‘nikmalariga insonning his-tuyg‘u va emotsiyalari 
kiradi. Biz foydalanayotgan so‘zlar muloqotning noverbal muloqot 
ko‘nikmalari asosida uzatiladi. Bu ko‘nikmalar biz eshitadigan 
so‘zlarga ta’sirchanligini oshirib, ahamiyatlilik kasb etadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin