59
KOMMUNIKATSIYA ASOSLARI. SHAXSLARARO
MULOQOT
Muloqot – bu so‘z, imo - ishoralar yoki belgilar yordamida
aniq bir mavzu bo‘yicha ma’lumot yoki fikr almashishdir.
Muloqot juda ko‘p odamlar uchun ajralmas ehtiyoj hisoblanadi.
Tibbiy-ijtimoiy xodimlarning ish faoliyatlari juda ko‘p
odamlar bilan uchrashuvlar va suhbatlashuvlardan iborat. Ular-
ning asosiy vazifalaridan biri aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush
tarzini targ‘ib etish, kasalliklarni oldini olish ishlarini olib
borishdir. Samarali faoliyat ko‘rsatish
maqsadida muloqot
ko‘nikmalarini yaxshi bilishlari kerakdir.
Shaxslararo muloqot odamlar yoki guruhlar o‘rtasidagi
yuzma-yuz muloqot bo‘lib, verbal va noverbal axborot,
fikr va
tuyg‘ular almashishdir. Muloqotning negizi bo‘lib – umumlik
hisoblanadi. Suhbatdoshlar o‘rtasida qancha umumiylik ko‘p
bo‘lsa, muloqot shuncha yaxshi bo‘ladi. Umumlikni yaratish –
yaxshi muloqot negizi ekanligini tibbiy
ijtimoiy xodim yaxshi
bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: