87
o‘rniga tozasi yoziladi, so‘ng bemorni toza choyshab ustiga
yotqizib, boshqa tomondan kir choyshab tortib olinadi.
Og‘ir bemorning ichki kiyimlarini almashtirishda tibbiy-
ijtimoiy xodim qo‘lini bemorning dumg‘azasi tagidan kiritishi,
ko‘ylagining etagidan tutishi va ehtiyotlik bilan uning boshi
tomon yaqinlashtirishi va bemorning ikkala qo‘lini ko‘tarib,
bo‘yni oldida qayirilgan ko‘ylagini uning boshidan so‘ngra qo‘-
lidan yechib olishi lozim. Bemorni kiyintirish uchun avval ko‘y-
lakning yenglari kiygizaladi, so‘ngra uning boshidan o‘tkazilib,
nihoyat bemorning etagi tekislab qo‘yiladi. Og‘ir ahvoldagi
(miokard infarkt) bemorlar uchun kiyish va yechish oson bo‘l-
gan maxsus ko‘ylaklar (raspashonka) mavjud. Agar bemorning
qo‘li shikastlangan bo‘lsa, ko‘ylakni avval kasal, so‘ngra sog‘lom
qo‘liga kiydiriladi.
Dostları ilə paylaş: