88
Terini artish uchun zararsizlantiruvchi spirtli eritma, sirka kislo-
tasining 0,1% li eritmasi yoki kamfora spirti va boshqalardan
foydalaniladi.
Yotoq yaralar eng ko‘p paydo bo‘ladigan soha dumg‘azadir.
Kamroq
hollarda ular kurak, tovon, ensa, tirsak, quymuch
do‘mboqlari va suyak bilan to‘shak orasida yumshoq to‘qimalar
uzoq vaqt bosilib turadigan sohalarda paydo bo‘ladi. Terining
shu sohalariga bosim tushishi, qon aylanishining kamayishiga va
to‘qimalarning qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaslikka olib
keladi.
Yotoq yaralar asta-sekin, ko‘pincha bemorning o‘zi ham
sezmaydigan holda avj oladi. Ular
quruq va infeksiya tushishi
natijasida yiringli yoki irigan bo‘ladi. Avvaliga teri qizarib so‘ng-
ra yiring bilan to‘lgan pufakchalar yuzaga keladi. Ular davo-
lansa, yoriladi, bunda terining so‘rg‘ichli qavati ochilib qolib,
rangi asta-sekin xiralashadi va jonsizlanish vaqtiga kelib, deyarli
qorayadi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib
tushadi va yotoq yaraning
ichkarisida aksariyat suyak ko‘rinib qoladi. Darmonsiz bemor-
larda yotoq yaralarning tez avj olishi umuman qon zararlani-
shiga va ba’zan o‘limga sabab bo‘ladi. To‘qimalarga tushadigan
bosimni bartaraf qilish, terini yaxshi
parvarishlash va yotoq
yaralarni to‘g‘ri davolash samarali natija berishi mumkin. Biroq
shunga qaramay, yotoq yarani davolashdan ko‘ra uning oldini
olish osondir. Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorga va uni yaqinlariga
yotoq yaralar xavfi va ularni oldini olish haqida axborotni
yetkazishi kerak.
Yotoq yaralarining yuzaga kelishiga ko‘pincha bemorlarni
yaxshi parvarish qilmaslik: notekis, qattiq o‘rin,
uning tez-tez
to‘g‘rilanib turilmasligi, almashtirilmasligi va shu sabab choy-
shabda mayda ushoqlar, burmalar bo‘lishi, choyshab va ko‘y-
lakdagi choklar, bemor
ichkiyimini kam almashtirish, siydik va
axlat tegib bulg‘angan badan terisini vaqti-vaqtida yuvib
turmaslik sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: