100
ifodalanadi. Ba’zan isitma cho‘qqisida markaziy nerv tizimining
qo‘zg‘alishi: alahlash, gallutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Bu
bosqichda bemorni yolg‘iz qoldirish xavfli bo‘lib,
bunday hol-
larda tibbiy - ijtimoiy xodim shaxsiy postini uyushtirish maqsad-
ga muvofiq hisoblanadi. Bemorning ahvolidan tinmay xabar olib
turiladi, agar ahvoli yomonlashib boradigan bo‘lsa, shifokorni
chaqirish zarur. Bu davrda
bemorga suyuq yoki suyuqroq,
yuqori kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan ovqatlar berish lozim.
Bemorni oz-ozdan sutkasiga 5–6 marta ovqatlantirish va unga
ko‘p suyuqliklar berish maqsadga muvofiqdir.
Bu davrda
bemorlarning og‘zi quriydi, lablari yoriladi,
shuning uchun
tibbiy - ijtimoiy xodim ularning og‘iz bo‘shlig‘ini vaqti - vaqtida
natriy gidrokorbanatning kuchsiz eritmasi bilan artadi va
lablariga vazelin moyi yoki glitserin surtishi lozim. Boshi qattiq
og‘rib turgan bemorning peshonasiga muzli xaltacha qo‘yilib,
muz erigan sari uni yangilab turiladi.
Haroratning
Dostları ilə paylaş: