O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
SOCHLARNI PARVARISH QILISH 
 
Bosh yuvilgandan so‘ng bir necha kun o‘tgach, sochlarda 
ko‘p miqdorda yog‘, chang va kir yig‘iladi. Shuning uchun 
bemorlar 7 – 10 kunda bir marta boshini sovunlab yoki sham-
pun bilan yuvishi zarur. O‘rinda uzoq yotadigan va gigiyenik 
tartibga rioya qilmaydigan bemorlar sochini qarab turishi kerak. 
Sochi uzun ayollar sochini mayda tishli taroqda har kuni 
tarashlari, har bir bemor o‘zining shaxsiy tarog‘idan foydala-
nishi lozim. Kalta sochlarini ildizidan uchiga tomon tarash 
kerak. Uzun sochlar esa uzunasiga bo‘lib taraladi va asta-sekin 
uchidan ildizi tomon, yulib olmaslikka harakat qilib taraladi. 
Uksus eritmasiga botirib olingan mayda tishli taroq qazg‘oq va 
kirni ham yaxshi tozalaydi. Boshni toza yuvish uchun har xil 
shampunlar va bolalar sovunidan foydalaniladi. Agar bemorning 
ahvoli yaxshi bo‘lsa, uning boshi gigiyenik vanna paytida yuvi-
ladi. Turolmaydigan bemorlar boshi yotgan joyida yuvib qo‘yila-
di. Bunda tog‘oracha krovatning bosh tomoniga qo‘yiladi. Be-
mor boshini bo‘yni sathidan orqaga tashlaydi va taglik qo‘yiladi. 
Sovun surtish vaqtida sochlar tagidagi terini ishqalash lozim. 
So‘ngra sochlar yaxshilab chayiladi, quriguncha artiladi va tarab 
qo‘yiladi. Bosh yuvilgandan keyin tibbiy-ijtimoiy xodim bemor 
shamollab qolmasligi uchun, uning boshiga sochiq yoki durra-
chani o‘rab qo‘yadi.
TIRNOQLARNI OLISH 
 
Bemor tirnoqlarini har haftada olib turish va parvarish qilish 
lozim. Buning uchun suyuq sovun, oyoq va qo‘l uchun mal-
ham, qaychi, maxsus egovcha, yumshoq cho‘tka, lotok va so-
chiq bo‘lishi lozim. Avval tog‘orachadagi suyuq sovun qo‘shil-
gan iliq suvga barmoqlar 2 – 3 daqiqaga solib turiladi. Beshin-
chi barmoqni suvdan chiqarib artib, tirnoqni asta-sekinlik bilan 
1 – 2 mm qoldirib olinadi. Ketma-ket barcha barmoqlar suvdan 
chiqarilib va artilib, tirnoqlar olinadi. Suvda bitta barmoq 


95 
qolganda ikkinchi qo‘l barmoqlari suvga solinadi. Tirnoqlarga 
maxsus egovcha, so‘ng yumshoq cho‘tkacha bilan ishlov beri-
ladi. Qo‘l tirnoqlariga ishlov berilgach oyoq barmoqlari tovon 
bilan birga boshqa tog‘orachadagi iliq sovunli suvga 3 – 5 daqi-
qaga solib qo‘yiladi. Oyoq barmoqlari suvdan chiqarib artiladi 
va sochiq ustiga qo‘yiladi. Maxsus keskichlar yordamida tir-
noqlar sekinlik bilan olinadi. Tirnoqlarga maxsus egovcha va 
cho‘tkacha bilan ishlov beriladi. Yuqoridagi tartibda ikkinchi 
oyoq tirnoqlari olinadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin