O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
 
OG‘IZ BO‘SHLIG‘INI PARVARISH QILISH 
Kuchsiz bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘iga mikroorganizmlar 
yig‘ilib, ular badbo‘y hid hosil qiladi, bu esa og‘iz bo‘shlig‘i 
shilliq pardasining yiringli kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. 
Mana shuning uchun ham og‘ir yotgan bemorning og‘iz 
bo‘shlig‘ini parvarish qilish zarur. 
Yuradigan bemorlar har kuni ertalab va kechqurun ovqatdan 
keyin tishlarini yuvadilar va og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz (1 stakan 
suvga ¼ choy qoshiqda osh tuzi solinadi) namokob yoki kaliy 
permanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayadilar. Og‘ir 
ahvoldagi bemorlar tishlarini o‘zlari yuva olmaydilar, shuning 
uchun tibbiy ijtimoiy xodim har gal ovqatdan so‘ng bemorning 
og‘zini, tilini, tishlarini parvarish qiladi. Buning uchun 2% li 
natriy gidrokorbanat eritmasi yoki kuchsiz kaliy permanganat 
eritmasini menzurkaga quyadi va qo‘lqoplarni kiygan holda 
bemorni yon tomonga qaratishga yordam beradi, tish protezlari 
bo‘lsa yechishga yordam beradi. Oldiga klyonka sochiq yozib, 
daxani ostiga lotok beradi. Pinset yordamida paxta sharchani 
antiseptik eritmada ho‘llab, tishlarini har birini milkdan boshlab 
artib chiqadi, vaqti-vaqti bilan sharchani almashtirib turiladi. 
Chap qo‘l bilan steril salfetka yordamida til uchidan ushlab, 
tilni og‘iz bo‘shlig‘idan chiqariladi va steril salfetkani shpatelga 
o‘rab antiseptik eritmaga botirib, tildagi karashni oladi. 
Shundan keyin bemor tanglaylarini, lunjining ichki tomonlarini, 
til ostini artib, og‘zini yaxshilab chayishga yordam beriladi. 
Ba’zi kasallarda lab quriydi, og‘iz burchaklari yoriladi. Bu 
og‘zini ochganda og‘riqqa sabab bo‘ladi. Bemor ahvolini 
yaxshilash uchun labiga suvga ho‘llangan doka salfetka bosiladi, 
so‘ng lablariga yumshatuvchi moy surtiladi. Og‘zini katta ochish 


93 
yoriqlarga qo‘l tekkizish va hosil bo‘lgan po‘stloqchalarni shilish 
mumkin emas. Tish cho‘tkasidan foydalanish man qilinadi.
Agar bemorda tish protezlari bo‘lsa, kechqurun ularni olib 
qo‘yish, sovunlab yuvib, ertalabgacha quruq va toza stakanda 
saqlash, ertalab yana yuvib, keyin taqish kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin