O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Puls urishining me’yorlari 
 

 
Yoshi 
Puls farqi 
O‘rtacha 

1 yoshgacha 
100-160 
140 

1-2 yosh 
90-150 
110 

2-6 yosh 
70-130 
105 

6-14 yosh 
60-110 
90 

14 yosh va 
kattalarda 
60-110 
75 
 
NAFAS OLISHNI SANASH 
 
Nafas a’zolari organizmni kislorod bilan ta’minlash va 
karbonat angidrid gazini chiqarish uchun xizmat qiladi. Sog‘lom 
odamda nafas harakatlari soni bir minutda 16 dan 20 gacha 
o‘zgarib turadi, bu yoshga, jinsga, tana vazniga bog‘liq. Yotgan 
bemorlarda nafas harakatlari bir minutda 14 – 16 gacha bo‘ladi, 
tik turgan holda 18 – 20 gacha. Tana harakatining ko‘tarilishi, 
nerv qo‘zg‘alishi, jismoniy harakatlar nafas tezligini oshiradi.
Bemorning nafas olishini unga sezdirmay sanash lozim. Shu 
maqsadda go‘yo bemorning pulsini aniqlamoqchi bo‘lib, qo‘li 
ushlanadi, ikkinchi qo‘li esa ko‘krak qafasiga qo‘yiladi va 1 
minutdagi harakatlar soni sanaladi.
Nafasning ko‘krak, qorin va aralash tiplari bo‘ladi. Ko‘krak 
tipidagi nafas olish harakatlari qovurg‘alararo mushaklarning 
qisqarishi natijasida yuzaga keladi: nafas olganda ko‘krak qafasi 
kengayib bir oz ko‘tariladi, nafas chiqarganda esa torayib, bir oz 
tushadi. Bu tipidagi nafas olish aksari ayollarda uchraydi. Qorin 
tipidagi nafas olish harakatlari diafragma yordamida yuzaga 
keladi. Nafas olganda diafragma qisqaradi va pastga harakat-
lanadi, bu holat o‘pkadagi havo miqdorining ortishiga sabab 
bo‘ladi. Ko‘krak qafasida manfiy bosim paydo bo‘lishi diafrag-
maning harakati qorin bo‘shlig‘ida bosimning ortishiga sabab 
bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, qorin devorining oldinga hara-
katlanishini ta’minlaydi. Nafas chiqarish bosqichida diafragma 
bo‘shashadi va tepaga ko‘tariladi, bu o‘z navbatida, qorin 
devorining o‘z holatiga qaytishiga sabab bo‘ladi. Bu xilda nafas 
olish erkaklarda uchraydi. Aralash nafas olish qariyalar va 


103 
bolalarga xosdir. Nafas olish harakatlari bir vaqtning o‘zida 
qovurg‘alararo muskullarning va diafragmaning qisqarishi hiso-
biga amalga oshadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin