104
yuqoriga manjetkani siqmasdan, u bilan teri
orasida faqat bitta
barmoq sig‘adigan joy qoldirib o‘raladi va mahkamlanadi.
Tekshirilayotgan kishining qo‘lini qulay vaziyatda, kaftini yuqori
tomonga qaratib qo‘yiladi. Tirsak bo‘g‘imida yelka arteriyasi
topiladi va unga pulsni aniqlash uchun fonendoskop qattiq
bosilmagan holda qo‘yiladi. So‘ngra
rezina nokcha bilan asta -
sekin havo beriladi, u ayni vaqtda manjetkaga ham monometrga
ham tushadi. Havo bosimi ostida monometrdagi siferblat bo‘y-
lab harakatlanadigan strelkalar ko‘tariladi. Shkaladagi raqamlar
manjetkadagi havo bosimini, ya’ni yelka arteriyasining yumshoq
to‘qimalari orqali qanday kuch bilan bosilganini ko‘rsatadi.
So‘ngra balon oldidagi ventilni biroz ochib manjetkadagi bosim
asta - sekin tushiriladi. Manjetkadagi bosimga qarshi bosim
sistolik bosim miqdoriga yetganda
birmuncha qattiq qisqa
tovush – ton eshitiladi. Siferblatdagi raqamlar sistolik bosimni
ko‘rsatadi. Manjetkadagi bosimning bundan keyingi pasayishida
eshitilgan tonlar pasayadi va asta - sekin yo‘qaladi. Ton yo‘qol-
gan vaqtda manjetkadagi bosim minimal bo‘lib, bu diastolik
bosimga mos keladi. Siferblatdagi
raqamlar minimal bosimni
ifodalaydi. Tonlarning birinchi marta paydo bo‘lishi diastolik
bosimni, ko‘tarilganda tonlarning yo‘qolish paytidagi raqamlar
esa sistolik bosimni ko‘rsatadi. Kasalliklarning
turiga qarab
arterial bosim o‘zgarib, normadan oshib ketishi (gipertoniya)
yoki pasayib ketishi (gipotoniya) deyiladi.
Bolalar yoshi qancha kichik bo‘lsa, arterial bosim ham
shuncha past bo‘ladi. Maktab yoshidagi bolalarda arterial bosim
maxsus manjetkali tonometrlarda o‘lchansa, chaqaloqlar va
emizikli bolalarda formulalar yordamida aniqlaniladi.
Dostları ilə paylaş: