O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 18,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix25.01.2017
ölçüsü18,06 Mb.
#6497
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43

Q IZILO 'NGACH
Qizilo'ngach  (102-rasm)  25— 30  sm  uzunlikdagi  muskuldan  tuzilgan 
bo'lib,  yuqorida  VI  bo'yin  umurtqasining  ro'parasida  halqumdan  boshla­
nadi.  U  bo 'y in   va  ko'krak  sohasidan  diafragma 
orqali  qorin  bo'sh lig 'ig a  o'tib,  XI  ko'krak  umurtq­
asi  ro'parasida  m e’daning  kirish  qismiga  ulanadi.
Q izilo'ngach  joylashishiga  qarab  uch  qismga 
ajratiladi:  yuqori  bo'yin  qismi  VI— VII  bo'yin 
umurtqalari  chegarasiga to 'g 'ri  keladi,  o'rta ko'krak 
qismi  eng  uzun  bo'lib,  VII  bo'yin  umurtqasi  sohasi 
bilan  X— XI  ko'krak umurtqalari  ro'parasiga to 'g 'ri 
keladi.  Pastki  qorin  qismi  eng  kalta  (taxminan  1 —

cm)  bo'lib,  diafragmaning  qizilo'ngach  teshigi 
orqali  o'tib,  m e’daning  kirish  qismiga  qo'shiladi.
Qizilo'ngach  orqa  tomondan  umurtqa  pog'ona­
si  bilan  chegaralangan,  oldindan  esa  kekirdakning 
parda  qismiga  tegib  turadi.  Qizilo'ngachning  ikki 
yonbosh  soh asid an   adashgan  nerv  y o 'n a la d i.
Qizilo'ngach  bo'yin sohasida ko'krak qafasiga uning 
ustki teshigi orqali  o'tadi  va VI— VII ko'krak umurt­
qalari  oldida  chap  bronx  bilan  kesishib,  uning  orqa 
tom onidan  o 'tib ,  o 'n g   tom onga  bir  oz  surilib 
joylashadi.  IX  ko'krak  umurtqasi  sohasida, qizilo'n­
gachning  old  tomonida  aorta joylashadi  va  u  yana 
bir oz chap  tomonga surilib,  diafragma orqali  qorin 
bo'shlig'iga  o'tib  ketadi.
Qizilo'ngach  devori  uch  qavatdan  iborat.  Uning 
eng  ustki  qavati  biriktiruvchi  to'qim adan  tuzilgan.
Q izilo'ngachning  qorin  b o 'sh lig 'id agi  qismi  ust 
tomondan  qorin  pardasi  bilan  o'ralgan.  Muskul 
qavati  esa  ikki  qavatdan  iborat  bo'lib,  uning  tashqi 
qavati  uzunasiga  yo'nalgan,  ichki  qavati  ko'nda­
lang  joylashgan  muskul  tolalaridan  iborat.  Q izilo'­
ngachning  yuqori  1/3  qismi  ko'ndalang-targ'il  m us­
kuldan  tuzilgan  bo'lib, asta-sekin  silliq  muskul  bilan 
almashadi.  Shuning  uchun  uning  pastki  2/3  qismi 
silliq  m uskuldan  iborat.  Q izilo 'n g ach ,  odatda, 
yuqoridan  pastga  qarab  qisqaradi.
102-rasm.  Qizilo'ngach. 
1  -  halqumning  hiqildoq 
qismi; 2 -  qizilo'ngachning 
yuqori qismidagi  toraygan 
joyi;  3 -  qizilo'ngachning 
b o'yin   qism i;4 -  q iz il­
o'ngachning o'rta toraygan 
joyi;  5 -  qizilo'ngachning 
ko'krak qismi; 6 -  qizilo'­
ngachning pastki  toraygan 
joyi;  7 -diafragm a;  8 -  
me’daga kirish qismi;  9 -  
qizilo'ngachning  qorin 
bo'shlig'i  qismi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Qizilo'ngachning  muskul  qavati  bilan  shilliq  qavati  o'rtasida  shilliq 
osti  qavati  yaxshi  rivojlangan.  Bu  holat  shilliq  qavat  harakatchan  b o 'li­
shini  ta’minlaydi  va  uzunasiga joylashgan  burmalar  hosil  qiladi.  Burmalar 
vujudga  kelishida  shilliq  osti  qavatida  joylashgan  nozik  silliq  muskul 
tolalari  asosiy  rol  o'ynaydi.  Shilliq  osti  qavatida  joylashgan  bezlar  o 'z 
suyuqligini  qizilo'ngach  bo'shlig'iga  chiqaradi.  Shilliq  qavat  qizilo'n­
gachning  ichki qavati  bo'lib,  undagi  burmalar o'zaro juda yaqin joylashgan. 
Shilliq  qavatdagi  bezlarning  shilliq  suyuqligi  uning  yuzasini  namlab  tura­
di  va  ovqat  luqmalari  yo'nalishini  osonlashtiradi.  Qizilo'ngachning  uch 
yerida  fiziologik  toraygan  joyi  bor,  birinchisi  qizilo'ngachning  boshlan­
gan  qismi  (halqumdan  boshlangan  joyi)da,  ikkinchisi  kekirdakning  ikkita 
bronxga bo'lingan  yerida (qizilo'ngachning bronx bilan kesishgan sohasida), 
uchinchisi  esa  qizilo'ngachning  diafragmadan  o'tish  joyida  ko'rinadi.
Qizilo'ngachning  asosiy  vazifasi  ovqat  luqmasi  va  yutilgan  suyuqlikni 
m e’daga  o'tkazishdan  iborat.
M e’da  (103,  104-rasmlar)  hazm kanalining eng  kengaygan qismi  bo'lib, 
qorin  bo'shlig'ining  yuqori  sohasida  joylashgan.  Uning  ko'proq  qismi 
chap  tomondagi  qovurg'a  osti  sohasida,  ozroq  qismi  esa  qorin  bo'shlig'i 
tepa  bo'lagining  o ’rta  qismida  joylashgan.
M E’DA
8
Me’daning shakli  nokka o'xshay- 
di.  O 'rta  yoshdagi  odamlarda  hajmi 
taxm inan 
1
— 3  /  (b a ’zan  undan 
ko'proq)  bo'ladi.  M e’daning  oldin­
gi  va  orqa  devori  bo'lib,  ulardan 
yuqorida  kichik,  pastda  katta  egri- 
liklari  joylashgan.
9
103-rasm.  M e’daning  kesilgandagi 
ko'rinishi.
M e’daning  kirish  va  chiqish 
qism lari  tafovut  qilinadi.  Uning 
kirish  —   kardiya  qismi  XI  ko'krak 
umurtqasi  qarshisida  turadi.  M e’­
daning chiqish qismi I bel  umurtqasi 
ro'parasining  o 'ng   tom onida  o 'n  
ikki  barmoq  ichakka  qo'shilib  ke­
tadi.  Chiqish  qismining  o'zi  ikkiga
3 -  me’da  tubi;  4 - m e ’da  burmalari;  5 -  
m e’daning  katta  egriligi;  6 -   m e’daning 
chiqish  qismi;  7 -  m e’da chiqish  qismining 
kanali;  8 - m e ’daning  chiqish  teshigi;  9 -  
siquvchi  muskul;  1 0 -  m e’daning  kichik
1 -  qizilo'ngach;  2 -  m e’daga  kirish  qismi; 
ajralgan,  kengaygan  qismi  —  bosh
lanishida bo'lib,  g'orcha deyilsa,  to- 
rayib davom etgan joyi kanal  bo'lagi 
deyiladi.
egriligi.
O vqat  bilan  o 'rta c h a   to 'lg a n  
me’da  yuqoridan  jigar  chap  bo'la-
www.ziyouz.com kutubxonasi

104-rasm.  Ko'krak  qafasi  va  qorin 
bo'shlig'ida  joylashgan  a'zolar.
1  -   hiqildoq;  2 -  kekirdak;  3 -  chap  o'pka;
4 -  bronx;  5  -   yurak;  6 -  diafragma;  7 -  
m e’da;  8 -t a lo q ;  9 -ko'ndalang  chambar 
ichak;  1 0 -   ingichka  ichak;  1 1 -   «S»  simon 
ichak;  12  -   qovuq;  13  -   ko'richak;  1 4 -  
k o'larilu vch i  chambar  ichak;  15  -   o ‘t 
pufagi;  16 -jig a r;  17 - o ' n g   o'pka;  1 8 -  
yuqoriga  ko'tariluvchi  aorla;  / 9 -yu q ori 
kovak  vena;  20 -o 'm r o v   osti  arteriyasi  va 
venasi;  21  -   ichki  bo'yinturuq  vena;  22 -  
umumiy  uyqu  arteriyasi.
gining  pastki  yuzasiga  va  diafrag­
m aning  chap  gum baziga,  pastki 
tomondan ko'ndalang-chambar ichak 
va uning tutqichiga tegib turadi.  Me’­
daning  oldingi  devori  qorin  devori­
ga,  orqa  devori  m e’da  osti  beziga, 
chap  buyrakka va uning  ustki  beziga 
hamda  taloqqa  tegib  turadi.
M e’da  hamma  tomondan  qorin 
parda  bilan  o'ralgan.  M e’da  devori 
seroz  (qorin)  parda,  seroz  osti 
qavati,  muskul  qavat,  shilliq  qavati  va  shilliq  osti  qavatidan  tuzilgan.
Seroz  parda  qorin  pardaning  (qorin  pardaga  qaralsin)  ichki  a’zolarini 
o'raydigan  qismi  bo'lib,  m e’dani  hamma  tomondan  o'rab  turadi.  Seroz 
pardani  m e’daning  muskul  qavatiga  seroz  parda  osti  qavati  qo'shib  turadi.
Muskul  qavat  ancha  baquvvat  bo'lib,  uch  yo'nalishda  joylashgan. 
Uning  tashqi  qismi  uzunasiga  yo'nalgan,  o 'rta  qavati  halqasimon joylash­
gan,  ichki  qismidagi  muskul  tolalari  esa  qiyshiq  yo'nalgan.  Uzunasiga 
yo'nalgan  muskul  tolalari,  odatda,  kichik  va  katta  egrilikda  yaxshi 
rivojlangan.  Halqasimon  yo'nalgan  muskul  tolalari  esa  m e’daning  ham ­
ma  qismlarida  yaxshi  takomil  etgan  bo'lib,  chiqish  (pilorika) joyida  zich- 
lashadi  va qisuvchi  (sfinkter)  muskulga aylanadi.  Qiyshiq  yo'nalgan  muskul 
tolalari  m e’daning  tanasi  va  tubida  yaxshi  rivojlangan.  Qiyshiq  yo'nalgan 
muskul  qisqarganda  suyuq  ovqatlar  kichik  egrilik  orqali  m e’dadan  o 'n  
ikki  barmoq  ichakka  o'tadi.
M e’daning  muskul  qavati  kirish  qism idan  chiqish  qism i  tom on 
to'lqinsim on  qisqaradi.  Shilliq  parda  osti  qavati  muskul  qavatini  shilliq 
pardaga  bog‘lab  turadi.
Shilliq  parda  bir  qavatli  prizmatik  epiteliydan  iborat  bo'lib,  juda  ko 'p  
katta-kichik burmalar hosil  qilgan.  Shilliq  pardada turli  xil bezlami  uchratish 
mumkin.  M e’daning  tubi  va  tanasida joylashgan  naysimon  bezlar  xlorid 
kislota  suyuqligini,  qolgan  bezlar esa pepsin  va shilliq  suyuqligini  ajratadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

M e’da  fiziologiyasi.  Ovqat  moddasi  o g'iz  bo'shlig'idan  halqum  va 
qizilo'ngach  orqali  m e’daga  tushgach,  unda  4  soatdan  10  soatgacha  saq­
lanadi.  Bu  davrda  ovqat  moddasi  m e’da  devori  muskullarining  qisqarishi 
tufayli  mexanik  parchalanish  davom  etadi.  M e’dada  ikki  xil  (tonik  va 
peristaltik)  qisqarish  bo'ladi.  M e’daning  uzoq  va  to'xtovsiz  qisqarishi 
tonik qisqarish deyiladi.  M e’daning kirish qismidan chiqish  tomonga qarab 
yo'nalgan  to'lqinsimon qisqarishi  esa peristaltik (to'lqinsimon) qisqarishdir. 
M e’daning  shu  tariqa  qisqarishi  ovqat  moddalarining  mexanik  va  kimyo­
viy  (shiralar  vositasida)  parchalanishini  ta’minlaydi.
Kimyoviy  parchalanish  esa  so'lak  fermentlari  va  m e’da  shirasi  orqali 
ro'y  beradi.  Natijada ovqat moddasi  asta-sekin  bo'lak-bo'lak  bo'lib,  bo'tqa 
holiga  o'tadi.
M e’da  shirasi  shilliq  qavatda  joylashgan  bezlar  m ahsuloti  bo'lib, 
tarkibida  xlorid  kislota,  pepsin  va  shilliq  bo'ladi.  Xlorid  kislota  me’da 
sharoitini  nordon  qiladi.  Odamda  bir  kecha-kunduzda 
2-2,5  /  gacha 
shira  ajraladi.
M e’dada  suv,  dorilar,  mineral  tuzlar  va  spirt  shimiladi.  Ovqat  modda­
si  bo'lm aganida  shira  ishlab  chiqarilmaydi.  Ovqat  yeyila  boshlaganidan 
5— 10  minut  o'tgach,  bezlar  shira  ajrata  boshlaydi.  Shiralaming  ajralish 
vaqti  va  m iqdori  yeyiladigan  ovqat  sifatiga  b og'liq .  Jum ladan,  sut 
ichilgandan  uch  soat  o'tgandan  so'ng  eng  ko'p  shira  ajralishi  kuzatiladi 
va 5
— 6
  soatga  borib  tugallanadi.  G o'sht iste’mol  qilinganda shira ajralishi 
o'rtacha 
8
  soat davom  etsa,  non yeyilganda uchinchi  soatda keskin  pasayadi 
va  shunday  kam  miqdorda  ajralishi  10  soatgacha  davom  etadi.  M e’da 
shiralari  tuz,  suv,  go'sht  va  turli  sabzavotlar  ta’sirida  ko'proq  ajralsa, 
qand,  yog'  kabilar  yeyilganda,  aksincha,  kamayib,  tormozlanadi.
Me’da  shirasidagi  kislota  miqdorini  aniqlash  uchun,  odatda,  100  ml 
m e’da  shirasiga  40— 50  ml  ishqor  qo'shib  neytrallanadi.  Ana  shu jarayon 
uchun  sarf b o'lgan  ishqor miqdori  m e’dadagi  umumiy  kislota  miqdorining 
ko'rsatkichi  hisoblanadi.
B o'sh  m e’da  10— 15  minut  davomida  muntazam  qisqarib,  ochlik  his- 
sini  uyg'otadi.  Ochlik  hissi  har  60— 80  minutda  yana  qaytariladi.  Sifatsiz 
ovqat  iste’mol  qilinganda  qayt  qilish  sodir  bo'lganda,  m e’daga  keluvchi 
nervlar  markazi  (uzunchoq  miyada)  ta’sirlanib,  murakkab  refleks jarayoni 
boshlanadi.
Qusish  odamning  chuqur  nafas  olishidan  boshlanib,  so'ngra  m e’da­
ning  chiqarish  qismidagi  aylanma joylashgan  muskulning  kuchli  qisqari­
shi  ro'y beradi.  Bu  holda m e’da va qorin  devori  muskullarining qisqarishini 
zo'raytiradi  va  kirish  qismidagi  muskullar  ochilib,  me’da  ichidagi  ovqat 
hamda  suyuqlik  aralashmasi  tashqariga  otilib  chiqadi.  Shuning  uchun 
qusish  jarayoni  murakkab  himoya  refleksi  deb  hisoblanadi.
Ovqat  moddasining  m e’dadan  o ‘n  ikki  barmoq  ichakka  y o ‘nalishi. 
M e’dada  ovqat  mexanik  va  kimyoviy  parchalanib,  bo'tqa  holiga  kelgani-
www.ziyouz.com kutubxonasi

dan  so‘ng  m e’daning  chiqish qismidagi aylanma muskul bo‘shashib,  sfmkter 
ochilgandagina bo'tqa  bo'lak-bo'lak bo'lib,  o 'n   ikki  barmoq  ichakka o'tadi. 
Sfinkteming ochilib-yopilish jarayoni m e’da,  o 'n  ikki barmoq ichak  nervlari 
va kimyoviy,  mexanik  ta’sirotlar orqali  boshqariladi.  Bu  ta’sirotlar  orasida 
xlorid  kislota  alohida  o'rin  tutadi.  M e’dadagi  xlorid  kislotali  bo'tqaning 
navbatdagi  qismi  o 'n   ikki  barmoq  ichakka  o'tishi  bilan  m e’da  sfinkteri 
darhol  berkiladi.  Ovqat  bo'tqasi  m e’dadan  o 'n   ikki  barm oq  ichakka 
tushgach,  unga  quyiladigan  o 't  va  m e’da  osti  bezi  shiralarining  ta’siri 
bilan  nordon  sharoitdan  yana  ishqoriy  sharoitga  o'tadi.  O 'n  ikki  barmoq 
ichakka  tushgan  ovqat  bo'tqasi  ishqoriy  sharoitga  o'tgandagina  sfmkter 
ochilib,  ovqatning  navbatdagi  bo'lagi  o'tadi,  aks  holda  sfmkter  ochilmay- 
di,  ovqat  m e’dada  turib  qoladi.
IN G IC H K A   IC H A K
Ingichka  ichak  m e’daning  chiqish  qismidan  boshlanib,  uzunligi  5
— 6 
m.  Bu  ichak  uch  qismdan  iborat:
1.  O 'n  ikki  barmoq  ichak  —   ingichka  ichakning  boshlang'ich  qismi; 
uzunligi  25— 30  sm.
2.  Och  ichak — o 'n   ikki  barmoq  ichakning davomi;  ingichka ichakning 
2/5  qismini  tashkil  qiladi.
3.  Yonbosh  ichak  —   ingichka  ichakning  3/5  qismini  tashkil  qiladi.
O'n  ikki  barmoq  ichak  (105-rasm)  qorin  devorining  orqa  qismida,  I—
III  bel  umurtqalarining  ro'parasida  taqa  shaklida  joylashgan.  U  m e’da­
ning  chiqish  joyi- 
dan  boshlanib,  in­
g ic h k a   ic h a k k a  
q o 's h ilib   ketadi.
U ning  h alq asig a 
m e’da  osti  bezi- 
ning  bosh  qism i 
kirib  turadi.  O 'n  
ikki  barmoq  ichak 
to 'rt  qismga b o 'li­
nadi:
1. 
Ustki ko'nda­
lang  qismi  me’da­
ning  pilorik  qismi­
dan boshlanib, I bel 
um urtqasi  r o 'p a ­
rasida (o'ng tomon­
da)  ikkinchi  qismi­
ga  o'tadi.
105-rasm.  0 ‘n  ikki  barmoq  ichak  (qisman  devori  kesilgan)  va 
m e’da  osti  bezi.
/ - m e ’da  osti  bezi;  2 -  bezning  umumiy  yo'li;  3 -  o'n  ikki 
barmoq  ichakning  ichakka  o'tish  joyi;  4 -  o'n  ikki  barmoq 
ichakning  ko'tariluvchi  qismi;  5 - o ‘n  ikki  barmoq  ichakning 
ko'ndalang  qismi;  6 -  ichakning  aylanma  burmalari;  7 -  umu­
miy  o't  yo'lining  ochilish  joyi;  8 -  qo'shimcha  o't  yo'lining 
ochilish joyi;  9 - o ' n   ikki  barmoq  ichakning  ko'tariluvchi  qismi; 
1 0 -  bezning  q o'shim cha  y o 'li;  11,  1 2 -  o'n   ikki  barmoq 
ichakning  yuqori  qismi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2.  Quyi  tushuvchi  qismi  II— IV  bel  umurtqalari  tanasining  o ‘ng  yon- 
boshidan  pastga  yo ‘nalib,  uchinchi  qismiga  o'tadi.
3.  Pastdagi  ko'ndalang  qismi  III— IV  bel  umurtqalari  tanasining  old 
tomonidan  chap  tomonga  o'tadi.
4.  Ko'tariluvchi  qismi  uchinchi  qismdan  boshlanib,  bel  umurtqalarining 
chap  yonboshidan  yuqoriga,  II  bel  umurtqalari  ro'parasiga  borganda  o 'n 
ikki  barmoq  ichak  och  ichak  burmasini  hosil  qilib,  och  ichakka  o'tadi.
O 'n  ikki  barmoq  ichakning  quyi  tushuvchi  qismiga  me’da  osti  bezi 
yo'li  va  umumiy  o 't  yo'li  ochiladi.  Bu  yo'llar  orqali  m e’da  osti  bezi 
shirasi  va  o 't  quyiladi.  Bular  tarkibidagi  fermentlar  ovqat  parchalanishida 
muhim  rol  o'ynaydi.
Och  ichak  va  yonbosh  ichak  qorin  bo'shlig'ining  ko'p  qismini  egalla- 
gan.  Och  ichak  bo'shliqning  yuqori  qismini  ishg'ol  qilsa,  yonbosh  ichak 
ko'proq  bo'shliqning  pastki  (yonbosh  suyak  bo'shlig'i  sohasi)  qismida 
joylashadi.  Och  ichak  hamma  ichakning  2/5  qismini  tashkil  qilib,  chega- 
rasiz  (bevosita)  yonbosh  ichakka  o'tadi.
Ingichka  ichak  devori  (106-rasm)  tashqi  seroz  parda,  muskul  qavati, 
shilliq  parda  osti  qavati  va  shilliq  pardadan  tuzilgan.
Seroz  parda  o 'z   navbatida  qorin  pardasining  bir  qismi  bo'lib,  ichak- 
larni  eng  ustki  tomonidan  turlicha  o'rab   turadi.  Jumladan,  o'n  ikki  barmoq 
ichakning  ko'pchilik  qismini  old  tomondan  o'rasa,  och  va  yonbosh  ichaklar- 
ni  hamma  tomondan  o'rab,  ichak  tutqichni  hosil  qiladi.
M uskul  q avat  silliq  m uskul 
tolalaridan  tuzilgan  bo 'lib ,  tashqi 
qavati  uzunasiga,  ichki  qavati  esa 
aylanasiga  ketgan  tolalardan  iborat.
Shilliq  osti  qavati  muskul  qavat- 
ning  shilliq  qavati  bilan  biriktiruv­
chi  to'qim adan  tuzilgan.  Shilliq  osti 
qavatida  qon  tomirlar  va  nervlar 
k o 'p .  Shilliq  parda  qavati  ichak 
qavatinin g  eng  ich k arisid a  jo y ­
lashgan  shilliq  osti  qavati  tufayli 
burmalar  hosil  qiladi.  Shilliq  parda 
yuzasida  taxminan  4  mln  gacha  vorsinka  (so'rg'ich)lar joylashgan.  Ichak 
shilliq  qavatining  bo'sh  qismi  va  vorsinkalar  silindrik  epiteliy  bilan  qop­
langan.  Vorsinkalar  (107-rasm)  juda  k o 'p   mikrovorsinkalar  bilan  qoplan­
gan  bo'lib,  ovqat  moddalari  shular  orqali  shimiladi.  Vorsinkalar  ichida 
qon  tomirlar,  nerv  tolalari  va  limfa  tomirlar  bo'ladi.  Ingichka  ichakning 
shilliq  qavatida  shilliqsimon  suyuqlik  ishlovchi  qadahsimon  hujayralar  va 
ichak  shirasini  chiqaruvchi  naysimon  bezlar joylashgan.  Bundan  tashqari, 
yakka-yakka  yoki  g'u j-g 'uj  o'rnashgan  limfa  tugunlari  ham  bo'ladi.
106-rasm.  Ingichka  ichak  devori.
1  -   aylanma  burmalar;  2  -   seroz  parda 
qavati;  J -  muskul  qavati;  4 -  qorin  parda.
harakatchan  bo'ladi  va  ko'ndalang
www.ziyouz.com kutubxonasi

Fiziologiyasi.  Ovqat  bo'tqasi 
m e’dadan  o 'n   ikki  barmoq  ichak­
ka  o 'tg a c h ,  m e’da  o sti  bezi 
shirasi,  jigardan  ajralgan  o 't  va 
ichak  shiralari  bilan  aralashib, 
shimilishga  tayyor  bo'ladi.  O 'n 
ikki  barmoq  ichak  shirasi  m e’da 
osti  bezi  shirasini  faollashtiradi, 
yog'lar,  uglevodlar va oqsil mod­
dalarni  parchalab,  shim ilishga 
tayyorlaydi.  Shimilish  jarayoni 
o 'n   ikki  barmoq  ichak  shilliq 
qavatida  joylashgan  vorsinkalar 
orqali  boshlanib,  asosan,  ingich­
ka  ichakda  sodir  bo'ladi.  Ovqat 
bo'tqasi  ingichka ichakka o'tgach, 
ichak  devoridagi  uzunasiga  qarab 
joylashgan  silliq  muskullarning 
qisqarishi  natijasida  ichakni  soat 
mayatnigiga  o'xshash  harakatlan- 
tirib,  ovqat  bo'tqasini  chayqalti- 
rib,  ichak  shirasi  bilan  aralashti- 
rib,  s h im ilish g a   ta y y o rla y d i.
Ko'ndalang  (doira)  bo'lib  joylashgan  silliq  muskullar  esa  yuqoridan  pa­
stga  (y o 'g 'o n   ichakka)  qarab  chuvalchangsimon  bo 'g 'im m a-b o 'g 'im   (pe- 
ristaltika)  qisqarib,  ovqat  bo'tqasining  yuqoridan  pastga  qarab  yo'nalishi- 
ni  ta’minlaydi.  Peristaltik qisqarish,  odatda,  ichakda ovqat bo'lganda shilliq 
qavatdagi  nervlarning  qitiqlanishi  orqali  ro'y  beradi.  Ichak  harakati  nerv 
sistemasidan  tashqari,  qon  (gumoral)ning  tazyiqi  ostida  ham  sodir  b o 'la ­
di.  Ovqat  bo'tqasi  shilliq  bilan  aralashgandan  so'ng  shilliq  qavatda  jo y ­
lashgan  vorsinkalar  orqali  qonga  so'riladi.  Ingichka  ichak  shilliq  qavati 
yuzasi  (vorsinkalar  bilan)  tekislanganda  4— 5  m
2
  bo'lib,  uning  har  bir 
mm
2
  da  22— 40  dona  vorsinka  joylashgan.  Shuning  uchun  ham  ovqat 
moddasi 
eritmalari  osongina  so'riladi.  Aminokislotalar  va  glukozalar 
qonga,  yog'lar  esa,  asosan,  limfaga  so'riladi.
Y O ‘G ‘O N   IC H A K
Yo'g'on  (chambar)  ichak  ingichka  ichakdan  keyin  boshlanib,  orqa 
chiqarish  teshigi  bilan  tugaydi.  Bu  ichakning  uzunligi  1,5— 2  m  bo'lsa, 
diametri  ingichka  ichak  diametridan  deyarli  ikki  baravar  katta.  Shuning 
uchun  y o 'g 'o n   ichak  deb  ataladi.  Y o 'g 'o n   ichak  ko'richak,  ko'tariluvchi 
chambar  ichak,  ko'ndalang  chambar  ichak,  tushuvchi  chambar  ichak,  «S» 
simon  ichak  va  to 'g 'ri  ichakdan  iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Seroz  parda  y o ‘g ‘on  ichak  devorining  hamma  qismini  ham  bir  xilda 
o'ram aydi.  K o‘richak,  k o ‘ndalang  chambar  ichak,  «S»  simon  ichaklami 
seroz  parda  hamma  tomondan  o'raydi.  Hatto,  ko'ndalang  chambar  ichak 
bilan  «S»  simon  ichaklarning  ichak  tutqichlari  ham  bo'ladi.  Ko'tariluvchi 
va  tushuvchi  cham bar  ichaklarni  seroz  parda  ikki  yonbosh  va  old 
tomondangina  o'raydi.  Ichakning  orqa  devorini  biriktiruvchi  to 'q im a 
(adventitsiya)  o'ragan.
Muskul  qavat ikki  (ichki  aylanasiga,  tashqi  uzunasiga yo'nalgan) qavat­
dan  iborat.  Uzunasiga  yo'nalgan  muskul  tolalari  bir  tekisda  joylashmas- 
dan,  lentalar  (tasmalar)  hosil  qiladi.  Bu  lentalardan  biri  y o 'g 'o n   ichak­
ning  oldingi  yuzasida  erkin  lenta  bo'lib joylashsa,  ikkinchisi  charvi  lenta 
hosil  qilib,  katta  charvining  birikishi  bo'ylab  yo'naladi.  Uchinchi  tutqich 
lenta  shu  ichakning  tutqichi  bo'lib  (ichakning  orqa  tomonida) joylashgan. 
Natijada  lentalar  oralig'ida  erkin  va  charvi  lentalaming  boshidan-oxiriga- 
cha  masofada  yog'  o'sim talar  uchraydi.
Shilliq  parda  qavati  yaxshi  rivojlan­
gan  shilliq  osti  qavati  yordamida  yopish­
gan.  Shuning  uchun  shilliq  qavat  harakat­
chan  b o 'la d i.  Y o 'g 'o n   ichak  sh illiq  
qavatida vorsinkalar bo'lm aydi.  Unda joy ­
lashgan  bezlar  shilliq  ishlab  chiqaradi. 
Y o 'g 'on   ichakda  limfa  tugunlari  yakkam- 
dukkam joylashgan.  Shilliq parda silindrik 
epiteliy  bilan  qoplangan.  Y o 'g'on   ichak 
qismlari:
Ko'richak  y o 'g 'o n   ichakning  boshlan­
g'ich  qismi  bo'lib,  uzunligi 
6
  sm,  diamet­
ri  7
— 8
  sm  cha  bo'ladi.  Ko'richak  o'ng 
tomondagi yonbosh chuqurchasida joylash­
gan  bo'lib,  uning  yonbosh  ichakka qo'shi- 
lish joyida yuqori  va pastki  labdan  tuzilgan 
qo pqog'i  bor  (108-rasm ). 
Bu  qopqoq 
ko'richakka qarab ochilganligi uchun ovqat 
ingichka ichakdan y o'g 'on ichakka bemalol 
o 'ta d i.  L ekin  k o 'ric h a k d a n   in g ic h k a  
ichakka  qaytib  o'tishiga  yo'l  qo'ym aydi. 
K o'richakning  pastki  yuzasidan  chuval­
changsim on  o 'sim ta   (appendiks)  o 'sib  
chiqqan.  O'sim ta  3—
6
,  ba’zan  18— 20  sm 
bo'ladi.  Devori  0,5— 1  sm,  ichi  ju da  tor 
(3— 4 mm), u  ko'richak bo'shlig'idagi  shil­
liq  qavatdan  iborat  burma  bilan  ajralgan. 
Chuvalchangsimon  o'sim ta,  odatda,  kichik
Yüklə 18,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin