Nazorat uchun savollar
1. Hazm a’zolari qaysi a’zolardan tuzilgan?
2. Hazm a’zolari devorining tuzilishi.
3. Shilliq qavatning tuzilishi va uning ahamiyati.
4. Muskul qavati.
5. Seroz parda qanday tuzilgan?
6
. Hazm a ’zolarida qanaqa bezlar uchraydi?
7. Sodda tuzilgan bezlar haqida nimalami bilasiz?
8
. Tashqi sekretsiya bezlari.
9. Ichki sekretsiya bezlari.
10. Aralash bezlar.
11. O g'iz bo'shlig'ining tuzilishi.
12. O g'iz bo'shlig'ining dahlizi, lablaming tuzilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
13. Xususiy og'iz bo'shlig'ining chegarasi.
14. Yumshoq va qattiq tanglay tuzilishi.
15. O g'iz bo'shlig'i orqa tomondan qaysi a’zolar teshigiga qo'shiladi?
16. Tishlar tuzilishi.
17. Sut tishlar nechta bo'ladi va qaysi yoshdan boshlab chiqadi? Ulaming for
mulasi.
18. Doimiy tishlar necha yoshdan boshlab chiqadi?
19. Tilning tuzilishi. Tilning xususiy va yordamchi muskullari.
20. Til so'rg'ichi va murtaklari.
21. O g'iz bo'shlig'i atrofida qanday so'lak bezlari joylashgan?
22. O g'iz bo'shlig'i fiziologiyasi.
23. Halqumning tuzilishi va fiziologiyasi.
24. Murtak halqasining tuzilishi va vazifasi.
25. Angina nima?
26. Qizilo'ngachning tuzilishi.
27. Qizilo'ngachning toraygan qismlari va vazifasi.
28. Qorin bo'shlig'i qanday tuzilgan va uni qanaqa parda o'rab turadi? Qorin
bo'shlig'ida joylashgan a’zolar nomi.
29. M e’daning tuzilishi.
30. M e’dada qorin bo'shlig'ining qaysi qismi joylashgan? M e’da qaysi a’zolar
bilan chegaralanib turadi?
31. M e’da fiziologiyasi.
32. Ingichka ichak qismlari devorining tuzilishi.
33. Shilliq qavat vorsinkalarining vazifasi.
34. O'n ikki barmoq ichak fiziologiyasi.
35. M e’da osti bezi yo'li va umumiy o't yo'li o'n ikki barmoq ichakning qaysi
qismiga quyiladi?
36. Och ichakning tuzilishi va uning boshqa ichaklardan farqi.
37. Qorin parda och ichakni qanday o'raydi?
38. Yonbosh ichakning chegarasi, joylashgan joyi va tuzilishi.
39. Yonbosh ichakni qorin parda qanday o'raydi?
40. Y o'g'on ichak qismlari va ulaming tuzilishi. Y o'g'on ichak qismlarini qorin
parda qanday o'raydi?
41. Y o'g'on ichak ingichka ichakdan qanday anatomik tuzilishi bilan farqlanadi?
42. Ko'richakning tuzilishi va joylashgan joyi.
43. Chuvalchangsimon o'simta tuzilishi.
44. «S» simon ichak tuzilishi. Uning qorin parda bilan o'ralishi.
45. To'g'ri ichakning tuzilishi va joylashuvi.
46. Y o'g'on ichak fiziologiyasi.
47. M e’da osti bezi qorin bo'shlig'ining qaysi qismida joylashgan va uning tuzilishi?
M e’da osti bezining yo'li qaysi a’zoga quyiladi?
48. M e’da osti bezining qaysi qismida inkretor shira (gormon) ishlanadi va bu
gormonlar nomi?
49. M e’da osti bezi qorin pardaga nisbatan qanday joylashgan?
50. Diabet kasalligini tushuntirib bering.
51. Jigar qorin bo'shlig'ining qaysi qismida joylashgan va uning chegaradosh
a’zolari?
52. Qorin parda jigam i qanday o'ragan? Jigaming tepa yuzasi qaysi a’zoga tegib
turadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
53. Jigaming ichki tuzilishi. Jigar funksiyasi.
54. 0 ‘t yo'lining tuzilishi va uning hosil bo'lishi.
55. Umumiy o't yo'li qaysi a’zoga ochiladi?
56. Jigar o't shirasi.
57. Qorin pardaning tuzilishi, qismlari va funksiyasi.
58. Qorin parda qorin bo'shlig'ida joylashgan a’zolarni qanday o'rab turadi?
59. Qorin parda bo'shlig'i deganda nimani tushunasiz? Qorin parda bo'shlig'ida
joylashgan a’zolar.
60. Ichak tutqichning tuzilishi.
61. Qorin charvilarining tuzilishi va vazifalari.
NAFAS A’ZOLARI SISTEMASI
Odam va quruqlikda yashaydigan hayvonlar havo tarkibidagi kislo-
rodni nafas a’zolari orqali yutadi. Odamda nafas a ’zolari burun b o ‘shlig‘i,
hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronx va o ‘pkadan iborat. Bular, odatda,
kislorodni o'p k a alveolalariga yetkazib beradigan havo yo'li hisoblanadi.
Klinika sharoitida burun bo'sh lig 'i, burun va hiqildoq yuqori nafas yo'li,
kekirdak va bronxlar esa pastki nafas yo'li deb ataladi.
Nafas a’zolari toq kurtak shaklida embrion taraqqiyotining uchinchi
haftalarida birlamchi ichak nayidan ajraladi. Keyinchalik toq kurtakning
uchi ikkita o 'pka kurtagiga bo'linadi. Embrionning bir oylik davridan
boshlab hiqildoq rivojlanadi va bu jarayon balog'atga yetguncha davom
etadi. Rivojlanayotgan o 'pka kurtagining chap tomondagisi ikkita, o'ng
tomondagisi esa uchta bo'lakka bo'linadi. Bir xildagi bo'linish davom
etib, bronx daraxti va asinus vujudga keladi. Bronxlar bola tug'ilgach
mustaqil nafas olgandan so'ng ochilib, havo bilan to'ladi. Tug'ilgan za-
hoti bir marta bo'lsa ham nafas olgan chaqaloq o'pkasi suvda cho'km ay-
di. Embrion (homila) o'pkasida havo boim aganligidan suvga solinganda
cho'kadi. Go'daklaming burun bo'shlig'i va hiqildog'i qisqa va tor. Shuning
uchun ular tez shamollashga moyil bo'ladi. O'pkaning rivojlanish davri
odamlarda balog'atga yetguncha (16— 18 yoshgacha) davom etadi. Cha-
qaloqda o'pkadagi alveolalar va mayda bronxlar hali kam bo'lgani uchun
bir minutda 40— 60, hatto undan k o 'p marta nafas oladi. 2— 5 yoshli
bolalar minutiga 25— 30 martagacha, katta yoshdagi odamlar esa 16— 18
martagina nafas oladi.
BURUN B O ‘SH LIG ‘1
Burun bo'shlig'i (113-rasm) nafas yo'lining boshlanish qismi bo'lib,
oldinda noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda xoana orqali
burun-hiqildoq yo'liga ochiladi. Burun b o'shlig'i yuqoridan kalla b o'shli
g'ining asosi va og'iz bo'shlig'ining tepa chegarasi (qattiq va yumshoq
tanglay) bilan, ikki yonboshdan k o 'z kosalari va yuqori ja g ' suyagi tanasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan chegaralanib tu
radi. Burun bo'shlig'i
burun to'sig'i bilan
ikkiga b o 'lin a d i.
Burun bo'shlig'i va
uning atrofida joy
lashgan kovaklar qon
tomirlar va bezlarga
boy bo'lgan shilliq
qavat bilan qoplan
gan. Bundan tashqari,
burun b o 's h lig 'i
shilliq qavatida kip-
rikli epiteliy ham
uchraydi. Shuning
uchun burun bo'sh
lig'iga kirgan havo
tarkibidagi chang zar-
rachalarini bezlar
qamrab oladi. Shilliq
qavat ostida qon to
mirlar, ayniqsa vena
chigallari yaxshi ri
vojlangan. Burun
bo'shlig'ining yuqori
qismida shilliq qavat
da (hidlash zonasi-
da) hidlash nervla-
rining oxirlari joylashgan. Burun bo'shlig'i shilliq qavati shamollab shishadi-
gan bo'lsa, qon tomirlar devorlari yirtilib, qon oqishi, nafas olish qiyinlashi-
shi mumkin. Odatda, burun bo'shlig'ining o'rta va pastki qismi nafas olish
bo'lagi deb ataladi. Undagi chig'anoqlar, burun bo'shlig'i atrofida (peshona,
g'alvir suyak, ponasimon suyaklar va tepa jag' tanasida) joylashgan kovaklar
burun bo'shlig'iga ochilib va bo'shliq yuzasini kengaytirib, burunga kirgan
havoning tozalanishi, namlanishi va ilishini ta’minlaydi. Burunga kirish qismi
— noksimon teshik oldindan burun suyaklari va tog'aylari bilan chegarala
nib, burunni, uning tog'ay qanotlarini, pastki burun qirrasini hosil qiladi.
Tog'aydan tuzilgan o'rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi.
H IQ IL D O Q
Hiqildoq nafas yo'lining (burun bo'shlig'idan so'ng) ikkinchi qismi
bo'lib, ovoz paydo qiluvchi a’zo vazifasini ham bajaradi. Hiqildoq yuqori
da til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakka
113-rasm. Burun b o 'sh lig 'i.
I -
peshona kovagi; 2 - burun suyagi;
3 -
o'rta burun chig'anog'i;
4 - o'rta burun yo'li;
5 -
burun b o'sh lig'iga kirish qismi;
6 -
burun uchi; 7 - pastki burun chig'an og'i;
8 -
pastki burun yo'li;
9 -q a ttiq tanglay; / 0 - k e s u v c h i teshik kanali; / / - y u q o r i lab;
12
- o g ' i z b o 'sh lig 'i dahlizi;
1 3 -
o g 'iz b o'sh lig'i;
14 -
pastki
lab; / 5 - t i l ;
16
-p a s tk i jag'; / 7 - j a g '- til osti muskuli;
1 8 -
jag'-til muskuli;
19
-h iq ild o q usti tog'ayi;
20 -
tanglay-halqum
burmasi;
21 -
yumshoq tanglay; 22 - halqumning burun b o'sh lig'i
qismi;
23 -
eshituv nayi teshigi;
24 -
m iyaning pastki ortiq bezi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 14-rasm. H iqildoq tog'aylari va
boylam lari.
1 , 2 -
til osti suyagi;
3 , 4 -
qalqon
sim o n to g 'a y ; 5 - c h o 'm ic h sim o n
tog'ay;
6,
7,
8, 11
- tog'a y la m i bir
la sh tiru v ch i b o y la m la r; 9 - o v o z
b o y la m i; / 0 - s h o x s i m o n to g 'a y ;
12 -
qalqonsim on til osti pardasi;
13
- hiqildoq usti tog'ayi.
o‘tadi. Hiqildoq IV— VI bo'yin umurtqa
larining old tomonida joylashib, uning yon
tomoni qon tomirlar va nervlarga tegib
turadi. Old tomondan esa muskullar va
fassiyalar bilan qoplanadi. Hiqildoq juft
va toq tog‘aylaming boylamlar, muskullar
yordamida o'zaro birikishidan vujudga kela
di. Hiqildoq tog'aylari toq va juft tog'aylar-
dan iborat (114-rasm).
Toq tog‘aylar
Uzuksimon tog'ay — uzukka o'xshash
tuzilgan va hiqildoqda ingichkalashgan
(uzuk halqasi), kengaygan orqa qismi
(uzuk ko'zi) asosini hosil qilib joylash
gan. Uzuksimon tog'ayning old qismi ham
bo'ladi. Uzuksimon tog'ay ustida qalq
onsimon tog'ay joylashadi.
Qalqonsimon tog'ay hiqildoq tog'ay
lari ichida eng kattasi bo'lib, uning ikkita
yaxlit plastinkasi bo'yin o'rta chizig'ida
burchak hosil qilib qo'shiladi. Bu burchak
teri ostidan (ayniqsa, erkaklarda) bo'rtib chiqib turadi.
Hiqildoq usti tog'ayi barg shaklida bo'lib, yuqori cheti kengaygan,
pastki ingichkalashgan (barg bandi) qismi qalqonsimon tog'ayning orqa
yuzasiga yopishadi. Hiqildoq usti tog'ayi ovqatni yutish jarayonida
hiqildoqqa kirish teshigini yopadi.
Juft tog'aylar
Cho'michsimon tog'ay bir juft bo'lib, piramidaga o'xshaydi. Ulaming
kengaygan p astk i-aso s qismi uzuksimon tog'ayning ustki yuzasi bilan
birlashadi. Cho'michsimon tog'aylar asosining old tomonida ovoz o'sig'i
va lateral tomonda muskul o'sig'i joylashgan. Ovoz o'sig'iga ovoz boy
lami, muskul o'sig'iga esa muskullar yopishadi.
Shoxsimon tog'ay uncha katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, cho'mich
simon tog'aylar ustida shoxga o'xshab joylashgan.
Ponasimon tog'ay unchalik katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, cho'mich
simon tog'ay bilan hiqildoq usti tog'ayi oralig'idagi burmada uchraydi.
Hiqildoq tog'aylari boylamlar yordamida o'zaro bo'g'im hosil qilib
birlashadi. Hiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.
Hiqildoq muskullari ko'ndalang-targ'il muskullardan tuzilgan va odam
ixtiyori bilan qisqaradi (115-rasm).
1.
Uzuksimon-cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi muskul uzuksimon
tog'aydan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning muskul o'sig'iga yopishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Funksiyasi: muskul qisqarganda ovoz
boylamlari taranglashadi, oraliq yoriq torayadi.
2. Qalqonsimon va cho'michsimon tog'ay
lar o'rtasidagi muskul qalqonsimon tog‘ay-
dan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning
muskul o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi: bu muskul ikki tomondan
baravar qisqarganda ovoz boylamlari bo'sha-
shadi, hiqildoqning ovoz boylamidan yuqori
qismi esa torayadi.
3. O'ng va chap cho'michsimon tog'aylar
o'rtasida ko'ndalang joylashgan muskul.
Funksiyasi: qisqarganda ovoz yorig'ining
orqa qismi torayadi.
4. Cho'm ichsim on tog'ayning qiyshiq
muskuli.
Funksiyasi: hiqildoqqa kirish teshigini
toraytiradi.
5. Qalqonsimon tog'ay bilan hiqildoq qopqog'i
o'rtasidagi muskul qalqonsimon tog'aydan bosh
lanib, hiqildoq usti tog'ayiga yopishadi.
Funksiyasi: ovoz boylamlarini taranglab,
hiqildoqqa kirish teshigini kengaytiradi.
6. Ovoz muskuli bir ju ft bo'lib, ovoz
burmalari bag'rida yotadi. Qalqonsimon tog'ay
ichki yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'iga
yopishadi.
H IQ IL D O Q B O ‘S H L I G ‘I
Hiqildoq bo'shlig'i (116-rasm) qum soatiga o'xshagan bo'lib, toraygan
qismi ovoz boylamlari joylashgan yerga to'g'ri keladi. Ovoz boylamlari bir-
biriga yaqin parallel joylashib, oralig'ida ovoz yorig'ini hosil qiladi. Ovoz
yorig'ining orqa qismini cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'i tashkil etadi.
Hiqildoqning kirish teshigi noto'g'ri oval shaklli bo'lib, pastga, hiqildoq
dahliziga qadar davom etadi. Hiqildoq dahlizi pastdan soxta ovoz boy-
lamlarining burmalari bilan chegaralangan.
Soxta ovoz boylamlarining burmalari orasidagi yoriq o'zidan pastroqda
joylashgan haqiqiy (chin) ovoz boylamlari orasidagi yoriqdan xiyla kattaroq
va kengroq bo'ladi. Soxta ovoz boylamlari burmalari bilan haqiqiy ovoz
boylamlari burmalari orasidagi o'ng va chap chuqurchalar (hiqildoq qorin-
chasi)ni ko'rish mumkin. Hiqildoqning shilliq qavati pushti rangli, ko'p
qatorli, kiprikli, qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan iborat. Se
zuvchi nerv oxirlari, ayniqsa, hiqildoq dahlizida ko'p tarqalgan. Shu bois
havo bilan kirgan zarrachalar, changlar yo'talga sabab bo'ladi. Hiqildoq
115-rasm. H iqildoq muskullari.
I
- hiqildoq pardasi;
2
- qalqon
sim on va hiqildoq usti tog'ay
lari o 'r ta s id a g i m u sk u l;
3 -
qalqonsimon va cho'm ichsim on
tog'aylar o'rtasidagi muskul;
4,
5
- u zu k sim o n va c h o 'm ic h
sim o n t o g 'a y la r o 'r ta s id a g i
muskullar; 6 - shoxsim on-qalq-
onsim on to g'aylar o'rtasidagi
muskul; 7 - ch o'm ichsim on va
hiqildoq usti tog'aylari o'rta
sidagi muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi
116-rasm . Hiqildoq b o 'sh lig 'i.
1 -
hiqildoq dahlizi; 2 - hiqildoq usti tog'ayi;
3 -
soxta o v o z burmasi;
4 -
o v o z burmasi;
5 - qalqonsimon va cho'm ichsim on tog'aylar
o'rtasidagi muskul; 6 - uzuksim on tog'ay;
7 - hiqildoq bo'shlig'i;
8 -
qalqonsimon bez;
9 -h iq ild o q q a kirish teshigi;
1 0 -
hiqildoq
qorinchasi; / / - dahliz teshigi.
faqat havo o'tkazish a’zosi bo'lib
qolmasdan, tovush chiqarish a’zosi
hamdir. Nafas chiqarishda kekir-
dakdan kelayotgan havo ovoz
yorig'idan o 'ta turib ovoz boylam-
larini titratadi, natijada tovush pay
do bo'ladi.
Turlicha tovush (ovoz) paydo
bo'lishi havo to'lqinining kuchiga
va ovoz boylamlarining tebranish
xususiyatiga bog'liq.
K E K IR D A K
Kekirdak (traxeya, 117-rasm) uzunligi 9— 11 sm, diametri 15— 18
mm keladigan naydan iborat bo'lib, VI bo'yin umurtqasining ro'parasida
bevosita hiqildoqdan boshlanadi, so'ngra
ko'krak qafasining yuqori teshigi orqali
ko'ks oralig'igacha borib, IV—V ko'krak
umurtqalarining ro'parasida chap va o'ng
bronxlarga ajraladi. Ana shu joy kekirdak
ayrisi
deb ataladi. Kekirdak joylashgan
joyiga qarab bo'yin va ko'krak qismlari-
ga bo'linadi. Kekirdakning bo'yin qismi
ni old tomonidan pastki jag' osti muskul
lari, qalqonsimon bez o'rab turadi. Ko'krak
qismining old tomoni to'sh suyagi bilan
chegaralangan. Kekirdakning orqa tomo
nidan qizilo'ngach o'tsa, ikki yonboshida
qon tomirlari va nervlar joylashgan.
117-rasm. Kekirdak va bronxlar.
I -
til osti suyagi;
I, 3, 5 -
tog'aylar oraliq parda
va boylami;
4 -
qalqonsim on tog'ay; 6 - uzuksimon
tog'ay; 7 - kekirdak tog'aylari; S - t o g 'a y la r ora
liq b o y la m la r i; 9 - k e k ir d a k n in g b r o n x la r g a
bo'lin ish joyi;
1 0 -
o'n g bronx; / / - c h a p bronx;
12, 13, 14 -
bronx shoxlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kekirdak devori 16—20 ta yarim halqa shaklidagi tog'aylardan tuzil
gan bo'lib, bular o'zaro fibroz to'qimalar bilan tutashgan. Tog'ay yarim
halqa devorining ochiq qismi parda bilan o'ralgan. Kekirdakning ichki
yuzasi ko'p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan, shilliq bezlarga boy
shilliq qavat bilan o'ralgan.
B R O N X L A R
Bronxlar (117-rasm) kekirdakning IV—V ko'krak umurtqalari ro'pa
rasida o'ng va chap tarmoqqa bo'linishidan vujudga keladi. O'ng bronx
chap bronxga qaraganda kalta va kengroq bo'lib, 6— 8 ta tog'ay halqadan
tuzilgan. O'ng bronx deyarli vertikal yo'nalishga ega. Chap bronx o'ng
bronxga nisbatan torroq va uzunroq bo'lib, 9— 12 ta tog'ay halqadan
tuzilgan. Chap bronx kekirdakdan burchak hosil qilib yo'naladi.
O 'P K A
0 ‘pka (1 18-rasm) bir juft bo'lib, ko'krak qafasining ikki tomonida
joylashgan. O'ng va chap o'pka o'rtasidagi kamgakda yurak o'rnashgan.
O'pkalarning asosi past tomondan diafragmaga tegib turadi va diafragma
yuzasi deyiladi. O'pkaning uchi birinchi qovurg'adan 3— 4 sm yuqoriroqda
turadi. O'pkalarning bo'rtib qovurg'alarga tegib turgan yuzasi va bir-
biriga qarab turgan ko'ks oralig'i yuzasi tafovut qilinadi. Bu yuzalarning
biri ikkinchisidan qirralar bilan chegaralangan. Chap o'pkaning oldingi
qirrasi pastrog'ida yurak o'ymasi uchraydi. O'pkalarning medial (ko'ks
oralig'i) yuzasida o'pka ar
teriyasi, venasi va bronxlar
kirib chiqadigan o'pka dar-
vozasi joylashgan. O 'n g
o 'p k a chuqur ariq ch alar
yordam ida uch b o 'la k k a
(yuqori, o'rta va pastki), chap
1 18-rasm. O'pka.
/ - q a l q o n s i m o n
lo g 'a y ;
2 -
k ek ird a k ; j - o ' p k a u ch i;
4 -
q o v u r g 'a
y u za si;
5 - yuq ori
bo'lagi;
6
- chap o'pka; 7 - qiyshiq
o'yma;
8 -
pastki bo'lagi; 9 - o'pka
tubi;
1 0 -
yurak o'ym asi;
1 1 -
yurak
izi;
12
- orqa qirrasi;
13
-
old qirrasi;
14 -
diafragma yuzasi;
/ 5 - p a s t k i qirrasi;
16 -
p a stk i
b o 'la g i; / 7 - o'rta b o 'la g i;
1 8 -
ko'ndalang o'yma;
19
- o'ng o'pka;
20
- tepa bo'lagi;
21 -
kekirdakning
bronxlarga bo'linish joyi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘pka esa ikki bo'lakka (yuqori va pastki) bo'lingan. O'ng o'pka tagida
(diafragma ostida) jigar joylashgan. Shuning uchun o'ng o'pka hajmi
chap o'pkaga qaraganda kattaroq, bo'yi esa qisqaroq. O'ng o'pka bo'lak
lari 12 segmentdan, chap o'pka 11 segmentdan iborat. Segment hajmi
0,5— 1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan o'pka bo'lakchalaridan tashkil
topgan. Bu bo'lakchalar bir-biridan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan de-
vorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Bo'lakchalararo devorchalar
bo'lakchalarning nafas olishida harakatchan bo'lishini ta’minlab turadi.
Bronxlarning bo'linishi (119-rasm). Bronxlar o'ng va chap o'pkaga
kirib, daraxt shoxi kabi tarmoqlanadi. O'ng o'pkaga kirgan bronx uch
bo'lakka bo'linadi. Bularning bittasi o'pkaning yuqori bo'lagiga, ikkin
chisi o'rta bo'lagiga va uchinchisi pastki bo'lagiga yo'naladi. Chap o'pkaga
kirgan bronx ikkita bo'Iak bronx tarmog'ini beradi.
Ularning bittasi
o'pkaning yuqori bo'lagiga, ikkinchisi pastki bo'lagiga kiradi.
Bo'Iak bronxlar (diametri 1 mm gacha) o'z navbatida segment bronx
larga bo'linadi. O'pka tashqarisidagi bronxlar devorida halqa shaklidagi
tog'aylar joylashgan. O'pka ichidagi bo'Iak bronxlar skeleti panjara shaklli
tog'aylardan iborat. O'pkaning segment bronxlari va ularning tarmoqlarida
tog'aylar alohida bo'laklar shaklida bo'ladi. Segment bronxlar 8 marta
boiinib, o'pka bo'lakchalari bronxlarini beradi. Bronxlarda muskul qavati
aylanma shaklida joylashgan.
10
Bo'Iak bronxlar ikkala o'pka-
da taxminan 1000 tagacha bo'la
di. O'pka bo'lakchalarining ichi
da bo'Iak bronxlarning har bitta-
sidan d iam etri 0 ,3 — 0,5 mm
bo'lgan 12— 16 tadan oxirgi (che
gara) bronxlar tarqaladi. Oxirgi
bronxlardan boshlab eng katta
(a so siy ) b ro n x la r y ig 'in d is i
bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bu
daraxt nafas y o 'li hisoblanadi.
Chegara bronxchalar devorida
tog 'ay halqachalari va shilliq
bezlar uchramaydi.
I -
Dostları ilə paylaş: |