123-rasm . N efronning tuzilishi.
1
- kiruvchi arteriya; 2 - kapillar koptokchasi;
3
- chiquvchi arteriya;
4
- buralma naycha qon
tomirlari;
5
- ikki qavatli kapsula;
6
- birlamchi
naycha; 7 - ikkinchi buralma naycha;
8
- nay-
chaning bukilgan joyi: 9 - y i g ‘uvchi
t o ‘g ‘ri naycha.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tufayli bu devor qalinroq va baquvvatroq bo'ladi. Arteriyadagi qon bosi
mi o'rtacha 90— 100 mm ga teng. Aksincha, kapsula ichidagi bosim va
undan chiquvchi arteriya tomirlari bosimi 25—30 mm dan oshmaydi.
Nihoyat, siydik chiqaruvchi naydagi bosim 10 mm ni tashkil etadi. Shun
day qilib, buyrak koptokchasining qon tomirlar o'rtasidagi bosimlar turlicha
bo'lishi birlamchi siydik ajralishiga sabab bo'ladi. Kapsuladan chiquvchi
arteriya
nefron naychalarining devorida yana kapillarlar to'rini hosil
qilib, so'ngra vena tomirlariga o'tadi. Naychalardan o'tayotgan birlamchi
siydik tarkibidagi organizmga kerakli moddalar qonga qayta shimilishi
natijasida ikkilamchi yoki haqiqiy siydik vujudga keladi.
Fiziologiyasi. Bir kecha-kunduzda buyrak koptokchalaridan 120— 150
I atrofida birlamchi siydik ajraladi. Birlamchi siydik tarkibida mochevi-
na, azot kislotalaridan tashqari, erkin aminokislotalar, glukoza, vitamin
va tuzlar ham bo'ladi.
Birlamchi siydik birlamchi buralma naycha, to'g'ri naycha, naycha
bukilmasi, ikkilamchi buralma naychalar va yig'uvchi naychalardan o'ta
turib, ulaming devorlari orqali glukoza, vitaminlar, aminokislotalar, tuzlar
va suvlar qayta qonga so'riladi. Natijada 120— 150 / birlamchi siydikdan
o'rtacha 1,5 / haqiqiy siydik hosil bo'ladi. Moddalar almashinuvi davrida
hosil bo'lgan organizmga keraksiz moddalar (kreatinin, sulfatlar) naycha-
larda so'rilmasdan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun
ulaming siydikdagi miqdori qonga nisbatan bir qancha ortiq bo'ladi.
Haqiqiy siydik tiniq, och sariq bo'lib, solishtirma og'irligi 1,010—
1,020 ga teng. Kuchsiz kislotali yoki neytral ishqoriy bo'ladi. Tarkibida
ko'rsatkichda ko'rsatilgandek, 95% suvdan tashqari turli moddalar ham
mavjud. Odam ko'proq go'sht iste’mol qilganda siydik kislotali yoki
neytral sharoitda, turli o'simliklar iste’mol qilganda esa ishqoriy bo'ladi.
Miyaning pastki ortig'i bezi gormonining ta’sirida buyrak naychalari
orqali suv shimiladi. Shu tariqa organizmda suv miqdorining bir me’yorda
saqlanishida qatnashadi. Odam ko'proq suv ichganda gormonning ta’siri
tufayli siydik yo'li funksiyasining faollashishi orqali ortiqcha suv
organizmdan chiqarib tashlanadi. Organizmdagi tuzlar (natriy, kaliy) miqdori
esa buyrak usti bezining gormoni orqali bir me’yorda saqlanadi.
Siydik yo‘li
Siydik yo'li uzunligi 30 sm bo'lib, siydikni buyrak jomidan qovuqqa
o'tkazadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik
yo'li joylashishiga ko'ra qorin va chanoq qismdan iborat. Siydik yo'li
boshlanish qismida, chanoqqa o'tish chegarasida va qovga kirish oldida
birmuncha torayadi. Siydik yo'lining qovuq devori ichidagi qismiga yashi-
ringan qism deyiladi.
Siydik yo'lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib
tursa, old tomondan erkaklarda urug'don arteriyasi va venasi bilan, ayollarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
esa tuxumdon arteriyasi va venasi bilan kesishib joylashgan. 0 ‘ng siydik
yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak vena, ko'richak va ko'tariluvchi
chambar ichaklar bilan yondashib joylashgan. Chap siydik yo'li esa aorta
va pastga yo'naluvchi chambar ichakka tegib turadi. Siydik yo'li chanoq
bo'shlig'ining boshlanishida uning devori bo'ylab yo'naladi, so'ngra
devordan uzoqlashib, erkaklarda urug' yo'li bilan kesishadi va qovuqqa
boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesi
shib o'tib, qovuq devoriga kiradi.
Siydik yo'lining devori biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan tashqi qavat,
uning betida joylashgan muskul qavati va ichki — shilliq qavatidan tuzilgan.
Shilliq qavatida shilliq ishlovchi bezlar bor.
Fiziologiyasi. Buyraklardan ajralgan siydik buyrakning kichik va kat
ta kosachalari orqali buyrak jomiga, undan siydik yo'liga o'tadi. Tomchilab
tushgan siydik yo'lining tepadan pastga qarab bo'g'im -bo'g'im (peristaltik)
qisqarishi natijasida qovuqqa tomon yo'naladi.
Qovuq
Qovuq (124-rasm) kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan. Hajmi 500—
700 ml bo'lib, ichida siydik bor-yo'qligiga qarab, shakli o'zgarib turadi.
Qovuqning pastdagi qismi — qovuq tubi, yuqori toraygan uchi — cho'qqi
va bu ikki qism oralig'i — qovuq tanasi tafovut qilinadi.
Qovuq devori to'rt qavat
dan tuzilgan: 1) eng ichki
qavati — shilliq qavati qovuq
bo'shaganda burmalarga boy
bo'ladi, siydikka to'lganda
esa burmalar yozilib, hajmi
kengayib kattalashadi. Shil
liq qavatda shilliq bezchala-
ri va lim fa tugunchalari
joylashgan; 2) biriktiruvchi
to'qimadan tuzilgan shilliq
osti qavati shilliq qavatida
burmalar hosil bo'lishida rol
o'ynaydi; 3) muskul qavati
uch qavat joylashgan silliq
muskul tolalaridan iborat; 4)
seroz parda qavati qovuqning
cho'qqisi bilan orqa yuza
sini o'raydi. Erkaklar va
ayollar qovug'i topografiyasi
jihatdan bir-biridan tubdan
124-rasm . Erkak ch anog'ining ko'rinishi.
/ - q o v u q suyagi; 2 - qovuq; i - u r u g ' pufagi:
4 -
prostata b ezin in g orqadan ko'rin ishi; 5 - t o ' g ' r i
ichak;
6 -
proslata bezining oldindan ko'rinishi; 7 -
qorin to'g'ri m uskuli;
8 -
qorin parda;
9 -
Kuper
bezi;
10, I I -
g'ovak tanalar;
12, 1 3 - e
rlik olati;
14
- yorg'oq .
www.ziyouz.com kutubxonasi
farq qiladi. Ayollar qovug‘ining orqasida bachadon va qin, erkaklarda
esa urug' pufaklari va urug‘ chiqarish yo'llari bo'ladi. Ayollar qovug'i
ustiga bachadon engashib turganligi uchun qovuq cho'qqisi yaxshi rivoj-
lanmagan tekis bo'ladi. Qovuqning old tomonida qovuq bilan qov suyak
lari orasida ularni ajratib turuvchi oraliq bor. Shuning uchun qovuq erkin
harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan to'lganda chanoq bo'shlig'idan
ko'tarilib, qov birlashmasidan yuqoriga, hatto kindikgacha boradi. Ayol
larda qovuq tubi maxsus boylamlar bilan mahkamlangan bo'lsa, erkaklar
da u boylamlardan tashqari, prostata bezi bilan birlashgan. Shuning uchun
erkaklar qovug'i ayollar qovug'iga nisbatan balandroq o'mashgan.
Fiziologiyasi. Bo'sh qovuq puchaygan holda bo'lib, siydik to'plangan
sari asta-sekin kengayib hajmi oshadi. Shunday qilib, qovuq kengayishi
natijasida 500—700 ml gacha siydikni yig'ib turishi mumkin. Odatda
qovuqda 250— 300 ml siydik yig'ilganda 12— 14 sm ga teng (simob
ustuni hisobida) bosim paydo bo'lib, qovuq devori va siydik chiqarish
nayining boshlanishida joylashgan ikkita aylanma ichki va tashqi siquvchi
muskul sfinkterlardagi nervlar ta’sirlanib, impulsni orqa miyaning bel
qismidagi qovuq markaziga yetkazadi. U yerdan chanoqda joylashgan
parasimpatik nervlar orqali qovuqqa ta’sir etadi. Natijada qovuq devori
muskullari qisqarib, siydik chiqarish nayining sfinkter muskullari
bo‘shashadi-da, siydik tashqariga chiqadi. Chaqaloqlarda qovuq nerv si
stemasi va muskullari yaxshi rivojlanmaganidan, ular bir yoshgacha siydik
tutib tura olmaydi va bir kecha-kunduzda 15—25 martagacha siyadi.
SIYDIK A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
Buyrak rivojlanishida uch davr farq qilinadi:
1. Boshlang'ich (bosh) buyrak—pronefroz embrion rivojlanishining
uchinchi haftalarida mezodermadan paydo bo'lgan 5—7 ta kalta naychadan
tuzilgan. Bu naychalar qorin bo'shlig'ining orqa devorida joylashgan bo'lib,
ulaming tashqi uchlari qo'shilib, bitta umumiy yo'l hosil qiladi. Naychalar-
ning bir oz kengaygan medial uchlari qarshisiga arteriya mayda tarmoqlari
keladi. Odamda pronefroz ishlamasdan to'rtinchi haftada yo'qoladi.
2. Birlamchi buyrak—mezonefroz yoki Volf tanasi naychalari bosh
buyrak naychalaridan pastroqda mezodermadan embrion rivojlanishining
to'rtinchi haftalarida paydo bo'ladi. Naychalar uchi bosh buyrakning
umumiy yo'liga qo'shiladi, so'ngra bu yo'l birlamchi buyrak yo'li Volf
kanaliga aylanib qoladi. Naychalarning ikkinchi (medial) uchlari borib-
borib xaltacha shakliga aylanadi. Bu xaltacha ichiga arteriya kapillyarlaridan
hosil bo'lgan chigal koptokcha joylashadi. Xaltacha bilan arteriya chigali
buyrak tanasini paydo qiladi. Embrion o'sish davrida Volf kanalining
yuqori qismidan paydo bo'lgan buyrak tanachalari shimilib yo'qoladi,
ular o'rnida pastroqda yangi tanachalar vujudga keladi. Birlamchi buyrak
www.ziyouz.com kutubxonasi
embrion rivojlanishining ikkinchi oyida vazifasini bajarib, uchinchi oyida
rivojlanayotgan doimiy buyrakka o'rin beradi.
3. Doimiy buyrak — metanefroz ikki qism — ikki joydan rivojlanadi.
Jumladan, buyrak va uning siydik chiqarish qismi nefrotomlar (mezoderma)
dan alohida rivojlanadi. Keyinchalik buyrak tanasi naychalar orqali siydik
yig'uvchi naychalarga qo'shiladi va buyrak piramidasi hosil bo'ladi. Bu
vaqtda Volf nayining pastki qismidan siydik yo'li vujudga keladi. Siydik
yo'li yuqoriga qarab o'sib, uning uchidan buyrak jomi, buyrakning katta
va kichik kosachalari rivojlanadi. Keyinchalik ulardan siydik yig'uvchi
mayda yo'llar paydo bo'lib, buyrakning siydik ajratuvchi qismi (nefron)
bilan qo'shiladi va bir butun sistemani, ya’ni siydik ajratish va chiqarish
yo'lini hosil qiladi.
Qovuq birlamchi ichak nayining pastki kengaygan joyi (kloaka) dan
rivojlanadi. Embrion rivojlanishida kloaka ketma-ket joylashgan ikki qismga
ajraladi. Orqadagi qismidan to 'g 'ri ichak rivojlanadi. Kloaka oldingi
bo'lagining ustki qismidan qovuq, pastki qismidan esa siydik va tanosil
bo'shlig'i rivojlanadi. Bo'lg'usi qovuq (siydik pufagi) embrionda naycha
shaklida bo'lib, kindik orqali ona organizmiga siydikni o'tkazib turadi.
Bola tug'ilib kindik kesilgandan so'ng, siydik yo'lining tepa qismi burishib,
boylamga o'tadi. Pastki qismidan esa qovuq hosil bo'ladi. Bu vaqtda
siydik-tanosil bo'shlig'idan siydik chiqarish yo'li rivojlanadi.
TANOSIL A’ZOLARI
Tanosil (jinsiy) a’zolari funksiyasiga qarab erkak va ayollar tanosil
a’zolariga, o'z navbatida joylanish o'rniga qarab ichki va tashqi tanosil
a’zolariga bo'linadi.
ERKAKLARNING TANOSIL A’ZOLARI
Erkaklar ichki tanosil a’zolariga moyaklar va ular ortig'i, urug' chiqarish
yo'llari, urug' pufakchalari, prostata bezi, Kuper bezlari kiradi. Tashqi
tanosil a’zolari erlik olati va yorg'oqdan iborat.
Moyaklar (125, 126-rasmlar) bir juft bo'lib, yorg'oq ichida joylash
gan. Moyaklar tanosil a’zolari ichida erkaklik urug'i — spermatozoid va
erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o'rin tutadi.
Moyaklar ichki tomonidan bir oz siqilgan, ellipssimon shaklli bo'lib,
orqa qirg'og'iga uning ortig'i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan
tuxumga o'xshash yaltiroq oqsil parda o'rab turadi. Pardaning ichki to
monidan moyak ichki moddasiga o'sib kirgan to'siqlar ularni alohida
bo'laklarga ajratadi. Bo'lakchalar old tomoni keng yoyilgan yelpig'ichga
o'xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig'ilib, moyak devorlari oralig'i
sohasiga ochiladi. Har bir bo'lakcha ichida urug' ishlab chiqaradigan 3—
4 tadan kanalchalar bo'lib, ular bir-biri bilan qo'shilib, to 'g 'ri urug'
kanalchalarini hosil qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
125-rasm. Yo'rg'oq ichida moyakning
ko'rinishi.
/-urug' tizimchasi; 2,
3 -
moyak
ortig'i;
4
- ortiq dumi; 5 - moyak bilan
ortiq o'rtasidagi bo'shliq;
6
- moyakning
g'ilof pardasi; 7 - tashqi urug' fassiyasi;
8 -
ichki urug' fassiyasi; 9-moyakni
ko'taruvchi muskul.
1
- urug' chiqarish yo'li; 2 - urug' yo'li;
3
- ortiq;
4
- tuxum oralig'i; 5 - to'g'ri
kanalchalar;
6
-urug' turi; 7 -urug'
bo'lakchalari;
8 -
urug' ishlab chiqaruv-
chi kanalchalar; 9 - oqsil parda.
T o‘g ‘ri kanalchalar esa moyak de
vori oralig'i sohasida o'zaro qo'shilib,
urug' to'rini hosil qiladi. Kanalchalar
to'ridan 12— 16 ta urug' chiqarish
naychalari ajraladi va moyak ichidan
chiqib, urug' chiqarish yo'li nomi bilan
yuqoriga ko'tarilad i. Bu y o 'l qon
tomirlar va nervlar bilan birgalikda biriktiruvchi to'qima pardasi bilan
o'ralib, urug' tizimchasi sifatida chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga
o'tadi. Bu yerda urug' chiqarish yo'li qon tomirlardan ajralib, chanoq
bo'shlig'ining yon devori tomon yo'naladi va qovuq tagida kengayib,
urug' pufakchasi nayi bilan qo'shiladi va urug' otuvchi yo'lni hosil qila
di. Urug' otuvchi yo'l prostata bezi orasidan o'tib, siydik chiqarish kana
lining shu qismiga ochiladi. Urug' chiqarish yo'lining uzunligi 40— 45
sm, devori — ichki shilliq qavati, o'rtasidagi muskul qavati va tashqi
biriktiruvchi to'qima qavatidan tuzilgan.
Urug‘ tizimchasi urug' chiqarish yo'li va moyakni oziqlantiruvchi
arteriyalar va ulardan ketuvchi vena tomirlari, limfa tomirlari hamda
nervlari birga ichki urug' fassiyasi o'rashidan vujudga keladi. Urug'
tizimchasi moyakdan chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga, undan urug'
chiqarish yo'li qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug' otuvchi
kanalchalarga o'tadi.
Urug' pufakchalari — bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm kengligi 3
sm keladigan xaltacha bo'lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo'lini
12
-
177
www.ziyouz.com kutubxonasi
tozalab, nordon sharoitdan neytral holatga o ‘tkazib beradi. Aks holda
moyakdan kelayotgan urug' siydik yo‘lidan o ‘ta turib, nordon sharoitda
otalantirish xususiyatini yo‘qotadi.
Urug‘ pufakchalarining devori ichki tomondan katak-katak joylashgan
shilliq qavati, o'rta muskul qavati va ustki biriktiruvchi to'qima qavati
dan tuzilgan.
Kuper bezlari. Siydik chiqarish kanali so'g'oni bezlari yoki Kuper
bezlari yumaloq, kattaligi no'xatdek bir juft bezlar bo'lib, siydik chiqarish
yo'lining parda qismida, olat so'g'onining ustida joylashgan. Bezlarning
ingichka naychalari olat so'g'onining moddasi ichidan o'tib, siydik chi
qarish yo'liga ochiladi.
Bezlarning suyuqligi siydik chiqarish yo'lining devorini siydik ta’siridan
saqlaydi.
Prostata bezi. Qovuqning tagida siydik chiqarish nayini o'rab joylash
gan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari siydik muskul tolalari va biriktiruvchi
to'qimalar ham uchraydi. Prostata bezi qizg'ish rangda bo'lib, katta odamlarda
uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og'irligi taxminan 20 g. U 30—50 ta bezchalar
yig'indisidan iborat. Ularning sekret chiqarish naychalari siydik chiqarish
yo'lining prostata bezi ichidan o'tgan bo'lagiga ochiladi.
Prostata bezi suyuqligi spermatozoidlarni suyultirib, harakatini
faollashtiradi. Bez muskullari siydik yo'lining prostata bezi qismini saqlab
turish vazifasini bajaradi.
Sperma — urug'; moyak bo'lakchalarida joylashgan buralma kanal-
chalarda odam balog'atga yetgandan keyin ishlanadi. Yetilgan urug' be-
vosita urug' to'riga, undan urug' chiqarish kanalchalariga o'tadi. Bu
kanalchalardan urug' tizimchasi orqali urug' otuvchi yo'lga o'tib, so'ngra
siydik chiqarish kanalining prostata bezi bo'lagiga ochiladi. Balog'atga
yetgan odamda uning jinsiy jihatdan faol bo'lgan davrida hujayralari —
spermatozoidlar moyakda doimiy yetilib turadi. Spermatozoidda boshcha,
tana va dum bo'lib, bir minutda 3,5 mm gacha harakatlanish xususiyatiga
ega. Erkak urug'ining ko'p miqdorda yetilib, ayol jinsiy yo'lida 2— 3
kungacha otalantirish xususiyati bor. Spermatozoidlar, odatda, urug' chiqa
rish yo'llari, urug' pufakchalari, prostata va Kuper bezlaridan ajralgan sekret-
lar bilan aralashgan suyuq holatda bo'ladi. O'rtacha 1 sm3 da 60 000 gacha
spermatozoid mavjud. Lekin har bir urug' ajralish jarayonida erkaklaming
200 000 000 gacha urug'i chiqsa-da otalantirish uchun faqat bittasi yetarlidir.
Tashqi tanosil a’zolari
Erkaklarning tashqi tanosil a’zolari erlik olati va yorg'oqdan iborat.
Erlik olati (127-rasm) jinsiy yaqinlashuv va siydik yo'li a’zosi bo'lib,
spermatozoid hamda siydik chiqarish vazifasini bajaradi. Olat uchta g'ovak
tanadan tashkil topgan. Bittasi siydik chiqarish nayining ost tomonida,
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolgan ikkitasi uning ustida yonma-yon
joylashgan. G'ovak tanalar silliq mus
kullardan va elastik fibroz to'qimalardan
tuzilgan b o 'lib , ular orasi har xil
katakchalardan iborat. Erlik olatining ta-
ranglashishi va yumshashi ana shu
katakchalaming qon bilan to'lib turishi
yoki kamayishiga bog'liq. Siydik chiqa
rish nayi joylashgan g'ovak tananing pro
stata bezi tomonga qaragan qismi piyoz
shaklda kengaygan bo'lsa, ikkinchi uchi
qo'ziqorin qalpog'iga o'xshab olat bo-
shini hosil qiladi. Qolgan ikkita g'ovak
tananing oldingi uchlari olat boshiga kirib
turadi. Bulaming orqa tomonlari kengay
ib, qov suyagiga yopishadi.
Siydik chiqarish nayi olat boshiga
vertikal holatda yoriq bo'lib ochiladi.
Olat
terisi uning boshi tomonga
yaqinlashgan sari yupqalashadi va olat
boshiga yetganda erkin qoplab turuvchi
qismga aylanadi.
Yorg'oq teri xaltacha bo'lib, unda
moyaklar joylashgan. Bu xaltacha 7
qavatdan iborat:
1) eng ustki teri qavati to'qroq rangli,
yupqa va nozik bo'lib, moyli modda
va ter ishlab chiqaruvchi bezlarga boy;
2) go'shtdor parda har qaysi moyakni alohida o'ragan teri osti birik
tiruvchi to'qimasidan tuzilgan. Ikkala moyak xaltachasi o'rtada qo'shilib,
yorg'oq devorlarini hosil qiladi;
3) tashqi urug' fassiyasi — qorin devorlaridagi muskullarni ustidan
qoplovchi fassiyaning yorg'oqdagi davomidir;
4) moyakni ko'taruvchi muskul fassiyasi shu nomdagi muskulni qopla-
gan fassiya bo'lib, chov kanalining tashqi halqasidan yorg'oqqa tushadi;
5) moyakni ko'taruvchi muskul qorin ko'ndalang muskulidan ajralib,
yorg'oqqa tushganda parda holida tarqaladi. Qisqarganda moyakni yuqoriga
ko'taradi;
6) ichki urug' fassiyasi qorin devorlarining ichki tomonidagi ko'nda
lang fassiyaning davomi bo'lib, moyakni va urug' tizimchasini o'raydi;
7) moyakning g'ilof pardasi qorin (seroz) pardaning bir qismi bo'lib,
moyak rivojlanib, yorg'oqqa tushish jarayonida uni o'rab birgalikda tu-
127-rasm. Erlik olati.
I
- siydik chiqarish nayining tashqi
teshigi; 2 - olat boshchasi;
J -
olat
tanasi;
4
- g'ovak tana muskullari; 5 -
olat arteriyasi va venasi; 6 - Kuper
bezi; 7 - oraliqning ko'ndalang mus
kuli;
8
- siydik chiqarish yo'lining si
quvchi muskuli; 9-g'ovak tananing
qov suyagiga yopishgan qismi;
10,
//-olatning g'ovak tanasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
shadi. Bu parda ikki varaqdan iborat bo'lib, biri moyakning ustini, ikkin
chisi yorg'oq devorini o'raydi. Bu ikki varaq o'rtasida hosil bo'lgan
bo'shliq seroz parda bo'shlig'i bo'lib, ularni seroz suyuqlik namlab turadi.
Erkaklarning siydik chiqarish nayi
Erkaklaming siydik chiqarish nayi (127-rasm) qovuqdan boshlanib,
olatning boshida tashqi teshik bo'lib tugaydi. Uzunligi 18 sm bo'lgan
siydik chiqarish nayi joylashgan o'rniga qarab uch qismga bo'linadi;
1) prostata qismi qovuqdan boshlanadi va prostata bezining qoq o'rta
sidan o'tib, bezning uchiga kelganda parda qismga o'tadi. Nayning bu
qism i eng keng b o 'Iak b o 'lib , uzunligi 2,5 sm kelad i. U rug '
do'mboqchasining ikki yonboshida prostata bezlari naychalarining teshi
gi va urug' otuvchi yo'llaming teshiklari ochiladi.
2) parda qismi — siydik chiqarish nayining eng kalta (1 sm ga teng)
qismi bo'lib, prostata bezining uchidan boshlanib, pastda olat so'g'oniga
o'tib ketadi. U chanoq bo'shlig'idan siydik tanosil (chanoq) diafragmasi-
ni teshib, siydik yo'liga o'tadi. Nay parda qismining devori 4 qavatdan
iborat. Eng ichki shilliq qavat uzunasiga joylashgan burmalar hosil qila
di. Uni sirtidan shilliq osti qavati o'raydi, unda ikki qavatdan iborat silliq
muskul tolalari turadi. To'rtinchi qavat ko'ndalang-targ'il muskul tolalari
hisoblanadi.
3) g'ovak tana qismi kanalning eng uzun qismi bo'lib, past tomondagi
olat g'ovak tanasining o'rtasida joylashgan. Bu qism boshlanish joyida
va tashqariga chiqish oldidan birmuncha kengaygan bo'ladi. Naychaning
shilliq qavatida mayda bezlar joylashgan. Erlik olati
qo'zg'alm agan
holatda turganida siydik chiqarish nayi ikki joydan (g'ovak tananing
boshlanish joyi va o'rtasidan) bukilgan bo'ladi. Olat qo'zg'alganda
(ereksiya) oldingi bukilma yo'qoladi
Dostları ilə paylaş: |