V IT A M IN L A R
Organizmning normal yashashi uchun asosiy ovqat moddalari, mine
ral tuzlardan tashqari, vitaminlar (lotincha vita — hayot so'zidan olin
gan) kerak bo'ladi. Barcha vitaminlar (А, В, C, D, E, G, R) ikki guruhga:
suvda eriydigan В va С vitaminlar hamda yog'da eriydigan A, D, К
vitaminlarga bo'linadi. Vitaminlar o'simliklar bilan oziqlanuvchi hayvon
to'qimalarida ham vujudga keladi. Shuning uchun o'simlik va hayvonlar
odam uchun vitaminlar manbai hisoblanadi. Vitaminlarning ko'pchiligi
fermentlar faoliyatini oshiradi, binobarin, ular hayot uchun zarur bo'lib,
organizmda yetishmaganda moddalar almashinuvi jarayoni buziladi. В
guruh vitaminlar va vitamin К odamda yo'g'on ichakdagi bakteriyalar
florasini sintezlaydi. Shuning uchun ichak florasini halok etuvchi antibi-
otiklar bilan davolash paytida vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo'ladi.
Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz, yetishmasligi avi-
taminoz kasalligiga sabab bo'ladi. Masalan, vitamin С yetishmasa, singa,
D yetishmasa raxit kasalligi kelib chiqadi. Organizmda yetishmagan
vitaminlar berilsa, kasal tez tuzaladi.
Suvda eriydigan vitaminlar С va В guruh vitaminlar bo'lib, organiz
mda sintezlanmaydi, ular organizmga o'simlikli ovqatlar tarkibiga kiradi.
V i t a m i n С (askorbin kislota) na’matak, mevalar, limonda ko'p
bo'ladi. Bu vitamin uglevodlar va oqsillar almashinuvi jarayonida muhim
rol o'ynaydi. U organizmda kamaysa, qonda glukoza, jigarda glikogen
kamayib, oqsil moddalarining parchalanishi kuchayadi. Natijada singa
kasalligi paydo bo'lib, darmon quriydi. Yurakning normal ishlashi izdan
chiqadi. Kapillarlar mo'rt bo'lib, teri osti va bo'g'imlarda qon quyilishi
ro'y beradi. Milklar bo'shashib, qonaydigan, tishlar esa tushib ketadigan
bo'lib qoladi. Bu vaqtda vitamin С qabul qilinsa, kasal tuzaladi. Odamning
vitamin С ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzda 75— 100 mg ga to'g'ri
keladi.
В guruh vitaminlar guruch po'stida, jigar, yong'oq, cho'chqa go'shti-
da ko'proq bo'lib, ular vitamin B (, B2, B |2 kabi holatda uchraydi. Bu
vitaminlar har birining o'ziga xos xususiyatlari va ta’sirlari bor. Jumladan,
odamning vitamin B : (tiamin) ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzga
o'rtacha 2— 3 mg bo'lib, u uglevodlar, yog'lar va oqsillar almashinuvida
faol qatnashadi. Organizmda vitamin B, yetishmasa, uglevodlar, yog'lar
va oqsillar almashinuvi jarayoni buziladi, nervlarning qo'zg'aluvchan
www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, ishtahasi yo'qoladi. Organizmda
vitamin B, surunkasiga yetishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og'riq paydo
bo'ladi, muskullar atrofiyalanib, shol bo'ladi. Yurak-qon tomirlar va hazm
sistemalari normal ishlamaydi.
V i t a m i n B2 (riboflavin). Odamning bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji
1—2 mg bo'lib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda
bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, odam labining
burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. Yosh bolalarda vitamin B2
yetishmasa, ulaming o'sishi pasayib, ko'zlari yallig'lanadi. Vitamin B2
jigar, buyrak va o'simliklarda ko'p bo'ladi.
V i t a m i n PP (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduz-
da o'rtacha 15—20 mg kerak bo'ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go'shtda
ko'p. Organizmda vitamin PP yetishmaganda teri yallig'lanib qizaradi,
ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati
izdan chiqadi.
V i t a m i n B6 (piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2—3 mg
vitamin B6 yetarli bo'lib, aminokislotalar almashishi jarayonida ferment-
lar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin B6 ko'proq guruch kepagida, achitqida,
buyrak, jigar va go'sht tarkibida bo'ladi. Odam organizmida bu vitamin
yetishmasa, ishtaha pasayib, ko'ngil ayniydi, darmonsizlik kuzatiladi, teri
yallig'lanadi.
V i t a m i n B |2 (sianokobalamin) qoramol va jo'ja jigarida ko'proq
bo'ladi. Odamda ichak bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin
B|2 yetishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, kamqonlik (anemiya)
kasalligi paydo bo'ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, К kiradi.
V i t a m i n A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1— 1,5 mg
miqdorda kerak bo'lib, baliq moyi, o'simlik tarkibida uchraydi. Vitamin
A ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli kasallik-
larga qarshiligini oshiradi. Organizmda vitamin A yetishmaganda
shabko'rlikka (kunduzi ko'rib, qorong'ida ko'rmaydi) va shox pardaning
kasallanishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog' va tuxum sarig'ida
bo'lib, organizm uchun bir kecha-kunduzga 0,03—0,07 g kerak bo'ladi.
Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi.
Odamda bu vitamin yetishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab,
tishlarning chiqishi kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. Shuning
uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05— 0,07 g) berib turish kerak.
Organizmda vitamin D ning ko'payishi muskul va buyraklarda kalsiy
yig'ilib qolishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n К (filoxinon) yoki antigemorragik vitamin odamga bir
kecha-kunduzda 1— 2 mg kerak. U karam (xlorofilli o'sim lik), barcha
www.ziyouz.com kutubxonasi
yashil rangli o'sim liklar, pomidor, jigarda ko‘p bo'ladi. Ozroq miqdor
da uni ichak bakteriyalari sintezlaydi. Organizmda avitaminoz К bo'lganda
jigarda protrombin chiqishi kamayib, qon ivishi buziladi.
Nazorat uchun savollar
1. M oddalar va en ergiya alm ashinuvidan nima bilasiz?
2. Oqsillar alm ashinuvini ayting.
3. Oqsillar alm ashinuvining buzilishi nima?
4. U glevod lam in g alm ashinuvini tushuntiring.
5.
Y og'lar (lipidlar) alm ashinuvini tushuntiring.
6.
Y og'lar alm ashinuvining buzilishini tushuntiring.
7. Suv va mineral tuzlar alm ashinuvini tushuntiring.
8. Ovqat miqdori va tarkibini bilasizm i?
9. Sovq otish nima?
10. Ochlik kasalligi haqida nima bilasiz?
11. Qon aylanishining pasayishi oqibati.
12. Q izish nima?
13. Issiq urishini tushuntirib bering.
14. Oftob urganda nima bo'ladi?
15. Vitam inlam i bilasizm i?
16. Vitamin S.
17. В guruh vitaminiarini ayting.
18. Y og'da eriydigan vitam inlam i bilasizm i?
IC H K I S E K R E T S IY A B E Z L A R I
Ichki sekretsiya bezlari sekret chiqaruvchi naylari bo'lmasligi bilan
tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Bu bezlarda ishlangan sekret —
gormon (yunoncha so'z bo'lib, qo'zg'atuvchi degan ma’noni anglatadi)
bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlarni endokrin
(ajrataman) bezlar deb ham ataladi.
Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli sohalarida joylashgan
bo'lib, bajaradigan ishlariga qarab, garchand hajmi kichkina bo'lsa-da,
juda ko'p qon tomirlar bilan ta’minlangan. Jumladan, buyrak usti beziga
uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to'rt-beshta qon
tomir keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarda juda ko'p nerv tolalari
tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora qiluvchi markazlar bilan bog'lab
turadi. Demak, bir tomondan, ichki sekretsiya bezlari faoliyatini nerv
sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan, qonga shimilgan endokrin
gormonlar nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. Ichki sekretsiya bezlari
turlicha bo'ladi. Shu munosabat bilan organizm funksiyalarining gormo-
nal regulatsiyasi deb atalmasdan, balki neyrogormonal regulatsiya deb
atalishi lozim.
Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qonda muayyan
miqdorda bo'lishi shart. Agar gormonlar miqdori qonda kamaysa,
www.ziyouz.com kutubxonasi
gipofunksiya, ko'paysa, giperfunksiya deyiladi, bu vaqtda turli kasallik-
lar paydo bo'ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib, u
yoki bu jarayonga o'z ta’sirini ko'rsatadi.
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez (133-rasm) bo'yin sohasida hiqildoqning qalqonsi
mon tog'ayi bilan kekirdakning yuqorigi 3— 4 tog'ay halqalari oldida
joylashgan. Bez taqasimon shaklda bo'lib, katta odamlarda 30—50 g ga
teng. Ammo bezning og'irligi va shakli buqoq kasalligiga uchragan odam
larda boshqacha bo'ladi, ya’ni kattalashib,
og'irligi 1 — 1,5 kg ga yetadi. Qalqonsimon
bezning o'ng va chap bo'lakchalari oraliq
qismi bo'yin orqali o'zaro qo'shiladi. Bezni
o'rab turgan pardadan o'sib kirgan o'simtalar
bez ichkarisini bo'lakchalarga ajratadi. Bez
bo'lakchalari pufakcha (follikula)lardan iborat
bo'lib, uning tarkibida yodga boy oqsil mod
dasi bor. Bez yuzasini qon tomir va nerv
chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi.
Funksiyasi. Bez gormoni — tiroksin
qonga shimilib, organizmning o'sishiga ta’
sir qiladi, moddalar almashinuvini tezlashti-
radi. Agar organizmning o'sishi davrida bez
gormoni yetishmay qolsa, uning o'sishi va
ruhiy rivojlanishi susayadi (kretinizm
kasalligi), aksincha, gormon ko'p ishlansa
(giperfunksiya), organizm tiroksin bilan
zaharlanadi (tireotoksikoz kasalligi).
Bunda odam ozg'in bo'lib, o'ta ta’sirchan,
yuragi tez uruvchan bo'ladi. Ko'z soqqasi
ko'z kosasidan chiqib joylashadi. Ba’zan ichiladigan suvda yod yetishmasa,
qalqonsimon bez kattalashib, buqoq paydo bo'ladi. Bulardan tashqari,
organizmga yetarli miqdorda yod kirmasa, tiroksin gormoni kam ishlanadi.
Natijada miksedema (xom semiz) kasalligi kelib chiqadi. Kasallik bolalarda,
keksalarda va ko'proq ayollarning klimaks davrida uchraydi. Miksedema
kasalligida ruhiy zaiflik, lanjlik, uyquchanlik kuzatiladi. Simpatik nerv
sistemasining faoliyati pasayadi. Jinsiy a’zolar funksiyasi buziladi. Mod
dalar almashinuvi jarayoni susayadi. Bemoming yuzi shishganga o'xshab,
gavda vazni sezilarli oshadi.
Qalqonsimon bez giperfunksiyasida Bazedov kasalligi rivojlanadi. Bunda
markaziy nerv sistemasining qo'zg'aluvchanligi, moddalar almashinuvining
zo'rayishi, yurak urishining tezlashuvi, ko'zlaming chaqchayib, gavda
133-rasm . Q alqonsim on bez.
/ - t i l osti suyagi; 2 - t i l osti
s u y a g id a n
q a l q o n s i m o n
tog'ayga tortilgan muskul;
3 -
uzuksim on tog'aydan qalqon
s im o n t o g ' a y g a o 't a d ig a n
muskul;
4
- qalqonsim on bez;
5 - bez bo'yn i.
www.ziyouz.com kutubxonasi
og'irligining kamayib ketishi kuzatiladi. Odamda ochlik hissi paydo bo'ladi,
ko‘p ovqat iste’mol qilsa ham ozaveradi, chunki moddalar almashinuvi
zo'raygan bo'ladi.
Qalqonsimon bezning orqa tanachalari
Qalqonsimon bezning orqa tanachalari (134-rasm) to'rtta, ba’zan beshta
bo'lib, ular qalqonsimon bez yon bo'laklarining orqa yuzasiga yopishib
yotadi. Bezlar endokrin bezlar ichida eng kichkinasi bo'lib, uzunligi 6
mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm. Har bir bez qon tomirlarga boy
parda bilan o'ralgan.
Funksiyasi. Bu bezlar gormoni
o rg an iz m d a k alsiy va fo sfo r
almashinuvini bajaradi. Nerv va
m uskullarning norm al ishlashi
uchun k erak li b o 'lg a n k alsiy
miqdorini qonda bir me’yorda saq-
lashni va ana shu m oddaning
suyaklarga so'rilishini ta’minlaydi.
Qonda kalsiy miqdori kamaysa, su
yaklar tarkibidagi kalsiy ajralib,
suyaklar yumshab qoladi. Kalsiy
miqdori oshganda esa arterial qon
tomirlarda, buyraklarda to'planadi.
Bez gormonni kam ishlasa, odam
qaltiroq bo'ladi, hatto halok bo'lishi
ham mumkin.
Ayrisimon bez
Ayrisimon bez (135-rasm) ikki
bo'lakdan tuzilgan bo'lib, ko'krak
qafasining tepa qismida (to'sh su
yagi dastasining orqa tomonida) joylashgan, uning toraygan tepa bo'lagi
ko'krak qafasidan bo'yin qismiga chiqib turadi. Bezning kengaygan pastki
bo'lagi esa qon tomirlar va yurakning old tomonida joylashgan. Og'irligi
yoshga qarab o'zgaradi. Jumladan, yangi tug'ilgan bolada 12 g, balog'atga
yetish oldida esa 30—40 g gacha bo'ladi. Balog'atga yetgach asta-sekin
qayta kichraya boradi: 25— 30 g, 60—70 yoshlarda burishib, 6— 15 g
bo'lib qoladi va yog' moddasiga aylanadi. Bezning ustki qismi po'stloq,
ichi mag'iz qismidan tuzilgan bo'lib, ular to'siqlar vositasida limfositlarga
boy bo'lgan bo'lakchalarga ajralgan.
134-rasm . Q alqonsim on bezning orqa
tanachalari.
1,3
- qalqonsim on bez orqa bezlari; 2 -
qalqonsim on bez;
4 -
halqum.
www.ziyouz.com kutubxonasi
135-rasm. Ayrisim on
bez.
I
- kekirdak; 2 - ayrisimon
bez bo'laklari;
3 -
yurak
pardasi;
4 -
o'pka; 5 - o'ng
o'm rov osti venasi;
6 -
o'ng bo'yinturuq venasi.
F u nksiya si. T-
lim fo s itla r ishlab
chiqaradi, limfa tugun
lari rivojlanishini ta’
minlaydi. Umuman,
organizmni zararli ta’-
sirlardan saqlaydi.
Miyaning pastki ortig‘i
Miyaning pastki ortig'i (136-rasm) oval shaklidagi kichik (og'irligi
0,3—0,5 g) bez bo'lib, miya asosidagi kulrang do'mboqqa varonkasimon
oyoqcha orqali osilib turadi. Bez kalla asosiy suyagining turk egari
chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortig'i oldingi va orqa
bo'laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo'lagi bez epiteliy hujayra-
laridan iborat va shuning uchun adenogipofiz bo'lagi deb ham ataladi.
Bezning orqa bo'lagi oldingi miya
ning ostidan bo'rtib o'sib chiqadi.
Oldingi qismidan ishlanib chiqqan
(som atotrop, pro laktin , adreno-
kotikotrop, gonadotrop) gormonlar
organizmning turli funksiyasiga ta’
sir etadi. Jumladan, somatotrop gor
moni organizmning umumiy o'sishi-
ga ta’sir ko'rsatadi.
O'sayotgan organizmda gipofiz
oldingi
bo'lagi hujayralarining
giperfunksiyasi tufayli o'sish gor
moni me’yoridan ortiqcha ishlab
chiqarilsa, organizm haddan tashqari
o 'sib ketishi mumkin. Bordi-yu,
,
.
r
.
136-rasm . M iyaning pastki ortig'i.
bezning giperfunksiyasi organizm
.
.
. "
,
.
.
/ - m i y a n i n g o ld in g i arteriyasi; 2 - k o ‘z
balog atga yetgandan keyin sodir
nervi;
J -
o'rtadagi B e r iy a ;
i-gipofiz; 5 -
bo Isa, akromegaliya rivojlanadi.
orqadagi arteriya;
6
- asosiy arteriya.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tananing ayrim qismlari haddan tashqari o'sib ketadi. Prolaktin gormoni
ko'krak bezining sut chiqarishini kuchaytiradi va ayollar tuxumdonidagi
sariq tanacha faoliyatiga ta’sir etadi. Adrenokortikotrop gormon buyrak
usti bezining po'stloq qismi faoliyatiga ta’sir etib, undan jinsiy gormon
chiqarilishini kuchaytiradi. Gonadotrop gormon jinsiy bezlar (tuxumdon,
moyak) funksiyasini faollashtiradi. Aksincha, gormon kam ajralsa, odam
semirib, jinsiy a’zolari faoliyati pasayadi. Bezning oldingi bo'lagi orqa
tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan gormon odam terisi rangiga
ta’sir qiladi.
Bezning orqa bo'lagidan ajralgan gormonlar aslida ko'rish do'm bog'i-
ning pastki qismidan ajralib, varonkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi
va bezda to'planadi. Oksitotsin gormon bachadon m uskullarining
qisqarishini,
ko'krak bezida ko'proq sut ishlanishini ta’minlaydi. Va-
zopressin qon tomir silliq muskullarining qisqarishini kuchaytirib, qon
bosimining ko'tarilishiga sabab bo'ladi, buyrakdan siydik ajralishini
susaytiradi.
Ortiqsimon tana
Ortiqsimon tana (137-rasm) yoki bosh
miyadagi to'rt do'mboqning yuqorisidagi
ikkita do'mboq o'rtasida joylashgan mosh-
dek (og'irligi 0,2 g) dumaloq bez bo'lib,
ko'rish do'mbog'iga yuganchalar yordami
da tutashib turadi. Bez uni o'rab turgan par
da o'siqlari (trabekulalar) bilan bo'lakcha-
larga ajralgan.
Epifiz gormoni jinsiy bezlarning rivoj-
lanishini m e’yorida ushlab turadi. Bez
faoliyati susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivoj
lanib, qiz va o'g 'il bolalar ertaroq balog'atga
yetadi.
137-rasm . Ortiqsim on tana.
1 -
ortiqsim on tana; 2 - orqa bi-
tishma;
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezi (138-rasm) qalpoq shaklida o'ng va chap buyrak
ustida joylashgan bo'lib, og'irligi 3—5 g gacha. Bezni qoplab turgan
pardadan boshlangan o'simtalar bezning ichiga kirib, uni bir necha bo'lak-
larga ajratadi. Bez tashqi sarg'imtir po'stloq va ichkarisida joylashgan
qoramtir miya qismidan tuzilgan. Po'stloq qismi va miya qismi tuzilishi,
rivojlanishi va bajaradigan ishi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Po'stloq qismi mezodermadan rivojlanib, qon tomir va nervlarga boy
epiteliy hujayralardan paydo bo'ladi. Bezning bu qismida ishlanadigan
aldosteron gormon organizmda suv-tuz almashinish jarayoniga ta’sir etsa,
www.ziyouz.com kutubxonasi
gidrokortizon gor
moni oqsil, yog' va
uglevod alm ashi-
nish jarayonida ish
tirok etib, organiz
m ning kasallikka
qarshilik ko'rsatish
kuchini oshiradi,
yallig‘lanish kasal-
ligining tez tuzali-
shini ta’minlaydi.
B ezda ish lan g an
jinsiy gormonlar esa
jinsiy bezlarga ta’
sir etadi. Buyrak
usti bezi po'stloq qismining faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli
kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati ham pasayadi, hatto kasallikka
(odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi) olib keladi. Aksincha, bez
ning po'stloq qismi funksiyasi kuchayib, odatdan tashqari gormon ishlasa,
jinsiy bezlarning gormon chiqarish faoliyati kuchayadi, o'spirinlar tezroq
balog'atga yetadi.
Bezning miya qismi ektodermadan (simpatik tugunlari o'sadigan joydan)
rivojlanadi. Bu qismga adrenalin yoki xromaffin sistemasi deyiladi. Bezning
miya qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Adrenalin
yurak qisqarish faoliyatini oshiradi, qon tomirlarni siqadi. Ichak
devorlarining siqilish qobiliyatini (ichak peristaltikasini) pasaytiradi.
Bronxlarni kengaytiradi.
M E ’DA O ST I B E Z IN IN G IN K R E T O R Q ISM I
Me’da osti bezining bir millionga yaqin yumaloq shaklli hujayralari
bo'lib, ular ishlab chiqargan gormonlar qonga shimiladi. Shuning uchun
bu xildagi bez to'plamini inkretor funksiyali me’da osti bezi orolchasi
deb ataladi. Orolcha bezlari insulin, glukogen va lipokain gormonlarini
ishlab chiqaradi. Insulin hujayralarda ishlanib, qon tarkibidagi glukoza
kontsentratsiyasining kamayishi (gipoglikem iya)ni ta’minlab, nerv
hujayralariga o'tishiga yordam beradi. Glukoza insulin ta’sirida qonda kama
yadi, glukozani glukogenga aylantiradi. Shu bilan insulin glukoza uchun
hujayralar membranasining o'tkazuvchanligini oshiradi va glukoza hujayra
ichiga kirib utilizatsiya bo'ladi. Bulardan tashqari, insulin oqsillar parchala-
nishining oldini oladi va ularni glukozaga aylantiradi, insulin aminokislota
lardan oqsil sintezlanishini va ulaming hujayralarga yo'nalishini kuchaytiradi.
U yog' almashinuvini boshqaradi, yog'ning sarflanishini tormozlaydi.
138-rasm. Buyrak usti bezi.
) - buyrak usti bezlari; 2 - o ' n g va chap buyrak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Diabet kasalligida qonda qand miqdori ortadi. Bunda jigar va
muskullarda glikogenez (glukozaning glukogenga aylanishi) susayadi,
organizm hujayralarida glukozaning o'zlashtirilishi buziladi. Diabet
kasalligida uglevod almashinuvining buzilishidan tashqari, oqsillar va
yog'lar almashinuvi ham buziladi. Glikogen me’da osti bezi hujayralari
da ishlanib, insulinga antogenezdir.
Jigarda glukogenning glukozaga parchalanishi kuzatiladi va qonda
glukoza miqdori oshadi. Glukogen yog' parchalanishini kuchaytiradi.
Lipokain gormoni lipidlaming hosil bo'lishini va jigarda yog' kislotalari
oksidlanishini kuchaytirib, ulami o'zlashtirishga yordam beradi. Glukogen
gormoni hujayralarda ishlanib, jigardagi glukogenni glukozaga aylantirib,
qonga chiqarib beradi. Natijada qonda glukoza miqdori (normada 4,45—
6,65 mmol/1 yoki 80— 120 mg%) 0,1—0,5% gacha ko'payadi. Orolcha
hujayrasining insulin ishlab chiqarish faoliyati susaysa, buyrak orqali
siydik bilan ko'p miqdorda (5% gacha) glukoza tashqariga chiqadi. Bu
hoi qand kasalligi (diabet) kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga
bir kecha-kunduzda 5—6 / suv chiqib, organizm suvsizlanadi, odam
chanqab, ko'p suyuqlik ichadi. Qonda qand miqdorining kamayishi jigar
da glikogenning kamayishiga, oqsil va yog'laming parchalanib, qandga
aylanishiga olib keladi, odam ozadi. Natijada organizm funksiyalari (na
fas olish funksiyasi ham) o'zgarib, bemor hushdan ketib, ahvoli og'irla-
shib, o'lib qolishi ham mumkin. Shuning uchun qand kasalligi bilan
og'rigan odamlar shirinlikdan, oq non va xamirli ovqatlardan saqlanib,
insulin olib turishlari kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |