Q on
gruppalari
Qon gruppalari
Eritrositlar
tarkibidagi
agglutinogenlar
Plazm adagi
agglutininlar
KO)
a va P
II (A)
A
P
III (Б)
В
a
IV (АБ)
АБ
Rezus-faktor. Birinchi marta makak-rezus maymun qonida topilgan
bo'lib, eritrositlar tarkibida A va В agglutinogenlardan tashqari a va p
agglutininlar bo'lishi aniqlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Olingan zardobda maymun eritrositlaridan tashqari, o'rtacha 85%
odamlar qonida ham eritrositlar agglutinatsiyasi kuzatilgan, qolgan 15%
odamlar qonida esa
agglutinatsiya bo'lmagan. Odam eritrositlarining
yangi faktori makak-rezus eritrositlariga o'xshash bo'lganidan «rezus-
faktor» (Rh) nomi berilgan. Qonida «rezus-faktor» bo'lgan odamlar «re-
zus-musbat» (Rh+), qonida rezus-faktor bo'lmagan odamlar rezus-manfiy
(Rh ) deb ataladi.
Rezus-agglutinogen eritrositlarda bo'lib, u jinsga va yoshga bog'liq
emas. Rezus-faktor o'ziga tegishli agglutininga ( a va P) ega emasligi
bilan A va В agglutinogenlardan farqlanadi. Takroriy qon quyishlarda
rezus mansublikni hisobga olish kerak. Agar rezus-musbat (Rh+) (rezus-
faktor bo'lmaydigan) donor qoni rezus-manfiy (Rh- ) resipiyentga quyilsa,
resipiyent qonida rezus-faktorga nisbatan maxsus antitelo (antirezus-
agglutininlar) hosil bo'ladi. Natijada rezus konflikt rivojlanadi.
Rezus konflikt donor eritrotsitlarining antirezus-agglutininlari
eritrositlami parchalashi (agglutinatsiya) bilan yakunlanadi. Shuning uchun
qon quyishda oldin donor bilan resipiyent qonining rezus-faktori bir-
biriga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlash zarur. Binobarin rezus-manfiy
(R h ) resipiyentlarga faqat rezus-manfiy qon quyiladi.
Rezus-faktor bo'yicha qonning to'g'ri kelmasligi homilada gemolitik
anemiya (eritrositlar gemolizi natijasida qondagi eritrositlar miqdorining
kamayishi — rezus-faktor qarama-qarshiligi) homilaning bevaqt o'limiga
sabab bo'ladi.
K ISL O R O D T A N Q IS L IG I (G IP O K S IY A )
Organizm to'qimalari tarkibida kislorod yetishmasligi gipoksiya,
odamning bo'g'ilishi asfiksiya deyiladi. Gipoksiya ko'proq balandlikda,
suv ostida, shaxta va yopiq xonalarda hamda havo tarkibida kislorod
miqdori kamayganda kuzatiladi. Bundan tashqari, nafas a’zolari kasalliklari
(shish, yallig‘lanish)da, ko'krak qafasi jarohatlanganda (gidrotoraks,
pnevmotoraksda), kamqonlikda va ko'p qon yo'qotgandan keyin ham
gipoksiya ro 'y beradi. Turli zaharlanishlarda to'qim alar kislorodni
o'zlashtira olmaydi. Bunday sharoitda ham gipoksiya sodir bo'ladi.
Asfiksiyada o'pkada gaz almashinuvi to'xtab, to'qimalarda kislorod
yetishmay, o'rniga to'plangan karbonat angidrid organizmni zaharlaydi.
Asfiksiya o'tkir va surunkali bo'ladi.
O'tkir asfiksiya ko'pincha nafas yo'llarida kislorod yetishmasligidan (odam
cho'kkanda, nafas yo'li biror sabab bilan berkilib qolganda) vujudga keladi.
Asfiksiyada markaziy nerv sistemasi oldin qo'zg'aladi, keyin susayib, falaj-
lanadi. Muskullar bo'shashib, ko'z qorachig'i kengayadi. Nafas to'xtagandan
so'ng yurak 1—2 minut davomida qisqarib turadi. Shuning uchun bo'g'ilganda
yoki suvga cho'kkanda sun’iy nafas oldirishga katta ahamiyat beriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tug'ilish jarayonida kindikning siqilishi, yo'ldoshning ko'chishi yoki
homilaning qon yo'qotishi tug'iladigan bolada asfiksiya keltirib chiqarishi
mumkin.
Surunkali asfiksiya. O'pka shikastlanishi, yallig‘lanishi, sil kasalligida
nafas olish buzilib, odam harsillaydi. Bunday sharoitda organizm
surunkasiga kam kislorod bilan ta’minlanadi.
A N E M IY A
Anemiya (kamqonlik) — qonda eritrositlar soni kamayib, tarkibida
gem oglobin m iqdorining pasayishi. A nem iya qon y o 'q o tish d an
(postgemorragik anemiya), eritrositlarning parchalanishi (gemoliz) dan
(gemolitik anemiya), qon hosil bo'lishining kamayishidan, leykozdan va
o'smalarning metastazidan rivojlanadi. Anemiya sharoitida a’zolar (yurak,
muskul, jigar, buyraklar va boshqalar) oqimtir tusda bo'lib, keyinchalik
ularni yog' bosadi, gemolitik anemiya ko'pincha odam zaharlanganda
kuzatiladi. A’zolar tarkibida biriktiruvchi to'qimaning rivojlanishi ularni
qattiqlashtiradi.
Gipoxrom anemiyada qonda eritrositlarga nisbatan gemoglobin miqdori
ko'payadi va yetilmagan shaklli elementlar (eritrositlar, normoblastlar)
paydo bo'ladi.
Addison-Birmer kasalligi nomli anemiyada eritrositlar, leykositlar
rivojlanishi keskin buzilib, bunda ayniqsa eritrositlar soni 1000000 gacha
va undan ham kamayadi. Qon go'yo suv bilan suyultirilganga o'xshaydi.
Addison-Birmer kasalligining kelib chiqishi aniqlanmagan.
Leykositoz va leykopeniya — qonda leykositlar sonining (normada 1
ml qonda 5000—6000) ko'payib ketishi. Leykositoz ko'p kasalliklar
(yuqumli kasalliklar, bezgak, yiringli kasalliklar, appendisit)da kuzatilib,
qonda yosh leykositlar paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligida, gijjada esa
neytrofillar va ezonofillar soni ortadi. Bezgak va chechak kasalligida
monositlar soni ko'payadi.
Leykositlar sonining kamayishi — leykopeniya qorin tifi, A va В
paratifda kuzatiladi.
Leykoz (oq qon kasalligi) ko'plab yetilmagan qon ishlab chiqaruvchi
to'qimalarning o'sib ketishidan paydo bo'ladi. Bunday to'qimalarning
jadal o'sib ketishi ulaming o'smalar bilan bir qatorda ko'payishiga imkon
beradi. Miyeloid to'qimaning o'sib ketishi miyeloid leykoz, limfatik to'qi
maning o'sishi — limfatik leykoz yoki limfadenoz, retikular to'qim a
ning o'sib ketishi retikuloz deb ataladi.
Leykozda qon ishlab chiqaruvchi to'qimadan qonga ko'plab yetilmagan
hujayralar qo'shiladi. Bunga leykemik (oq qonli) leykoz deyiladi. Ammo
leykositlar soni periferik qonda kamayadi (aleykemiya). Leykozlarning
barcha turlarida ham qon ishlab chiqaruvchi to'qimaning o'sib ketishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
xarakterlidir. Miyeloid leykozda yog‘li ko‘mik qon ishlab chiqaruvchi
to'qima bilan almashinadi. Ekstromedular qon ishlab chiqarish jigarda,
taloqda va limfa tugunlarida rivojlanadi. Leykozda qonda kam miqdorda
yetilgan leykositlar bilan birga juda ko‘p yetilmagan miyelositlar va
miyeloblastlar ham uchraydi.
Leykoz o ‘tkir va surunkali bo'ladi. O 'tkir leykozda qon tarkibi tez
o'zgarib, harorat baland bo'ladi. O 'tkir leykoz organizmning himoya
funksiyasi susayganda halqum, taloq va milklarda bo'lgan gangrenoz
kasalliklarda rivojlanadi. O'tkir leykozli bemorlar ko'pincha qo'shimcha
anemiyadan yoki yuqumli kasalliklardan o'ladi. Ba’zida (davolash tufayli)
o'tkir leykoz surunkali shaklga o'tishi kuzatilgan.
Surunkali leykoz vaqti-vaqti bilan qo'zg'alib, yillab davom etadi.
Surunkali leykozda limfa tugunlari, jigar, ayniqsa, taloq kattalashadi.
Bemorlar ko'pincha qo'shimcha kasallikdan o'ladi. O'tkir va surunkali
leykozlarda o'tkir miyeloid leykemiya (yetilmagan ko'mik to'qimasining
o'sib ketishi) ko'proq uchraydi. Leykoz nur kasalligida ham kuzatiladi.
Q O N A Y L A N IS H IN IN G B U Z IL IS H I
Qon aylanishining tavsifi sog'lom odamda organizm faoliyatiga qarab
o'zgarib turadi. Ammo qon aylanishidagi turli o'zgarishlar ma’lum
chegaragacha kompensator jarayonlar (yurak qisqarishining tezlashishi,
yurak gipertrofiyasi, qon aylanishining tezlashishi) yordamida to'g'rilanib
turadi. Organizmning ayrim qismlari va a’zolaridagi qon aylanishining
buzilishi tom ir anastom ozlari, kollaterallarning qo'shilishi tufayli
kompensatsiya bo'ladi.
Ko'pincha qon aylanishining umumiy yoki mahalliy buzilishlari
organizm faoliyatiga ta’sir etadi. Jumladan, ba’zi kasalliklarda to'qimalarda
qonning ortiqcha to'planishi — giperemiya yoki, aksincha, ularning
qonsizlanishi — anemiya (kamqonlik) kuzatiladi.
Arteriya giperemiyasi qon oqishining kuchayishi natijasida ro'y beradi.
Bunda tomirlarda bosim oshadi, moddalar almashinuvi kuchayib, a’zo
faoliyati zo'rayadi. Natijada qon tarkibidagi kislorod to'qimalarga o'tishga
ulgurmaydi.
Giperemiyada teri va shilliq qavatlar qizarib, puls tezlashadi va harorat
ko'tariladi. Giperemiya nerv sistemasining reflektor ta’siri va allergiyada
ham paydo bo'ladi. Bunda tomirlar tonusining oshishi va diametrining
torayishi kuzatiladi.
Q O N N IN G V E N A D A D IM L A N IB O Q IS H I
Qonning oqib kelishiga nisbatan oqib ketishi qiyinlashganda to'qim a
larda qon to'planib qoladi. Bunda qon to'plangan joy to'q qizil yoki
ko'kimtir ko'rinishda bo'lgani uchun to'laqonlik yoki sianoz (ko'karish)
www.ziyouz.com kutubxonasi
deb ataladi. Mahalliy to‘laqonlik venalarning ezilib (o'smalar, chandiqlar,
tromblar tufayli) qolishidan paydo b o'lsa, umumiy to'laqonlik yurak
faoliyatining buzilishi oqibatida tananing pastki qismida vena qonining
oqishi qiyinlashishidan vujudga keladi.
T o 'la q o n lik d a a’zolar hajmi kattalashadi, kislorod yetishm asligi
moddalar almashinuvini izdan chiqaradi. Mayda venalarda va kapillarlar-
da qon oqishining to'xtashi staz deyiladi. Bunda qon bilan to'lgan kapillar
keskin kengayadi. Stazlar ko'pincha kuyish natijasida kimyoviy moddalar
va mikroblar toksinlarining ta’sirida paydo bo'ladi.
To'qim alarning biror qismida qon miqdorining kamayishi mahalliy
kamqonlik (anemiya) yoki ishemiya deyiladi.
Kamqonlik ko'pincha tomirlarning bosilishi, qon tomirlar devorining
yallig'lanishi va nerv sistemasining ta’sirida qon tomirlarning siqilishi
(spazmi) natijasida yuzaga keladi.
Ishemiyada qonning kamayishi tufayli to'qim a oqaradi, hajmi kichra-
yadi, og'riq (sanchiq) paydo bo'ladi. Sezuvchanlik pasayadi. Ishemiya
turli a ’zolarga turlicha ta ’sir etadi. B a ’zi a ’zolar va to 'q im a la rd a
ishem iyadan s o 'n g patologik o 'z g a rish siz qon aylanishi tiklanadi.
Boshqalarida esa hatto qisqa muddatli ishemiya ham xavflidir. Jumladan,
bosh miya to'qim alari kislorodsiz sharoitga faqat bir necha minutgagina
chidaydi, so'ngra hujayralarda tiklanmaydigan patologik o'zgarishlar paydo
bo'ladi. Ishemiyaga yurak muskuli ham juda sekin sezuvchandir. Bunda
yurak muskuli qisqaruvchanlik xususiyatini yo'qotadi va yurak falaj bo'ladi.
Infarkt — ishemiya oqibatida vujudga kelgan nekroz o'cho g'i. Infarkt
ko'pincha kollateral qon aylanishi yetarli bo'lm agan a’zolar (yurak, bosh
miya, k o 'z to 'r pardasi va b.q.)da b o 'la d i. Infarkt aksariyat
qon
tomirlarining to'satdan siqilishi (spazm), bekilib qolishi (tromb, emboliya)
natijasida ro'y beradi. Ishemiya zonasida to'qim a о ‘lib sarg‘ish-oq rang
tusga kiradi.
Bosh miyada o'lgan to'qim alar yumshaydi. O'pkadagi o'lgan to 'q i
malar zonasiga qon quyilganidan qizil tusga kiradi. Infarkt bo'lgan zona-
dagi o'lgan to'qim alarga granulatsion to'qim a o 'sib kirib chandiq hosil
qiladi. Ba’zida o'lgan to'qim alar mikroblar ta’sirida yiring boylaydi, bo
shqalarida esa infarkt bo'lgan zonadagi o'lgan to'qimalar eriydi. Bu hollarda
bemor ahvoli og'irlashib, o'lim bilan tugashi mumkin.
Tromboz — qonning qon tomirlar ichida ivib qolishidan hosil bo'lgan
qon laxtalari (tromb) tom ir devoriga yopishib normal qon oqishining
buzilishidan paydo bo'ladi. Qon plazmasining ivigan fibrini trom bositlar,
eritrositlar va leykositlardan iborat bo'lib, uning bosh qismi tom ir d e
voriga yopishgan, dum qismi qonda erkin suzadi. Trom blarning dumlari
b a’zida ajralib, qon bilan oqib yurak orqali o 'p k a arteriyasiga o 'tib uni
berkitadi. Bu esa ko'pincha to'satdan yuz beruvchi o'lim bilan tugaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tromblar qon tomirining barcha qismlarida (ko'pincha vena tomirlarida),
hatto yurak bo'shliqlarida ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, qon to
mirlar jarohatlanganda ham tromb hosil bo'lib, shikastlangan joyni berkitadi.
Qonning ivishi bilan bir vaqtda uning fibrinolitik ivishiga qarshi
sistemasi ham bo'ladi. Bu sistemada ko'plab tromblar paydo bo'lishi va
qon aylanishi to'xtab qolishi mumkin. Patologik sharoitlarda, shokda,
o g'ir operatsiyalar va jarohatlarda qonning ivish xususiyati keskin oshadi.
Tromb hosil bo'lishiga geparin (jigar to'qim asidan ajraladi), qondagi
fermentlar (antitrombin, fibrinolizin va kumarin) qarshi ta’sir etadi.
Emboliya qon oqimi bilan kelgan moddalaming qon tomirga tiqilishi-
dan vujudga keladi. Bu modda (embol)lar qattiq, suyuq yoki gazsimon
bo'ladi. Jumladan, yangigina hosil bo'lgan yumshoq tromblardan, odatda,
tromboemboliya hosil bo'ladi. Tromboem boliya arteriyalarda (ko'proq
o'pka arteriyalarida), venalarda bo'ladi.
To'qima emboliya hujayralar to'plam i qon bilan bir a’zodan ikkinchi
a’zoga o'tganda yuzaga keladi. Masalan, o'sm alam ing tomirlarga o 'sib
kiruvchi hujayralari tomirlarda to'xtab, qon oqishini to'xtatadi. O 'sib
kirgan o'sm ada esa yangi tugun — metastazalar paydo bo'ladi. Emboliya
yiringli kasalliklarda ham kuzatiladi.
Havoli emboliya venalarga havo kirganda kuzatiladi. Jumladan, bo'yin
venalarida manfiy bosim bo'lganidan jarohatlanganda havo so'rilib emboliya
bo'lishi mumkin. Shuningdek, venaga ehtiyotsizlik bilan ukol qilib dori
yuborilganda ham havo so'rilishi mumkin. Bunda so'rilgan havo yurak
orqali o'p ka kapillarlariga borib, qon oqishiga to'sqinlik qiladi. Venaga
k o'p havo so'rilsa, ko'pincha shu ondayoq o'lim yuz beradi.
Gazli emboliya suv ostidan tez ko'tarilganda atmosfera bosimi keskin
pasayganda paydo bo'ladi. Bunda qonda erigan gazlar, azotlar gaz holatiga
o'tib mayda pufakchalarni (Kesson kasalligi) hosil qiladi. Bu pufakchalar
miya, o'pka, yurak tomirlarida emboliya hosil qilib, bemoming o'lim iga
sabab bo'ladi. Emboliya yengil bo'lganda bemoming boshi aylanishi (ba’zan
hushdan ketadi), hansirash va muskullaming qattiq og'rishi kuzatiladi.
Gazli emboliyaning oldini olish uchun yuqori bosimdan normaga asta-
sekin o'tish kerak. Bunda qondan gazlar sekin chiqib, emboliya bo'lmaydi.
Embollar ko'pincha qon oqimiga qarab yo'naladi. Bu jarayon, aksariyat,
embollaming og'irligiga bog'liq. Gazli embollar aortadan avvalo miya
qon tomirlariga, ko'proq qon bilan ta’minlanuvchi a’zo (taloq, buyrak)larga
boradi. Venalarda hosil bo'lgan em bollar yurak orqali o'pkaga borib
tiqiladi. Qorin bo'shlig'idagi venalarda paydo bo'lgan embollar jigar tomir
lariga tiqiladi. Shuning uchun m e’da va ichaklarda rivojlangan o'sm alar
jigarga metastaz beradi.
Limfa sistemasidagi embollar, odatda, yaqinda joylashgan limfa tuguniga
borib tutiladi. Xavfli o'sm alar ana shunday yo'l bilan tarqaladi. Qon
sekin oqqan venalardagi og 'ir embollar qon oqishiga teskari yo'naladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qonning umumiy miqdori normal holatda erkaklarda o'rtacha tana
sathining 2,9 //m2ni tashkil etsa, ayollarda 2,5 //m2 ga teng yoki organizm
og'irligining 5— 9% (o'rtacha 7%)ni tashkil etadi. Ammo qonga birorta
suyuqlik yuborilsa, uning umumiy miqdori oshadi, suyuqlikning qondan
to'qim alarga o'tishi ko'payadi yoki qon yo'qotganda aksincha kamayadi.
Qonning umumiy miqdorini qonga turli zararsiz moddalar (kolloid bo'yog'i,
arab yelimi, glukoza yoki uglevod oksidi) yuborib o'lchanadi. Masalan,
qonga yuborilgan 1 g arab yelimi 5— 10 minutdan so'ng qonga tarqalib,
uning (normal holatda) 0,04%ini tashkil etadi. Endi 1 g arab yelimidan
0,04% li suyuqlik tayyorlash uchun 2,5 / kerak bo'ladi. Qon plazmasi-
ning umumiy miqdori ham 2,5 / ni tashkil etadi. Binobarin, shu usul
bilan qonning umumiy miqdorini aniqlash qiyin emas. Qonning umumiy
miqdori turli patologik jarayonlarda o'zgarib turadi. Jumladan, ba’zan
qonning umumiy miqdori oshadi (gipervolemiya).
Gipervolemiya uch turli bo'ladi. Birinchi tur gipervolemiyada qon
plazmasi bilan eritrositlar (jismoniy mehnatda, yuqori haroratli muhit
ta’sirida) nisbati baravar bo'ladi. Ikkinchi tur gipervolemiyada (toqqa
ko'tarilishda, o'pka va yurak kasalligida, havo yetishmaganda) eritrositlar
soni ko'payadi. Uchinchi tur gipervolemiyada esa (buyrak kasalligida,
suv almashinuvi buzilganda) qon plazmasi ko'payadi.
Qon umumiy miqdorining kamayishi — gipovolemiyada, ko'pincha,
eritrositlar soni kamayib, sifati o'zgaradi. Gipovolemiya ham uch turli
bo'ladi. Birinchi turda qon plazmasi va eritrositlar baravar (ko'pincha
k o'p qon yo'qotganda) kamayadi, ikkinchi turda eritrositlar soni kamaysa,
uchinchi turda plazma kamayib, qon quyulgan bo'ladi.
QON OQISHI
Tomirlar jarohatlanganda qon oqishi sodir bo'ladi. Tashqi va ichki
qon oqishi tafovut qilinadi. Ichki qon oqishida qon b o 'sh liq larg a,
to'qim alarga to'plansa, tashqi qon oqishida qon organizmdan tashqariga
chiqadi. To'qim alarga qon quyilganda gematomalar hosil bo'ladi. Ikkinchi
qon quyilish yoki qontalashlar ham kuzatiladi. Masalan, nafas yo'llaridan
qon oqishi (qon tupurish) bachadondan, siydik yo'llaridan qon ketishi.
Plevra, qorin bo'shliqlariga, yurak xaltasi b o 'sh lig 'ig a qon quyilishi
mumkin. Miyaga ham qon quyiladi.
Ja ro h a tla n g a n to m irg a q arab a rte ria l, venoz va k a p illa r yoki
parenximatoz qon oqishlar tafovut etiladi. Shikastlangan a’zolardan esa
aralash (arterial va venoz) qon oqadi. Qon oqishlar tomirlar devorining
yorilishi yoki yemirilishi (jarohatlanishi), shuningdek, tomirlar devorining
ko'zga ko'rinadigan buzilishlarisiz bo'lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tom irlar devorining yorilishi ko'pincha o ‘q-snaryad jarohati, kesi-
lishlar natijasida bo'ladi. Tom irlar devorining yemirilishi yara kasallik
larida (m e’da, ichak yaralari, o 'p k a sili), yiringli jarohatlarda yuzaga
keladi. Ba’zan kapillarlar devorining o'tkazuvchanligi ko'payishi nati
jasida to'qim alarga qon quyiladi. Quyilgan qon asta-sekin parchalanib,
pigment hosil qilib shimiladi. Pigment esa qon quyilgan to'qim ani q o 'n g 'ir
tusga kiritadi. Qon oqishining oqibati qon oqishining tezligi va joyiga
bog'liq. Agar qonning oqish kuchi katta bo'lm asa, tromb hosil bo'lib,
qon oqishi to'xtaydi. Bunga qon bosimining pasayishi, yurak qisqari-
shining kamayishi yordam beradi.
Yirik tomirlardan (aorta va uning yirik shoxlaridan) qon oqishi xavfli
(30% ga yaqin qonni y o 'q o tish o 'lim bilan tugaydi). Bunday qon
yo'qotishda qon bosimi keskin pasayib, qon aylanishi to'xtaydi. Q o'l-
oyoq tomirlaridan 50— 60% qon yo'qotilganda o'lim sodir bo'ladi. K o'p
qon ketib, qon bosimi keskin pasaysa (kollaps) bemor es-hushini yo'qotib,
tomir urishi arang seziladi. Oyoq-qo'llari sovib, muzdek ter bosadi. Qon
oqishi to'xtagandan so'ng tiklanish boshlanadi. Bunda arteriya tomirlari
qisqarib (spazm) bosim ko'tariladi. Venada esa, aksincha, bosim tushib,
qon aylanishini yengillashtiradi. Yurak urishi va nafas olish tezlashib,
to'qim alarga kislorod yetkazib berish yaxshilanadi. Bundan tashqari, jigar
va taloq (qon deposi)dan qon chiqib tom irlardagi qonga qo'shiladi.
To'qimalardagi suyuqliklar (odam organizmida to'qim a suyuqligi qonga
nisbatan 3 marta ortiq) chiqib, qon hajmini oshiradi. Shunday qilib, qon
yo'qotilganda 8 soatdan keyin uning hajmi 50% tiklanadi.
Qon yo'qotishdan keyin qon ishlab chiqarish (ko'm ikda) kuchayadi.
Eritrositlar soni 30— 50 kun o'tgach normaga keladi. Odam ko'plab
qon yo 'q o tg an d a qon o 'rn in i bosadigan suyuqliklar quyib bosim ni
oshiriladi.
IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA
Immunitet — organizmning yuqumli narsalardan yoki yot moddalar-
dan tozalanish faoliyati. Odatda, yuqumli kasallik bilan og'rigan odam
organizmida ana shu kasallikka immunitet paydo bo'lishi sababli ikkinchi
m arta u bu kasallikka chalinmaydi. O lim lar organizm ning ana shu
xususiyatidan foydalanib, kasalliklami paydo qiladigan mikroblarni kuch-
sizlantirib organizmga yuborish bilan uni kasalliklardan saqlab qolganlar.
M a’lum bo'lishicha, har bir organizm o'ziga tushgan yot to'qim a yoki
moddalarni o'zidan ajralgan moddalar bilan yo'qotish xususiyatiga ega.
Masalan, qoplovchi to'qim alar namlanib, o'zidan zaharli moddalar ishlab
chiqarib, organizmni mikroblardan himoya qiladi. Binobarin, immunitet
organizm ni genetik jihatdan barcha yot
narsalardan him oya qilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
sistemasidir. Organizm da yot maxsus immunologik javobni beruvchi
antitelolar rivojlanishini ta’minlovchi modda paydo bo'lganda yot antigen
ular bilan qo'shiladi. Antitelolar organizmda limfa sistemalarida ishlanib,
antigenlami bog'lab zararsizlantiradi.
Antigenlami organizmga turli tirik yoki o'ldirilgan mikroblar, viruslar
va boshqa organizm to'qim alarini yuborish orqali yuzaga chiqariladi.
Ko'pchilik antigenlar oqsillar yoki uglevodlardir. Sun’iy yo'l bilan ham
antigenlar olish mumkin.
Antigen faolligining bu xususiyatlari vaksinalar yaratishda muhim
ahamiyatga egadir.
Fiziologik sharoitlarda organizm o'zining normal to'qim alariga qarshi
antitelolar chiqarmaydi. Ammo o 'z hujayralarida odatdan tashqari yangi
antigen paydo bo'lganda unga qarshi antitelolar ishlab chiqaradi. Xavfli
o'sm alam ing rivojlanishi ana shunday sodir bo'ladi.
Antitelolar — organizmda antigenlar paydo bo'lishiga javoban hosil
bo'ladi. Antitelolar qon plazmasida bo'lib, bunga gumoral antitelolar
deyiladi. Bundan tashqari, limfa sistemasi ham antitelo rivojlanishida
faol qatnashadi. Immun reaksiyalar limfosit pardalaridan paydo bo'lgan
hujayra antitelolari orqali sodir bo'ladi. Bunday antitelolar a’zolarni
ko'chirib o'tkazish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Ammo yot hujayralar
ba’zan gumoral antitelolar (immunglobulinlar) ta’sirida ham halok bo'ladi.
Transplantatsion im m unitet autologik a ’zo yoki to'qim a ko'chirib
o'tkazilgandan so'ng m a’lum vaqtgacha yashashi va ishlashi mumkin.
O 'sha turdagi boshqa organizmdan (gemotologik) yoki boshqa turdagi
organizmdan (geterologik) oldingi a’zo ajralib halok bo'ladi. Bu ko'chish
resipiyent (xo'jayin) bilan transplantant o'rtasidagi immunologik kurash
natijasida yuz beradi. Dastlabki ikki kecha-yu kunduzda gomotransplantatlami
organizm yot sifatida sezmaydi. Keyinchalik esa transplantatda makrofag
paydo bo'ladi. A— 9 kundan so'ng limfoid to'qim alar reaksiyasi boshlanadi.
Shuning uchun a’zo va to'qim alarning transplantatsiyasida resipiyentning
transplantatga nisbatan qarshi immun reaksiyasini yengish uchun turli
choralar ko'riladi. Tolerantlik — ba’zi odamlar organizmining m a’lum
antigenlarga reak siya k o 'rs a ta olm asligid ir. B unday hodisa lim fa
sistemasining shakllanish davrida organizmning o 'z to'qim alariga qarshi
antitelolar ishlab chiqaradigan limfositlar oilasi halok bo'lishidan vujud
ga keladi. Jumladan, limfoid to'qim alar rivojlanish davrida yot antigenlar
kiritilsa, reaksiya qilish xususiyatiga ega bo'lgan limfositlar oilasi halok
bo'ladi-da, organizmda antigenlarga nisbatan tolerantlik vujudga keladi.
Transplantatning «xo'jayinga» qarshi reaksiyasi transplantatsion immu-
nitetga bog'liq. Transplantatni qabul qilgan organizm (resipiyent) ning
immunologik reaksiyasi kuchsiz bo'lsa, ko'chirib o'tkazilgan to'qim alar
www.ziyouz.com kutubxonasi
yashab ketishi, k o ‘payishi va resipiyent to'qim alarga qarshi immunologik
hujumga o'tishi mumkin. Bunday kasallik (transplantatsion) turlicha o'ti-
shi, ba’zan resipiyentni halok qilishi kuzatilgan.
Allergiya organizmning o'zgargan reaktivligi bo'lib, u o'ziga tushgan
b a’zi m oddalarga nisbatan g'ayritab iiy reaksiya bilan javob beradi.
Aholining o'rtacha 10% allergiya bilan og'riydi. Allergiya gipernergiya
(ortiqcha sezuvchanlik) va anergiya (pasaygan sezuvchanlik) turlaridan
iborat. Ortiqcha sezuvchanlik organizm antigen bilan qayta uchrashganda
paydo bo'ladi. Allergiyada isitma bo'lishi yoki eshakyem toshishi, nafas
siqishi hollari kuzatiladi.
Allergiya asosini antiteloning so g 'lo m odam larda reaksiya paydo
qilmaydigan kuchsiz antigen moddalar (allergenlar)ga sezuvchanligi tashkil
etadi. Allergik antitelolar reaginlar deyilib, ular teri va shilliq parda
hujayralari bilan mustahkam bog'lanadi.
Odam birinchi marta allergen bilan to'qnashganda reagin paydo bo'ladi,
lekin u organizmga ta’sir etmaydi. O 'sha allergen bilan ikkinchi marta
to'qnashganda esa reaksiya beradi.
Allergenlarga turli o'tlar, gullar changi, qushlar pati, hayvonlar hidi,
turli bo'yoqlar hidi va b.q. kiradi. Allergen organizmga ko'pincha nafas
yo'Harming shilliq pardasi va teri orqali kiradi.
Yot oqsilning organizmga qayta kirishida vujudga kelgan reaksiyaga
anafilaksiya deyiladi. Anafilaksiya turlicha bo'lib, shok darajasigacha
boradi. Agar anafilaksiya reaksiyasi kuchsiz bo'lsa, qichima paydo bo'lib,
nafas olish, yurak urishi tezlashadi, qon bosim i pasayadi. A llergik
reaksiyalarda hujayralar shikastlanadi, markaziy nerv sistemasi faoliyati
tezda susayib, keskin q o 'z g 'a lis h b o 'lad i. Shuning uchun allergik
reaksiyalarning oldini olish maqsadida zardobning (difteriya va ba’zi
kasalliklarda) asosiy qismini yuborishdan 2— 4 soat oldin uning kichik
dozasi (0,5— 1 mm) yuboriladi. Bunda anafilaksiya bo'lishining oldi olinadi
— desensibilizatsiya bo'ladi. So'ngra zardobning asosiy qismini yuborish
xavfsiz bo'ladi. B a’zan bu usul ham yordam bermay odamlarda reaksiya
yuzaga kelishi mumkin. Organizmning bunday xususiyatlarini shifobaxsh
zardoblar, antibiotiklar yuborishda mutlaqo esdan chiqarmaslik lozim.
Ayrim odamlarda shifobaxsh zardoblar yuborilgandan 8— 14 kun keyin
ham eshakyem toshib, harorati ko'tariladi, yuzi shishadi. Bunga zardob
kasalligi deyiladi. Zardob kasalligining oldini olish maqsadida organizmga
yuboriladigan zardob dozasini asta-sekin ko'paytirib borish yo'lini qo'llash
maqsadga muvofiqdir. Bakteriya tabiatli allergenlar (mikroblar, viruslar
va toksinlar) ham organizmda turlicha reaksiyalar beradi. Bular ko'pincha,
sil, qizilcha, revmatizm kasalliklarida sovqotish yoki qizib ketish, og'riq
paydo bo'lishi kabi turlicha reaksiyalar beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
B a’zi odam larda ayrim d o rilarg a nisbatan ham reak siy a (dori
allergiyasi)bo‘ladi. Bunga ko'pincha zardoblar va antibiotiklar kiradi.
Shuning uchun dorilarni faqat ularning ish latilishiga k o 'rsa tm a lar
bo'lgandagina, bemor m azkur dorini ko'tara olishi aniqlangandagina
qo'llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |