MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI
Moddalar almashinuvi jarayoni tirik odamga xos xususiyat bo'lib,
organizm tinmay kislorod, oqsillar, yog'lar va uglevodlar, vitaminlar,
tuzlar va suv qabul qilishi shart. Qabul qilingan moddalar tarkibiy qismga
aylanadi, ya’ni assimilatsiya bo'ladi. Assimilatsiya jarayonida vujudga
kelgan keraksiz moddalar (dissim ilatsiya) organizmdan tashqariga
chiqiriladi. Dissimilatsiya jarayonida (oksidlanish) 1 g yog'dan 9,3 kkal,
1 g oqsildan 4,1 kkal va 1 g uglevoddan ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi.
Bunga yonish issiqligi deb ataladi. Organizmda hosil bo'lgan issiqlikning
bu qismi to'qimalarning ishlash jarayonida ferment va gormon ajralishiga
sarflanadi.
Binobarin, organizmdagi assimilatsiya va dissimilatsiya majmuasi
moddalar almashinuvi hisoblanadi.
Asosiy almashinuv. Odamda umumiy almashinuv asosiy almashinuv
bilan ichki qo'shimcha almashinuvdan iborat. Asosiy almashinuv odam
ovqat yeganidan 12— 14 soat o'tgach (nahorda) muskullami bo'shashti-
rib, 18—22° С li xonada harakatsiz yotganda bir kecha-kunduzda sarf
bo'ladigan energiya bilan o'lchanadi.
Ayni vaqtda asosiy almashinuv quvvati odamda o'rta hisobda 1600
kkal ga teng bo'lib, u organizm hayot faoliyatiga, uning ishlashiga va
gavda haroratining bir me’yorda saqlanib turishiga sarf qininadi.
Asosiy almashinuv kuchi odamning yoshiga, bo'yiga, gavda vazni va
jinsiga bog'liq. Bo'yi, vazni teng bo'lgan erkaklarga nisbatan ayollarda
asosiy almashinuv qariyb 10 foiz kam bo'ladi. Bu almashinuv keksalik
davrida kamayadi, bolalarda esa kattalarga nisbatan ko'proq
bo'ladi.
Asosiy almashinuv ba’zi kasalliklarda o'zgaradi, shu jumladan gipofiz
kasalligida kamayib, gavdani yog' bosadi, qalqonsimon bez kasalligida
aksincha, 150 foizga ko'payadi. Shunda odam ovqat yegani bilan ozaveradi.
Kasalxona sharoitida asosiy almashinuvni aniqlash uchun Krog usulidan
foydalaniladi. Jumladan, odam 1 / kislorod sarflaganda, 4,8 kkal issiqlik
ajraladi. Shundan kelib chiqib kislorodning kaloriya koeffitsiyentini,
bemoming sarflagan kislorod hajmiga ko'paytirib, istagan vaqtdagi (bir
minut, bir soat va h.k.) energiya sarfini hisoblab chiqish oson.
Odam tinch holatdagiga nisbatan ishlagan vaqtida energiya sarfi (ish
qo'shimchasi) ortadi. Muskullaming ishlash qobiliyatiga qarab, qo'shimcha
ish
ham o'zgaradi. Muskullar zo'r ishlaganda qo'shimcha ish ham
ko'payadi. Aqliy mehnatda esa energiya sarfi unchalik oshmaydi. Jumladan,
jismoniy mehnat qilganda va sportchilarda 4000 — 7000 kkal energiya
sarflansa, aqliy mehnatda atigi 3000 kkal energiya sarf bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Moddalar almashinuvi. Odam qabul qiladigan barcha moddalar moddalar
kirimini tashkil qiladi. Bu moddalar organizmda parchalanib, hujayralardagi
dissimilatsiya natijasida hosil bo'lgan oxirgi chiqindi mahsulot suv va
tuzlar bilan birga (karbonat angidrid va suv) o'pka orqali, ko'pchiligi
(mochevina, azot kislota va boshqalar) buyrak orqali chiqib ketadi.
Organizmdan chiqib ketadigan moddalar — moddalar chiqimi hisoblanadi.
Shunday qilib, organizm qabul qilgan moddalar bilan undan chiqib ketgan
moddalar miqdoriga nisbati moddalar almashinuvi balansi bo'ladi. Orga
nizmning oziq moddalarga ehtiyojini aniqlash uchun asosiy almashinuvi
o'rganiladi. Bu katta ahamiyatga ega bo'lib, odamlar ishlayotganida, dam
olayotganida va bolalar bog'chada bo'lgan vaqtida ularga zarur bo'lgan
mahsulotlarni aniqlash imkonini beradi. Moddalar almashinuvi yoshga va
organizmning holatiga qarab o'zgaradi. Jumladan, keksalarda uzoq cho'zil-
gan kasallik vaqtida moddalar almashinuvi balansi manfiy bo'ladi. Bu
vaqtda organizm qabul qilgan ovqatga nisbatan ko'proq moddalar parcha-
lanadi. Katta yoshli odamlarda moddalar va energiya iste’moli bilan sarfi,
gavda og'irligi uzoq vaqt bir xil saqlanadi. Bola o'sayotgan davrda gavda
og'irligi ortib borishi sababli moddalar almashinuvi balansi musbat bo'ladi.
OQSILLAR ALMASHINUVI
Oqsillar 20 ta turli aminokislotalardan tashkil topgan murakkab
moddalardir. Odatda, oddiy va murakkab oqsillar tafovut etiladi. Oddiy
oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan bo'lsa, murakkab oqsillar tarki
bida aminokislotalardan tashqari yog'lar, uglevodlar va nuklein kislotalar
bo'ladi. Aminokislotalar almashtirib bo'lmaydigan va almashtirsa bo'ladigan
guruhlardan iboratdir. Almashtirib bo'lmaydigan o'nta aminokislota (ar-
ginin, leysin, lizin, triptofan va h.k.) organizmda sintezlanmaydi. Shuning
uchun bunday aminokislotalar ovqat tarkibida bo'lishi shart. Almashtirsa
bo'ladigan o'nta aminokislota (glikokol, alanin, sistein va h.k.) esa
organizmda sintezlanishi mumkin.
Organizmda barcha aminokislotalar muayyan va kerakli miqdorda
bo'lishi lozim. Organizmda aminokislotalardan biri yetishmay qolsa, unda
muayyan oqsil sintezlanmay turli kasalliklar kelib chiqadi. Shuning uchun
organizmga yetishmaydigan aminokislotalarni ovqat bilan iste’mol qilin-
sa, organizm normal holda o'sadi. G o'sht, tuxum va sut tarkibida
aminokislotalarga boy oqsillar bo'lib, o'simliklar tarkibida esa ular kamroq
bo'ladi. Oqsillar hujayralaming tarkibiy qismi bo'lib, odatda, ulardagi
kimyoviy reaksiyalami tezlashtirishda muhim vazifani bajaradi, organizmda
esa ko'pchilik funksiyalami ta’minlashda faol qatnashadi. Jumladan qon
gemoglobin oqsili 0 2 va C 0 2 larni tashisa, fibrinogen qonni ivitadi.
Nukleoproteidlar irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishida qatnashadi.
Bir kecha-kunduz ovqat iste’mol qilmagan odamda o'rtacha 20— 30 g
oqsil parchalanib, undan o'rtacha 3,7 g azot ajraladi. Oqsilli ovqat iste’mol
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiladigan odamlarda esa azot miqdori birmuncha oshiq (100 g oqsilda
16 g azot) bo'ladi. Oqsil yog'lar va uglevodlarga o'xshab organizmda
zaxira bo'lib to'planmaydi, balki organizmga qancha oqsil kirsa, shuncha
parchalanadi, o'zlashtirilmay qolgan oqsillar qismi esa axlat bilan tashqariga
chiqib ketadi. Shuning uchun organizm qabul qilgan oqsil bilan sarflangan
oqsil miqdorini aniqlash orqali organizmning oqsillarga bo'lgan ehtiyojini
bilish mumkin. Bulardan tashqari, organizmda parchalangan oqsil miqdorini
siydik tarkibidagi azot miqdoriga qarab aniqlanadi. Odatda, 6,25 g oqsil
tarkibida 1 g azot bo'ladi. Buning uchun siydik tarkibidagi azot miqdori
ni 6,25 ga ko'paytirilsa, organizmda sarf bo'lgan oqsil miqdori kelib
chiqadi. Organizmda o'zlashtirilgan oqsil miqdori parchalangan oqsil miq
doriga teng bo'lsa, normal holat yoki azot muvozanati hisoblanadi. Azot
muvozanati uchun organizmda o'rtacha 60— 70 g oqsil bo'lishi lozim.
Lekin bunday holat odamning ish faoliyatini ta’minlay olmaydi. Binoba
rin, odamga bir kecha-kunduzda o'rtacha 100 g oqsil kerak bo'ladi.
Normal oqsil almashinuvi muvozanatini ovqatdagi azot miqdoridan na-
jasdagi azot miqdori olib tashlangandan so'ng qolgan azot siydikdagi azot
miqdoriga teng bo'lishi bilan aniqlanadi.
Oqsilga bo'lgan ehtiyoj emadigan bolalarda 1 kilogramm gavda og'irli-
giga 3,0— 3,5 g, 8— 10 yashar bolalarda 2,3 g bo'lsa, katta yoshli odam
larda 1,5 g. Oqsilga bo'lgan ehtiyoj kasbga qarab o'zgaradi. Homilador
lik davrida, og'ir kasallikdan tuzala boshlagan vaqtda esa oshib boradi.
O q s i l l a r a l m a s h i n u v i n i n g b u z i l i s h i . Kasallikda oqsil
sintezi va parchalanishi o'zgarib, sog'lom organizmga xos bo'lmagan
yangi oqsillar paydo bo'ladi. Oqsillar almashinuvidagi o'zgarishlami azot
balansini o'rganish yo'li bilan aniqlash mumkin. Buni organizmga ovqat
bilan kirgan va chiqqan azot miqdorini solishtirish orqali aniqlanadi.
Odatda, normal odamda organizmga kirgan va chiqqan azot miqdori
(azot muvozanati) bir xil. Ko'p kasalliklarda (isitma, qon yo'qotish, xavfli
o'smalar va turli zaharlanishlarda) esa azot miqdorini organizm vaqtincha
kamaytirib, yo'qotgan azot o'mini to'ldiradi va azot muvozanati vujud
ga keladi. Qondagi qoldiq azotni o'rganib, uning muvozanatini aniqlash
mumkin. Qoldiq azot mochevinadan tashqari siydik kislotasi, kreatinlarda
ham bo'ladi. Oqsillar almashinuvining buzilishi to'qimalar va ular hujay
ralarining struktur o'zgarishi (oqsilli distrofiya)ga olib keladi. Oqsilli
distrofiyalar turlicha bo'ladi.
Hujayra disproteinozlari, ya’ni hujayralardagi oqsilning normaga
nisbatan morfologik va fizik-kimyoviy tuzilishi o'zgargan bo'ladi. Bular
donali va gidrolik distrofiyalardir.
Donali distrofiyada hujayralar bo'kkan ko'rinishda bo'lib, protoplaz-
masida qo'pol donalar paydo bo'ladi. Mitoxondriyalarda esa bo'kish va
vakuolizatsiyalar kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Donali distrofiyalar buyrakning spiralsimon kanalchalarida, jigar
hujayralari va yurak muskullarida uchraydi. Bunda a’zolar hajmi kattalashib,
bo‘shashgan bo'ladi. Kesmasi kulrangnamo, bo'kkan ko'rinishda bo'ladi.
Donali distrofiya oksidlanish jarayonining susayishi orqali karbonat va
sut kislotalarining to'planishi hamda kislorod almashinuvining buzilishi
oqibatida paydo bo'ladi.
Donali distrofiya yurak muskullarining qisqarish qobiliyatini pasaytiradi,
parenximatoz a’zolar funksiyasini susaytiradi, buyrakning siydik ajratish
jarayonini buzib, siydikda oqsil paydo qiladi. Donali distrofiyada a’zolar
normal holga keladi, ba’zida esa hujayralar halok bo'lib, a’zolar faoliyati
og'ir buziladi.
Gidrolik distrofiya turli intoksikatsiyalar, yuqumli kasalliklar, a’zolar
shishida oqsil hamda suv almashinuvining buzilishi orqali paydo bo'ladi.
Bunda hujayra protoplazmasida oqsillar konsentratsiyasiga bog'liq bo-
simning o'zgarishi suv tutuvchi vakuollarni paydo qiladi. Gidrolik
distrofiyada ko'pincha hujayralar halok bo'ladi.
UGLEVODLAR ALMASHINUVI
Uglevodlar oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy uglevodlar monosaxa-
ridlar: glukoza, fruktoza, galaktozalar bo'lib, suvda oson eriydi va ichakdan
tezda shimilib, qonga o'tadi. Murakkab uglevodlar (disaxarid va polisa-
xaridlar), asosan, ovqatlar tarkibida bo'ladi. Sut, lavlagi, solod qandi
kabilar disaxaridlar bo'lib, suvda oson erisa ham deyarli so'rilmaydi.
Glikogen va kraxmallar polisaxaridlar bo'lib, suvda eriydi va so'rilmaydi.
Polisaxaridlar ichakda disaxaridlarga, so'ngra monosaxaridlarga parcha-
lanadi.
Uglevodlar organizmga non, sabzavot va mevalar bilan kiradi.
Organizmdagi ortiqcha uglevodlar yog'larga aylanib, teri ostida, charvida
va boshqa joylarda to'planadi. Qonda uglevodlar o'rtacha 80— 120 mg%
miqdordagi glukoza holatida bo'ladi, ortiqchasi esa muskullarda, jigarda
glikogen holatida saqlanib, organizmga kerak bo'lgan vaqtda (och ishla-
ganda) glikogen parchalanib, glukozaga aylanib qonga shimilib, undagi
glukoza miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Agar qonda glukoza miqdori
80 mg% dan kamaysa, gipoglikemiya deyiladi. Bunda nerv hujayralarining
funksional holati buziladi. Odam darmoni qurib, ochlikni sezadi. Uzoq
davom etgan gipoglikemiya odam o'limiga sabab bo'ladi. Odam ko'proq
shirinlik qabul qilgan
vaqtda qonda glukoza miqdori 120 mg% dan
oshib, giperglikemiya kuzatiladi. Qondagi ortiqcha glukoza buyraklar
orqali siydik bilan ajraladi. Glukozaning siydik bilan chiqishi surunkasiga
davom etsa, unda diabet (qand kasalligi) paydo bo'ladi. Odatda, ichakdan
so'rilgan glukoza me’da osti bezining insulin gormoni ta’sirida gliko
genga aylanib, jigarda to'planadi. Agar insulin ajralish vaqti kechiksa
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki uning miqdori kamaysa, qondagi glukozaning glikogenga aylanish
jarayoni buzilib, glukoza siydik orqali tashqariga chiqadi. Natijada
zaxiradagi glikogen organizmda normadan asta-sekin kamayadi. Shuning
uchun qand kasalligida organizmdagi glikogen miqdorini bir me’yorda
saqlash uchun insulin ukol qilinadi. Organizmdagi glukoza va glikogen
miqdorini hamda ularning parchalanish jarayonlarini nerv sistemasi
boshqaradi. Simpatik nerv sistemasi ta’sirida adrenalin gormoni (buyrak
usti bezining miya qavatidan) ko‘p ajralib (insulinga qarama-qarshi ta’sir
ko'rsatib), glikogenning glukozaga aylanishini va ulaming hujayralarda
parchalanishini tezlatadi. Adrenalin gormonidan tashqari qalqonsimon bez,
miyaning pastki ortig'i (gipofiz) gormonlari ham uglevodlar almashinu-
vida qatnashadi.
Y O G 'L A R (L IP ID L A R ) A L M A S H IN U V I
Yog'lar organizmda energiya rolini bajaradi va energetik mablag'
tariqasida ishtirok etadi. 1 g yog' oksidlanib, uglevod oqsilining 1 g
oksidlanishiga nisbatan 2,0— 2,2 barobar ortiq (9,3 kkal) issiqlik chiqaradi.
Lipidlar glitserin bilan yog' kislotalaridan tashkil topgan neytral yog'lar-
dan iborat murakkab organik moddalar va fizik-kimyoviy xossalari bilan
shu moddalarga yaqin turadigan lipoidlar (litsetin va xolesterin) dir.
Lipoidlar tarkibiga ko'p atomli spirtlar, fosfat kislotalar va azotli birikmalar
ham kiradi. Lipidlar almashinuvi oqsillar va uglevodlar almashinuvi bilan
bog'liq. Jumladan, oqsillar bilan uglevodlaming ortiqchasi organizmda
yog'larga aylanadi.
Yog'laming ortiqchasi esa gavda og'irligining 10% dan 30% gacha
(moddalar almashinuvi buzilganda bundan ham oshadi) zaxira yog' sifa
tida saqlanadi. Yog'lar almashinuvi jarayoni nerv sistemasi va ichki
sekretsiya bezlari (miyaning pastki ortig'i, buyrak usti, qalqonsimon bez,
jinsiy bezlar gormonlari) tomonidan idora qilinadi.
Yog' miqdorining buzilishi ko'pincha yetarli ovqatlanmaslik, me’da
osti bezi, jigaming o 't ajratish faoliyati buzilishi orqali ingichka ichakda
yog' so'rilishi xususiyatining pasayishi natijasida paydo bo'ladi.
Odam yetarli ovqatlanmaganida yoki organizm haddan tashqari ko'p
energiya sarflaganda depodagi yog'lar sarflanadi. Odam qoq suyak bo'lib
ozib ketganda ham organizmdagi yog' butunlay sarflanmaydi. Ba’zi
kasalliklarda moddalar almashinuvining kuchayishi, qalqonsimon bez
giperfunksiyasi ham yog'laming parchalanish jarayonini kuchaytiradi.
Odamning ovqat bilan ko'p miqdorda yog' iste’mol qilishi qonda
yog'ning ko'payib ketishi (giperlipemiya)ga olib keladi. Natijada yog'ning
qondan to'qimaga o'tishi sustlashadi.
To'qimada yog' miqdorining buzilishi yog' deposi (to'planadigan joy-
lari)da uning miqdorining kamayishi (yog' distrofiyasi) yoki ko'payishi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga sabab bo'ladi. Yog' miqdorining mahalliy ko'payishi odatda a’zo yoki
to'qima atrofida sodir bo'ladi. Odatda, ko'p ovqat iste’mol qilinib, kam
energiya sarflash, ovqatdan oldin ichimlik (ishtahani ochish uchun) ichish
umumiy semirishga, ya’ni yog' depolarida yog'ning ko'proq to'planishi-
ga olib keladi. Bulardan tashqari, ichki sekretsiya bezlari (jinsiy bezlar,
gipofiz va qalqonsimon bezlar) funksiyasining izdan chiqishi ham
yog'larning to'planishiga sabab bo'ladi.
Yurakni yog' bosganda, yog' faqat a’zolaming atrofidagina emas,
uning muskul tolasi oralig'ida ham to'planadi.
Yog' distrofiyasi yurak muskuli, jigar, buyraklar, kamroq boshqa
a’zolarda kuzatiladi. Yog' to'planishining boshlanishida jigar, buyrak
funksiyalari saqlansa-da, keyinchalik buzilishi natijasida ularning hajmlari
kattalashadi.
Organizmda yog' distrofiyasi ko'proq alkogolizmda, yuqumli kasal-
liklarda, zaharli moddalar ta’sirida, gipoksiyada kuzatiladi. Y og'
distrofiyasida a’zolar funksiyasi buziladi. Xolesterin almashinuvining
buzilishi yog' almashinuvining buzilishi bilan bog'liq bo'lib, qon tomirlar
devorida xolesterin to'planib, biriktiruvchi to'qimalar rivojlanadi. Natija
da qon tomirlar devori qalinlashib (ateroskleroz), qon aylanishi buziladi.
Xolesterin miqdorining organizmda ko'payishiga uni ko'plab ovqat bilan
(xolesterin tuxum sarig'i, jigar va go'shtda ko'proq bo'ladi) iste’mol
qilish sabab bo'ladi.
SU V V A M IN E R A L T U Z L A R A L M A S H IN U V I
Odam organizmining 2/3 qismini suv tashkil qiladi. Suv hujayralararo
bo'shliqlarda, hujayralaming tarkibiy qismida bo'ladi, shuningdek qon va
limfaning suyuq qismini tashkil etadi. Suv organizmda moddalaming
parchalanishi (oksidlanish) jarayonida hosil bo'ladi. Bulardan tashqari,
suv organizmga qabul qilingan suyuqliklar va ovqatlar orqali ham kiradi.
Shu bilan birga organizmdan bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5— 2,0 /
suyuqlik (buyrak orqali 500— 800 ml, nafas yo'lidan chiqarilgan havo
bilan 500—600 ml, ter bilan 500— 600 ml) tashqariga chiqadi. Organizmda
suv va mineral tuzlar hamisha bir xilda bo'lishi zarur, chunki u
organizmdagi ko'pchilik moddalaming erishi uchun keraklidir. Organizmda
suv miqdori kamaysa, qon suyuqlashadi, yurak urishi tezlashadi, og'iz
quriydi. Chidab bo'lmas darajada chanqash kuzatiladi. Odam suyuqlikni
kam qabul qilsa, to'qimalar hujayrasidagi suyuq muhit yangilanmaydi.
Natijada moddalar almashinuvida hosil bo'lgan chiqindilar tashqariga chi-
qarilmaydi, organizm zaharlanib o'ladi. Aksincha, to'qimalarda suv to'plan-
sa, shish paydo bo'ladi. Bunda to'qimalar hajmi kattalashib bo'shashadi.
Barmoq bilan bosilganda hosil bo'lgan chuqurcha uzoq saqlanadi. Shish-
gan to'qima hujayralari oralig'idagi suyuqliklar ular oralig'ini kattalashtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu bilan birga organizm bo‘shliqlarida ham suyuqlik to'planishi (istisqo)
kuzatiladi. To'qima va organizm bo'shliqlarida suyuqlik to'planishiga
transsudat deyiladi. Suyuqlikning to'plangan joyiga qarab turlicha nom
bilan ataladi: qorin bo'shlig'ida suyuqlik to'plansa, istisqo — assit, plevra
bo'shlig'idagini — gidrotoraks, yurak parda bo'shlig'idagini — gidrope-
rikard, miya bo'shlig'i oralig'idagini — gidrosefaliya va tuxumning qin
parda bo'shlig'idagini gidrosele deb ataladi. Shishlar va istisqolar ko'pincha
yurak faoliyatining susayishi, qon aylanishining sekinlashishi va venoz
kapillyarlardagi bosimning ortishi tufayli paydo bo'ladi. O 'ta ochlik,
og'ir kasalliklar, buyraklar faoliyatining buzilishi, zaharli moddalar
ta’siri va turli shikastlanishlar ham shishlar paydo bo'lishiga olib
keladi. Odatda, organizmga suv va ovqatlar bilan 15 ga yaqin turli
kimyoviy elementlar kiradi. Jumladan: osh tuzi — 10 g, kaliy — 1 g,
magniy 1,5 g, fosfor — 0,8 g, temir — 0,001 g, kalsiy — 0,012 g va
juda kam miqdorda mis (0,0003 g), marganes va yod (0,0003 g) va
boshqalar. Bu elementlar turli to'qimalarda turlicha tarqalgan. Masalan,
qon gemoglobinida temir, suyaklar tarkibida kalsiy va fosfor, qalqon
simon bez hujayralarida yod ko'proq bo'ladi. Organizmda kimyoviy
elem entlar miqdori doimo bir xil bo 'lish i kerak. Shuning uchun
organizmga qancha miqdorda mineral moddalar kirsa, shuncha miqdorda
tashqariga chiqib turadi. Organizmdagi suyuqlik tarkibida 0,9— 1,0%
osh tuzi eritmasi bo'lib, ular ko'p miqdorda hazm shiralari ishlab
chiqarilishiga ta’sir qiladi. Q o'zg'alish, tormozlanish va muskullarning
qisqarishida muhim rol o'ynaydi. Mineral moddalar almashinuvining
buzilishi k o 'p ro q qalqonsim on bez orqa tanalari funksiyasining
o'zgarishida kuzatiladi.
Osh tuzi organizmdagi osmatik bosimni bir xilda saqlab turadi.
Surunkasiga ovqat tarkibida osh tuzi bo'lmasa, bu odamni o'limga olib
keladi. Organizmdagi osh tuzi miqdorini bir me’yorda saqlashda buyraklar
muhim rol o'ynaydi. Yuqorida keltirilgan elementlardan tashqari, organizm
juda kam miqdorda zarur bo'lgan elementlar (bularga mikroelementlar
deyiladi) ham qabul qiladi. Anemiya bo'lmaslik uchun kobalt (vitamin
B |2 tarkibida bo'ladi), tishlarning mustahkamligini saqlash uchun ftor va
qonda karbonat angidrid gazini biriktirish uchun rux (karboangidraza
fermenti tarkibida bo'ladi) qabul qilinadi.
Ovqat miqdori va tarkibi odam ehtiyojini qondirishi, salomatligi va
ish qobiliyatini saqlashi, bolalarning to'g'ri o'sishini ta’minlaydigan bo'lishi
kerak. Jumladan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanmaydigan odamlarga
bir kecha-kunduzda o'rtacha 3000 kkal kerak bo'lib, buning uchun 100 g
oqsil, 90 g yog' va 400 g uglevod, mineral tuzlar, vitaminlar, osh tuzi va
suv qabul qilish kerak. Jismoniy mehnat qilganda iste’mol qilinadigan
ovqat tarkibida oqsil, yog', uglevod va boshqalar ko'proq bo'lishi zarur.
Bordi-yu, ovqat tarkibida (ishlovchilarda) oqsil 200 g dan, yog' esa 150
www.ziyouz.com kutubxonasi
g dan oshib ketsa, ovqat hazm bo'lishi buziladi. Og'ir jismoniy ish ja
rayonida esa uglevodlar miqdorini oshirish, aksincha ozish uchun uning
miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi.
IS SIQ L IK N IN G ID O R A E T IL ISH I
Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida issiqlik ajraladi. Uning
bir qismi tashqi muhitga chiqadi. Organizmda issiqlik — harorat bir
me’yorda saqlanishi uchun odam tanasidagi issiqlik bilan tashqariga
ajraladigan issiqlik teng bo'lib turishi kerak. Odamda asosiy issiqlik mus
kullar qisqarishidan hosil bo'lib, faol ishlagan vaqtda issiqlik ajralishi
ko'payadi. Issiqlik muskullardan tashqari, ichki a’zolarda (ko'proq jigarda)
moddalar almashinuvi jarayonida ham hosil bo'ladi. Odam issiqlikni teri,
o'pka orqali va siydik, axlat bilan birga tashqariga chiqaradi. Atrof-muhit
harorati o'zgarib turishiga qaramasdan, organizm o'z haroratini nerv va
qon orqali doimiy bir me’yorda saqlab turadi. Jumladan, atrof-muhitda
harorat ko'tarilganda terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) qo'zg'alib,
bosh miyadagi haroratni boshqaruvchi markazga boradi, undan harakat
nervlari orqali muskullarga, so'ng teriga keladi. Muskullar bo'shashadi,
moddalar almashinuvi jarayoni pasayadi, teri qon tomirlari kengayib,
issiqlik ajratadi, hatto teridan ter chiqib, badanni sovitib turadi. Aksincha,
atrof-muhit harorati pasayganda retseptorlar ta’sirida muskullar qisqara
di, teri qon tomirlari torayadi, tonus oshib, «titrash» paydo bo'ladi, mod
dalar almashinuvi jarayoni tezlashadi. Natijada teridan issiqlik kamroq
ajralib, gavdada ko'proq issiqlik saqlanadi. Organizmda harorat bir xilda
saqlanishi uchun ichki sekretsiya bezlari faol qatnashadi. Odam harorati
o'rtacha 36— 37° gacha (qo'ltiqdan o'lchanadi) bo'lib, bir kecha-kunduzda
1° atrofida o'zgarib turadi. Chaqaloqlarda haroratni to 'g 'ri ichakdan
o'lchanadi. Odam organizmida harorat ko'tarilgan vaqtda yurak urishi
tezlashadi, qon bosimi oshib, bosh og'riydi. Odam harorati 39— 40° dan
yuqori ko'tarilganda alahsiraydi, harorati 43° bo'lganda moddalar
almashinuvi jarayoni buzilib, o'lib qoladi.
Odam harakatsiz paytida gavda haroratini saqlash uchun bir kecha-
kunduzda o'rtacha 2000 kaloriya yetarli bo'lsa, mehnat qilganda, yugur-
ganda issiqlikka bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kerakli issiqlik moddalar
almashinuvining kuchayishi tufayli ta’minlanadi. Termoregulatsiya nerv
sistemasi va endokrin bezlar (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, gipo-
fiz) ishtirokida bajariladi.
Organizmning issiqlik regulatsiyasi sovqotganda yoki isitmada buziladi.
S o v q o t i s h . Gavda haroratining pasayishi (gipotermiya) organizmga
past harorat ta’sir qilganda kuzatiladi. Tashqi muhit harorati odam
haroratidan 10— 15°C kamayganda sovqotish seziladi.
Zax havoda organizmdan issiqlik ajralishi kuchayib, odam tez sovqotadi.
Qariyalar va yosh bolalar sovuqqa sezgir bo'ladilar. Ochlik, kasal bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
vaqtda qon aylanishi pasayadi, yengil kiyingan va harakatsiz turgan odamlar
atrof-muhit harorati pasayishidan kuchli ta’sirlanadilar. Sovqotish odam
gavdasining periferik tomirlari torayib, issiqlik berishning kamayishidan
boshlanadi. Ayni vaqtda organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayadi.
Bunga qon bosimining ko'tarilishi va muskullarda issiqlik hosil bo'lishini
kuchaytiradigan qaltirash yordam beradi. Odam uzoq vaqt sovqotganda
uning issiqlik yo'qotishi kuchayadi, kislorod ko'plab sarflanib, kislorod
tanqisligi paydo bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi tormozlanadi. Periferik
tomirlar kengayib, issiqlik berish kuchayadi, gavda harorati esa asta-
sekin pasayadi. Bu holatda moddalar almashinuvi sustlashib, qon bosimi
pasayadi. Funksiyalar zaiflashib, odam o'zini charchagan sezadi. Sovqotish
davom etib, gavda harorati 23—24°C gacha pasaysa, nafas olish to'xtab,
o'lim sodir bo'ladi.
Q i z i s h odam uzoq vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'lganda (saraton-
da va issiq sexlarda ishlaganda, jismoniy mehnat qilganda) ro'y beradi.
Bundan tashqari, qizish bulutli issiq kunlarda, nam havoda (shamol esganda)
ham kuzatiladi. Aksincha, kuchli terlaganda odam 50—60°C issiqlikka
ham chidashi mumkin. Lekin ko'p terlaganda ter bilan ko'plab tuz yo'qo-
tadi. Bu esa qonda tuz kamayishiga, noxush holatlarga sabab bo'ladi.
Qizish moddalar almashinuvining kuchayishi va gavda haroratining
ko'tarilishi bilan boshlanadi. Keyinchalik reflekslar yo'qolib, yurak faoliyati
susayib, talvasa tutadi.
I s s i q u r i s h i qizishning birdan boshlanish turidir. Bunda odam
kuchli hansiraydi, yurak tez uradi, qayt qilib, talvasa tutadi, oxiri hushdan
ketadi. Issiq urishida organizmning issiqlik ajratishi qiyinlashib, gavda
harorati 42— 48°C gacha ko'tariladi. Issiq urishi ko'pincha o'lim bilan
tugaydi.
O f t o b u r i s h i
quyosh nurlaii bosliga kuchli ta’sir etganda ro'y
beradi. Bunda bosh qizib, miya tomirlari kengayib, qon aylanishi buziladi.
Natijada, miyada va uning pardalarida nuqtasimon qon quyilishlar paydo
bo'ladi. Bosh miya kuchli qo'zg'alib, odam ruhiyatida o'zgarish kuzatiladi,
talvasa tutadi.
I s i t m a . Ko'pchilik, ayniqsa yuqumli kasalliklarda gavda harorati
ning ko'tarilishi kuzatiladi. Bunga isitma deyiladi.
Isitmada moddalar almashinuvi, yurak-tomir va nafas sistemasi faoliyati
buziladi.
Bunda atrof-muhit harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, gavda harorati
bir xil saqlanadi. Masalan, ich terlama kasalligi kuchaygan paytda gavda
harorati 40°C dan tushmaydi. Isitma ko'pincha nerv va endokrin
sistemalarining buzilishiga bog'liq bo'lib, odam qizish va sovishga moyil
bo'ladi.
Isitma aksariyat yuqumli kasalliklarda mikroblarning toksinlari va
to'qimalarning parchalanish mahsulotlari ta’sirida yuzaga chiqadi. Bulardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashqari, organizmga yot oqsillar tushganda, bosh miya lat yeganda, yiringli
yaralarda va ba’zi dorilar ta’sirida ham isitma kuzatiladi.
Isitmada organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayib, issiqlik berish
esa kamayadi. Isitma sabablari bartaraf qilinmaguncha organizm normal
holatga qaytmaydi. Isitmada uch bosqich tafovut qilinadi.
1. Haroratning ko'tarilish bosqichi qisqa (2— 3 kun) bo'lib, terining
qon tomirlari qisqarib, issiqlik ishlash kuchayadi, issiqlik chiqarish esa
kamayib, organizmda issiqlik to'planadi, gavda isib ketadi. Tomirlaming
qisqarishi bemomi qaltiratadi. Qaltirash kuchaygan sari muskullar titraydi.
2. Ikkinchi bosqichda harorat ko'tarilishi turg'un bo'ladi. Issiqlik hosil
bo'lishi bilan issiqlik berish baravarlashadi. Moddalar almashinuvi kuchayib,
siydik bilan chiqadigan azot (oqsilning parchalanish mahsuloti) ko'payib,
bemor ahvoli og'irlashadi.
Suv va tuzning organizmda ko'plab tutilishi natijasida siydik kam
ajraladi.
3. Uchinchi bosqichda harorat pasayib, qon tomirlar kengayadi, issiq
lik berish asta-sekin kuchayadi. Lekin bemor gavdasining harorati normadan
past bo'lsa-da, go'yo issiqlik (subyektiv) bordek his qiladi.
Odatda, harorat turli kasalliklarda turlicha bo'ladi. Jumladan, o'pka
shamollashi kasalliklarida doimiy turdagi isitma kuzatiladi. Bunda ertalabki
harorat bilan kechqurungi haroratning farqi ko'pincha 1°C ga tengligi
kuzatiladi.
Sepsis (qonga yiring tarqalgan)da, o'pka silida ertalabki harorat bilan
kechqurungi haroratning farqi 3—4° С bo'ladi. Bunday haroratga
remittirlanuvchi isitma deyiladi.
Intermittirlanuvchi (o'zgaruvchan) isitmada isitmasiz davr bilan isitmali
davr (bezgakda) almashib turadi. Qaytalanuvchi isitmada harorat 5— 8
kun saqlanib, normal holat bilan almashinib boradi. Bunday isitma
qaytalanuvchi terlama kasalligida kuzatiladi.
Subferbil haroratda haroratning bir daraja ko'tarilishi uzoq muddat
(sil va endokrin, surunkali yallig'lanish kasalliklarida) davom etadi. Isitma
paytida ichki a’zolarda bir qadar o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Jumladan,
odam harorati ko'tarilgan sari nafas olish kuchayadi. Yurak urishi ritmi
(taxikardiya) tezlashadi. Haroratning har bir daraja ko'tarilishi yurakning
urish sur’atini bir minutda 10 tagacha ko'paytiradi. Masalan, 37°C da bir
minutda yurak 70 marta qisqarsa, 38°C da urish minutiga 80 taga yetadi
va h.k.
Isitma paytida bosh o g 'riyd i, k o 'zga har xil narsalar ko 'rin ib
(gallusianatsiya), bemor alahsiraydi. Harorat ko'tarilganda so'lak ajralishi
kamayib, og'iz quriydi. Me’da, me’da osti bezi shiralari kamayadi. Natijada
ovqat hazmi buzilib, gaz to'planadi. Ich qotishi yoki ketishi kuzatiladi.
Isitma boshlanishida siydik ko'p ajralib, harorat ko'tarilgan sari kamayadi.
Siydikda oqsillaming to'la parchalanmagan mahsulotlari paydo bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bulaming hammasi organizmning isitmaga moslashish, kasalliklarga
qarshi kurashish reaksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun isitma ko'pchilik
hollarda organizm uchun foydalidir. Gavda harorati organizmning reaktivlik
darajasini ko'rsatadi. Davomli isitma esa, aksincha, organizmga salbiy
ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |