Internet manbalari 1. www.uzbekenergo.uz 2. www.Iea.org 3. www.reviev.uz 4. www.yandex.ru 5. www.google.ru 6. www.gubkin.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS TEXNIKUM PROFESSIONAL TA’LIMNING 5.51.02.02- Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari bo‘yicha
Ishlab chiqarish amaliyoti
O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Elektrenergetik
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.05
Ajratilgan soat:
720
Toshkent – 2020
O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Imomova Z.B
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
S.G‘.Siddiqova
R.B. Jalilov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini
Buxoro muhandislik texnologiya instituti
“Energetika” kafedra mudiri, texnika fanlar doktori, dotsent
A.M.Nasullaev Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
Elektr ta’minoti sexi uchastka
boshlig‘i
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Ishlab chiqarish amaliyoti
Ajratilgan soat
720
Mavzular soni
120
Dasturning maqsadi
Talabalarga ishchi kasbini egallash uchun elektr tarmoqlari va jixozlarini o‘rnatish, ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish kabi ishlarni o‘rgatishdan iborat.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-Texnik ishlatish qoidalariga rioya qila oladi;
-YOng‘indan xavfsizlik qoidalariga rioya qila oladi;
-Montaj qilishda ishlatiladigan buyum va materiallarni to‘g‘ri tanlay oladi;
-Elektr o‘tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari va o‘rnatilish shartlarni biladi;
-Asosiy elektroizolyasion materiallar va ularning xarakteristikalarini biladi;
-O‘rnatish va mustahkamlovchi buyumlar to‘g‘ri tanlay oladi;
-YOritqich va yoritish qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni biladi;
-Atrof muhit sharoitiga nisbatan yoritqichlarni tanlay oladi;
-YOritish elektr jixozlarining sxemalari va tarqatish qurilmalarining turlarini ajrataoladi;
-Elektr o‘tkazish liniyalirining trassalarini belgilashda meyoriy o‘lchamlarini o‘lchay oladi;
-YOritish elektr jixozlarining elektr o‘tkazgichlarini montaj qila oladi;
-Elektr jixozlarining haroratini nazorat qilish usullarini biladi;
Bilimlar
Elektrotexnika asoslarini va elementar issiqlik asoslarini;
Elektr montaj ishlarining yagona qoida va normalarini;
Loyixalash montaj xujjatlari va smetasining turlarini;
Nimstansiya va tarqatish qurilmalaridagi operativ va tok sxemalarini va elektromagnit blakirovkasini;
Telemexanika qurilmalariga tezkor xizmat qilish qoidalarini;
Ximoya vositalarining va moslamalarining sinovdan o‘tkazish muddatlarini.
Ko‘nikmalar
-YOritish tarmoqlarini montaj qilish;
-Kuch tarmoqlarini montaj qilish;
-Elektr mashinalarini montaj qilish va sozlash;
-Nimstansiyasini montaj qilish va sozlash;
-Elektr mashinalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
-Transformatorlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
-Tarqatish qurilmalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
-Rele ximoyasi, masofadan boshqarish, signalizatsiya va elektravtomatikasining xolatini nazorat qilish;
-Tarqatish qurilmalarida tezkor uzib ulash ishlarini bajarish;
-Elektr energiyasi iste’molchilarini nazorat qilish;