Toshkent – 2020 O‘quv dasturi Buxoro neft va gaz sanoati kolleji Ilmiy-pedagogik Kengashining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan va kollejning 2020 yil 29 sentyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Talabalarni zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish va ish faoliyati jarayonida amaliy qo‘llay olishga o‘rgatishdir. Kasbiy faoliyat bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni echishda zarur dasturiy vositalarni to‘g‘ri tanlash, olingan bilimlari asosida qo‘yilgan masalalarni echa olish, zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana olish .
Axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va to‘plash jarayonlarini amalda qo‘llay oladi;
Axborotlarni tarqatish jarayonlarida texnik va dasturli vositalardan foydalana oladi;
Texnologiya, axborot texnologiyalari tushunchalari, ularning ko‘rinishlari va klassifikatsiyasini bilib oladi;
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalana oladi;
Internet tarmog‘i resurslaridan foydalana oladi.
Bilimlar
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
Operatsion tizim sinflari va arxitekturasi bilan tanishish;
Ma’lumotlarni himoyalash dasturlari bilan ishlash;
Ko‘nikmalar
Operatsion tizim aniq konfiguratsiyasini sozlash;
Tarmoq operatsion tizim xizmatlari va resurslariga murojaatlarni ko‘rib chiqish;
Kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash;
Multimedia texnologiyasini bilishi va ulardan foydalana olish.