ANATOMIYANI O‘RGANISH USULLARI
Odam anatomiyasi, asosan murdada o‘rganiladi, lekin bu bo-
rada shifokorlik (vrachlik) ixtisosini egallaydigan kishi tirik odam
bilan ham munosabatda bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirmasli-
gi lozim. Shuning uchun odam organizmi va a’zolarining tuzilishi,
topografiyasi, asosan murdada hamda turli usullar bilan va mavjud
texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda ham o‘rganiladi. Bu
usullar quyidagilar:
1. Kesib preparatlar tayyorlash usuli. Bunda skalpel (pichoq-
cha) va pinset bilan murda a’zolarini kesish orqali preparatlar tay-
yor lanadi.
2. Inyeksiya usuli – ichi kavak a’zolar va qon tomirlariga turli xil
rang li moddalar yuborib to‘ldirib o‘rganish usuli.
3. Palpatsiya – tirik odamda a’zo va to‘qimalarni paypaslab
ko‘rib o‘rganish usuli.
4. Perkussiya – a’zo va to‘qimalarni barmoq yoki bolg‘acha bi-
lan urib ko‘rib aniqlash. Bu ikki usul poliklinika va kasalxonalarda
keng qo‘llanilib, undan a’zolarning chegaralarini aniqlashda foy-
dalaniladi.
5. Auskultatsiya usuli – maxsus eshitish asboblari yordamida
a’zolar (yurak, o‘pka)ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko‘ri-
ladi. Bu usul a’zo larning normal yoki kasallik holatini aniqlashga
yaxshi yordam beradi.
6
6. Antropometriya usuli – bunda gavdaning uzunligi, kengligi
va og‘irligi o‘lchanib, olingan ma’lumotlar organizmning ayrim bo‘-
laklariga taqqoslanib, ularning oshishi yoki o‘zgarganligi kuzatib bo-
riladi.
7. Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari – bunda rent-
gen nuri yordamida a’zo va to‘qimalarning holati ko‘riladi yoki tas-
virga olib o‘rganiladi.
8. Korroziya yoki yemirish usuli – a’zolar tez qotadigan mod-
da lar bilan to‘ldirilib, to‘qimasi kuchli kislota ta’sirida yemi riladi
va a’zolarning shakli o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |