o‘q; 6–sagittal sath.
11
ga), frontal – ko‘ndalang (o‘ngdan chapga), sagittal (oldindan or-
qaga) o‘qlar ajratiladi. Bu o‘qlardan bo‘g‘imlar harakatini aniq-
lashda foydalaniladi.
Gavda qismlari va a’zolarning joylashi shini aniqlashda butun
dunyoda qo‘llaniladigan lotin anatomik terminlari qabul qilingan.
Hozirgi vaqt da qo‘llanilayotgan o‘zbek tilidagi Xalqaro anatomik
terminologiya 2004-yil 7–8-oktabrda Samarqand shahrida bo‘lib
o‘tgan O‘zbekiston Morfologlarining III syezdida tasdiqlangan.
Tananing va a’zolarning joylashishini o‘rganishda anatomik ter-
minologiya tarkibiga kiruv chi quyidagi nomlardan foydalaniladi:
Medialis – medial, ichki (o‘rtaliqqa yaqin turuvchi);
Lateralis – lateral, yondagi, o‘rtadan chetdagi;
Intermedius – oraliqdagi;
Internus – ichki;
Externus – tashqi;
Profundus – chuqur;
Superficialis – yuzaki;
Proximalis – proksimal, tanaga yaqin;
Distalis – distal, tanadan uzoq;
Anterior – oldingi;
Posterior – orqa, orqadagi;
Superior – yuqorigi;
Inferior – pastki, pastda turuvchi;
Transversus – ko‘ndalang;
Ventralis – oldingi tomonga (qorin tomonga) qaragan;
Dorsalis – orqa; orqa tomon; dorsal;
Dexter – o‘ng;
Sinister – chap;
Longitudinalis – bo‘ylama;
Cranialis – bosh tomon, cranial tomon;
Caudalis – quyruq (dum) tomon.
Ba’zi a’zolar (yurak, o‘pka, plevra va boshqalar)ning ta-
na yuza sidagi proyeksiyasini aniqlash uchun tana bo‘ylab verti-
kal yo‘nalgan shartli chiziqlar o‘tkaziladi. Bularga to‘sh chizig‘i
(linea sternalis) to‘sh suyagi chekkasi bo‘ylab o‘tadi; o‘rta o‘mrov
chizig‘i (linea medioclavicularis); oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i
(linea axillaris anterior); o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris
media); orqa qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris posterior); ku-
rak chizig‘i (linea scapularis); umurtqa yon chizig‘i (linea para-
vertebralis) kiradi.