107
Respublikamizda Orol dengizi havzasining ekologik holatini sog‘-
lomlashtirishning bir necha yilga mo‘ljallangan aniq harakat dasturiga
asosan, Qoraqalpog‘iston shaharlari, ko‘pgina tuman markazlari, shu-
ningdek, yirik qishloqlar ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlandi.
Qolaversa, respublikada o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, ko‘chma
qumlarni mustahkamlash choralarini ko‘rish, Orolning qurigan tubida
saksovulzorlar barpo etish uchun katta ahamiyat berilmoqda.
2004-yil 3-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining 162-sonli “Orol bo‘yi genofondini
muhofaza qilish xayriya
jamg‘armasini tuzish haqida”gi Qarori qabul qilindi. Unda Orolbo‘yi
atrof-muhitini va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ekologik
holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi
bilan BMT ning
Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg‘armasining ko‘magi
bilan “Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘-
qay o‘rmonlarini saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini
mustahkamlash” bo‘yicha o‘rta miqyosli loyihasi ish olib bormoqda.
Jumladan, BMT ning Taraqqiyot Dasturi (PROON) bilan ham-
korlikda va GEF ishtirokida bioxilma-xillikni muhofaza qilish va suvli-
botqoq joylarda ularni qo‘llash maqsadida
aniqlash ishlari olib
borilmoqda. Undan tashqari, respublikamizda
noyob jonivorlarni
saqlab qolish bo‘yicha katta loyihalar (xalqaro tabiatni muhofaza qilish
tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
bilan Germaniyaning O‘zbekistondagi Texnik
hamkorlik jamiyatining
loyihasi asosida Orolning qurigan tubida 2000-2006-yillarda 8000 ga
yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi.
Orol dengizi mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida
Global ekologik fondi loyihasining 2006-2008-yillarga mo‘ljallangan
loyihasi asosida 10000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish
belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu loyiha asosida 17211 ga yaqin
maydonda saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rmon xo‘jaliklari
tomonidan
Orolni qurigan tubida 2005-yilda 20678 ga, 2006-yilda 14962 ga, 2007-
yilda esa 16000 ga maydonda saksovulzorlar barpo etildi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foyda-
lanish, jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish
108
nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi,
balki shu zaminda
yashayotgan har bir insonning burchidir.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: