O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Ekomonitoring strukturasini tashkil qilish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

11.3. Ekomonitoring strukturasini tashkil qilish 
 
Ekologik monitoring bo‘yicha ilmiy ishlar o‘rta maktablarda
liseylarda, madaniyat saroylarida, mehribonlik uylarida, ekologo-biolo-
gik markazlarda, oliy ta’lim muassasalarida, laboratoriyalarda lokal 
tarzda (alohida-alohida) olib boriladi. Kuzatuvlar hamma uchastkalarda 
bitta dastur asosida, bir vaqtning o‘zida boshlanishi lozim, o‘qituvchilar 
tabiatni kuzatish bo‘yicha barcha ishlarga rahbarlik qilishadi, to‘plan-
gan ma’lumotlarni yig‘ib, birinchi marta qayta ishlab, hudud ekomoni-
toringida foydalanish uchun saqlashga kompyuterga kiritib qo‘yadilar. 


122 
Olib borilayotgan ilmiy ishlar dasturlari har bir kuzatuv olib bori-
layotgan qatnashchilarning yoshidan kelib chiqib tuziladi. Olib borila-
digan ish hajmiga va uslubiga qarab kuzatuvchilar jalb qilinadi
fenologik kuzatuvlarga yoshi kichik bolalar jalb qilinsa, bioindikatsion 
va fizik-kimyoviy izlanishlarga yoshi kattaroq qatnashuvchilar 
tortiladi. 
Ilmiy ishlarga maktab bolalarning bir dastur asosida jalb 
qilinishining yaxshi tomoni shundaki,
birinchidan: bolalar sinfdan sinfga o‘tganda ham olib borayotgan 
kuzatuvlari dastur asosida bo‘lib, bolada tushuncha shakllanib boradi, 
bundan tashqari, bolalar bir necha yil davomida kuzatuv o‘tkazib, tabiat 
sohasida ma’lum bir fikr va tushunchaga ega bo‘ladilar; 
ikkinchidan: o‘z o‘lkasi, undagi hayvonlar, o‘simliklar, hasha-
rotlar va ularning foyda va zarari haqida bilib oladilar; 
uchinchidan: olingan ma’lumotlar o‘sha hudud haqida bo‘lganligi 
uchun, tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari va qolaversa
kelajakda etishib chiqadigan yosh ekologlarning shakllanishi uchun 
ta’lim o‘chog‘i vazifasini o‘taydi. 
Ekomonitoring bo‘yicha olib boriladigan ishlarni biologik va 
kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha biologiya yoki kimyo o‘qituvchisi, 
geografiya bo‘yicha esa geografiya o‘qituvchisi olib boradi. 
O‘quv jarayonida olib boriladigan maktab ekomonitoring usullari 
quyidagicha bo‘ladi: amaliy yoki laboratoriya darslari, fakultativ va 
amaliyotlar tarzida bo‘lishi mumkin. Darsdan tashqari faoliyatga – 
to‘garaklar, ilmiy kuzatuv guruhlari, amaliyotlar, yozgi ekologik lager-
lar, ekskursiyalar, ekspeditsiyalar, turli tanlovlar va olimpiadalar kiradi.
Monitoring qatnashchilari tomonidan o‘rganiladigan obyektlarda 
doimo kuzatish ishlari olib borilishi kerak, bular ma’lum hududda havo 
haroratining borishi, biron bir o‘simlikning o‘sishi, oqib kelayotgan suv 
hajmining o‘zgarishi yoki boshqalar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular 
to‘planadi, birinchi marta ishlab chiqiladi va saqlashga qo‘yiladi. 
Olingan ma’lumotlar avval o‘sha joydagi ekologik sovet a’zolari tomo-
nidan, keyinchalik tuman, so‘ngra viloyat ilmiy-amaliy konferen-
siyalarida muhokama qilinadi. Ekologik kuzatish olib boriladigan 
barcha tashkilotlarda albatta ekologik sovet bo‘lishi kerak, sovet 
rahbari ekologiya, biologiya, kimyo yoki geografiya o‘qituvchisi 
bo‘lsa, ushbu ishlarning borishida foyda ko‘proq bo‘ladi. 


123 
Olingan ma’lumotlar asosida o‘sha joyning pasporti tuzib chiqiladi, 
ekopasport bir yilda ikki dona chop qilinadi. Yozilgan birinchi hisobot 
maktab yoki oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududning barcha 
ekologik holatini aks ettirishi kerak. Keyingi yozilgan ekologik 
hisobotlarda taqqoslash mumkin bo‘lgan nazorat ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi, agarda farqlar bo‘lsa, ular doimo qayd qilib borilishi va 
ko‘rsatilishi kerak. Mabodo keyingi kuzatuvlarda o‘zgarishlar bo‘lmasa 
ham, albatta yozuvlar qayd qilib boriladi. 
Tabiiy atrof-muhit va ta’lim muassasalari joylashgan hududlarni 
kuzatish bo‘yicha olingan ma’lumotlar uzluksiz ravishda ekopasportga 
qayd qilib borilishi insonlarning o‘zlari yashayotgan joylarida nima 
o‘zgarishlar yuz berayotganligini kuzatish imkonini beradi, demak, shu 
jarayonda nima ishlar qilish mumkinligini belgilab olish mumkin.
Olingan hisobotning bir donasi o‘sha joyda qoldirilib, ikkinchisi 
yuqori tashkilotlarga yuboriladi. Maktabdagi ekologik monitoring 
boshlig‘i ekopasport bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni to‘plab, eko-
biologik markazlarga yuboradi, u erda barcha ma’lumotlar tahlil qilinib, 
xulosa chiqariladi.
To‘plangan ma’lumotlar oliy ta’limdagi ekologiya kafedrasi 
boshlig‘i rahbarligida kompyuterga kiritilib, tahlil qilinadi, har bir 
hududning iqlimi va u yerda yashovchi tirik organizmlaridan kelib 
chiqib, guruhlarga ajratiladi, keyinchalik ushbu ma’lumotlar asosida 
hisobotlar yoziladi, kartalar, sxemalar, diagrammalar chiziladi. 
Ma’lumotlar tayyor bo‘lgandan so‘ng, monitoring kuzatishlar natijasi 
sifatida internetga kiritiladi, kompleks monitoring kuzatishlarini olib 
boruvchi markazga va o‘qituvchilar malakasini oshiruvchi institutga, u 
yerdan tuman va viloyat ta’lim boshqarmalariga yuborilib, ushbu 
ma’lumotlardan, keyingi ta’lim berish jarayonlarida foydalaniladi. 
Ekomonitoringda to‘plangan ma’lumotlarni butun viloyat bo‘yicha 
ilmiy jihatdan tahlil qilib chiqilgandan so‘ng, umumlashtirib, tabiatni 
muhofaza qiluvchi yuqori davlat organlari xodimlariga yetkaziladi. 
Shunday ma’lumotlar butun respublika bo‘yicha to‘planib o‘rganilgan-
dan so‘ng, Davlat bo‘yicha yagona ekologik monitoring tizimi ishlab 
chiqiladi. 
Ta’lim muassasalarida ekologik monitoringni ishlab chiqish tizimi 
sxemasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 


124 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin