121
12. Hududga antropogen omillarning ta’siri ikkiga bo‘lib
o‘rganiladi: tajriba maydoni antropogen omillarning ta’siri kuchli
bo‘lgan va nazorat maydoni ekologik toza maydondir. Tajriba olib
boriladigan hududlar joylashish, tuproq tipi, o‘sadigan o‘simliklari va
boshqa ko‘rsatkichlari bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak.
13. Hududdagi havo atmosferasining ifloslanish darajasi daraxtlar
bargidagi changlar terak va qarag‘ay (sosna), qor qatlamidan olingan
tahlillar natijasi, kislotali yog‘inlar miqdori, jamoat transportlari
tashlanmalari va boshqalar asosida olib boriladi.
14. Suv havzalaridagi ichimlik suvlarining diagnostikasi bioindi-
katsion, organoleptik va fizik-kimyoviy usullar yordamida olib boriladi.
15. Kuzatishlar natijasida olingan ekologik ma’lumotlar har yili
mazkur hududning ekologik pasportiga yozib boriladi, har bir joyning
ekologik pasporti bu boradagi jonkuyar tashkilotlar tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘ladi.
16. Ekologik monitoring olib borayotgan tashkilotlar o‘rtasida
o‘zaro ekologik izlanishlarning natijalari, pedagogik tajribalar, uslubiy
qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik va umuman qilinayotgan ishlar
samarali bo‘lishi uchun informasion aloqalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Aloqa o‘rnatilsa, birmuncha qulayliklarga erishiladi.
17. Monitoringdan olingan ma’lumotlar maktablar, laboratoriyalar,
oliy ta’lim kafedralari, ekologik markazlarda qayta ishlash natijasida
xulosalarni umumlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqadi.
18. Ekologik monitoringni olib borish va uni o‘tkazish uchun
mas’uliyat o‘sha hududdagi ta’lim boshqarmasi va tabiatni himoya
qiluvchi tashkilotlar zimmasida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: