O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Joyning monitoringini olib borish rejasi (kartasi)



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
11.4. Joyning monitoringini olib borish rejasi (kartasi) 
Monitoring olib boriladigan joy hududining kartografiyasini olish 
uchun avvalo, ko‘z bilan chamalab rasmga olish shart, shundagina 
dalaning rejasi olinib, joyning topografik rejasini tuzish mumkin 
bo‘ladi. Masshtab 1:5000-1:25000 misolida taxminan belgilanishi 
mumkin. Agarda kuzatuv olib borilayotgan joyning topografik kartasi 
mavjud bo‘lsa, yanada yaxshi bo‘ladi.
Agarda maktab qishloq joyda bo‘lsa, barcha aholi yashaydigan 
punktlarni, suv oqib keladigan joylarni, ko‘l, suv omborlari, daryo va 
ariqlar, katta yo‘llar, kichik so‘qmoqlar, mollar o‘tlaydigan yaylovlar, 
tog‘lar, ekin maydonlari, hatto kesishadigan yo‘llarni ham kartaga 
tushirish kerak. 
Ekologik monitoringni olib borishning asosiy vazifasi shuki
hududda har yili kuzatish ishlarini olib borish kerak, bu ishni aslo 
to‘xtatib bo‘lmaydi. Olingan bir necha yillik ma’lumotlar xulosasidan 
keyingina ushbu hududdagi ekologik jarayonning buzilganligi yoki 
ahvolning yaxshi ekanligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. 
Ekotizimning buzilganligini ikki guruh bilan belgilash lozim: 
• ahvolning yomonlashgani belgilari (statistik belgilar); 


126 
• hududda o‘zgarishlar yomon tomonga o‘zgarganligi (dinamik 
belgilar). 
Antropogen omillar kuzatish olib borilayotgan hududga katta ta’sir 
ko‘rsatadi, aholi yashaydigan joyda landshaft o‘zgaradi, sanoat 
korxonalarining ko‘pligi, foydali qazilmalarni kavlab oladigan konlar, 
avtomobil va temir yo‘llarning mavjudligi, neft hamda gaz quvurla-
rining tortilishi ahvolning yomonlashganini bildiradi. Hududda 
ahvolning yomonlashuvini bir qator belgilarning yig‘indisidan ko‘rish 
mumkin: botanik, tuproq, iqlimdagi o‘zgarishlar. Yuqoridagi o‘zga-
rishlar doimo bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bir-biriga qarab o‘zgaradi, 
ularning o‘zgarish xulosasi bitta bo‘ladi. Olingan natijalar ahvolning 
yomonligini tasdiqlasa, shunda maktab yoki oliy ta’lim muassasasi 
joylashgan hudud ekologik yomonlashgan deb hisoblanadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin