Sog‘lom turmush tarzi – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy
holat, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yenga oladigan,
yetuklikka intiluvchan shaxsning shakllanish jarayonidir.
Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
• to‘g‘ri va rasional ovqatlanish;
• harakatli turmush va badantarbiya;
• kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish;
• jinsiy tarbiya, sog‘lom oila;
• ruhiy osoyishtalikni ta’minlash;
148
• zararli odatlardan voz kechish;
• shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish;
• baxtsiz hodisa va jarohatlardan ehtiyotkorlik;
• sog‘lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo‘lish.
♦ Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uning
tibbiy madaniyatini oshirish, jismonan sog‘lom, ruhan tetik, intellektual
avlodni voyaga yetkazish borasida katta va samarali ishlar qilinmoqda.
Hozirda respublikamizda Salomatlik va tibbiy statistika instituti,
uning viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
filiallaridan tashqari, 57 ta tuman va 14 ta shahar markazlari ham
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy-yilning o‘tgan davri mobaynida
Salomatlik va tibbiy statistika instituti, uning joylardagi tuzilmalari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, "Mahalla" xayriya
jamoat fondi, "Oila" ilmiy markazi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida,
maktablar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida
sog‘lom turmush tarzi asoslari, sog‘lom oilani shakllantirish, ona va
bola salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar muntazam
ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, buklet, eslatma, plakat
ko‘rinishidagi ko‘rgazmali-axborot materiallari, radio, televideniye,
gazeta va jurnallar orqali ham chekka hududlarda yashovchi aholi
o‘rtasida targ‘ibot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yana shuni ta’kidlab
o‘tish joizki, institut xodimlari joylarga chiqib, mutaxassislarga,
qolaversa, tibbiyot, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari,
mahalla, keng jamoatchilik, barcha tashkilotlarda mas’ul bo‘lgan
xodimlarga uslubiy va amaliy yordam berib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi
«Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek,
davlatimiz rahbari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini
tizimli ravishda yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib
belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi
muassasalar faoliyatidagi profilaktik yo‘nalishni kuchaytirish, tizimli
ravishda tibbiy madaniyat, sanitariya va gigiyena hamda sog‘lom
turmush tarzi ko‘nikmalarini aholining keng qatlamlari orasida tatbiq
etish maqsadida institut jamoasi joylarda izchil faoliyat olib bormoqda.
♦ Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot
ishlarini samarali hamda ta’sirchan uslubda amalga oshirish maqsadida
149
har bir ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena,
oila ma’naviyati, zararli illatlarning sog‘lom bola tug‘ilishiga salbiy
ta’siri haqidagi tibbiy bilimini oshirishga qaratilgan o‘quv-mash-
g‘ulotlar joriy etilgan.
Yoshlarni bolalikdan ovqatlanish rejimini yaxshi bilishlari uchun
barcha maktablarda sinflar kesimida sog‘lom turmush tarzi ko‘nik-
masini shakllantirish, o‘z salomatligi uchun mas’uliyat hissini oshirish
va sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan
17 soatlik maxsus darslar o‘tilayapti.
Ushbu darslarda yoshlarga sanitariya-gigiyena qoidalariga oid
tushunchalar berish, ularda zararli odatlarning oldini olish, OIV
infeksiyasi va undan himoyalanish, reproduktiv salomatlik, o‘smirlik
davrining ruhiyat muammolari, atrof-muhitning salomatlikka salbiy
ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘nikmalarni shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda, har bir yoshni o‘zi uchun
sog‘lom turmush tarzini tanlashi, birinchi navbatda sog‘lig‘i darajasini
tibbiy ko‘rikdan o‘tish yo‘li bilan baholashga ham o‘rgatish ahamiyatga
molik masaladir.
♦ Respublika aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.
Ular o‘rtasida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini samarali va
ta’sirchan uslubda amalga oshirish uchun har bir ta’lim muassasasida
sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, oila ma’naviyati, zararli
illatlarning sog‘lom bola tug‘ilishiga salbiy ta’siri haqidagi tibbiy
bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yoshlarimiz ongida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini
singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, kasb-
hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari xohish-
istaklari ostida tegishli mavzular keng yoritib borilmoqda. Jumladan,
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 24 ta oliy o‘quv yurti bilan
o‘quv-yillari uchun talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi
targ‘iboti bo‘yicha ish rejalari tasdiqlanib, bugungi kunga qadar
«Sog‘lom turmush tarzi», «Reproduktiv salomatlik», «Zararli odatlar-
ning oldini olish», «Sog‘lom ovqatlanish», «OIV/OITS profilaktikasi»
mavzularida davra suhbatlari, savol-javob kechalari, uchrashuvlar
tashkil etilmoqda. Ana shunday samarali ishlar olib borilsa-da, ayrim
yoshlarimiz sog‘lom turmush tarzi tushunchasidan xabardor emas,
tadbirlarda ishtirok etmayotgani bois, o‘z sog‘lig‘iga ham e’tibor
bermaydi.
|