O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

obyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Subyektiv omillar sirasiga alohida 
inson, oila, kishilar guruhi tomonidan amalda sog‘lom turmush tarzi 
tamoyillariga ongli ravishda rioya etilishi, jismoniy tarbiya va ommaviy 
sport bilan mashg‘ul bo‘lishini, obyektiv omillar qatoriga atrof-muhitni 
(havo, suv, tuproq holatini), oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy, kiyim-
kechakning sifatini, sport majmualari hamda inshootlarning (stadionlar, 
basseynlar, sog‘lomlashtirish markazlari va h.k.), shuningdek, sport 
anjomlarining mavjudligini kiritish mumkin. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Norvegiya, AQSH, 
GFR, Fransiya va boshqalar)ning tajribasidan ma’lumki, davlat o‘z 
fuqarolari uchun real sog‘lom turmush tarzini yuzaga keltirish uchun 
maqsadli siyosatni olib boradi. Aholini iqtisodiy jihatdan rag‘bat-
lantiradi, ma’naviy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bu 


147 
nafaqat inson uchun, balki davlat uchun ham foydalidir. Shu boisdan 
ham, sog‘lom turmush tarzi hamda siyosatning aloqadorligi, davlat 
siyosatining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni va 
ahamiyati haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. 
 
13.2. Sog‘lom turmush tarzi va yoshlar salomatligi 
Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi orasida sog‘lom turmush 
tarzini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar izchillik bilan olib 
borilmoqda. Ta’kidlash muhimki, mazkur yo‘nalish davlat siyosatining 
ustuvor vazifasiga aylanayapti. Sog‘lom turmush tarzi iborasining 
zamirida inson salomatligi yotar ekan, bu jamiyat taraqqiyotining 
yuksalishida asosiy o‘ringa ega bo‘lishi tabiiy. Darhaqiqat, sog‘lom 
turmush tarzi bugungi kunda aholi orasida qanday ahamiyat kasb 
etayapti? 
♦ O‘tgan asrning 80-yillarida salomatlikni saqlash va mustah-
kamlashda, kishilar uzoq va baxtli umr ko‘rishlarida turmush tarzi 
hamda uni sog‘lomlashtirish eng muhim tadbir ekanligi ham ilmiy, ham 
amaliy tomondan isbotlandi. Shundan beri turmush tarzini sog‘lom-
lashtirish xususida ko‘p gapiriladi. 
Bugungi kunda ushbu masalaga davlat darajasida e’tibor qaratilib, 
Prezident farmonlari va qarorlarida o‘z aksini topmoqda. Keng jamoat-
chilik orasida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilib, ommaviy 
axborot vositalarida maqolalar, eshittirishlar, ko‘rsatuvlar berib boril-
moqda. 
Shunday bo‘lsa-da, sog‘lom turmush tarzi nima, degan savol 
tug‘ilganda, ba’zida ko‘pchilik umumiy gapdan boshqa biror-bir 
mantiqiy tushunchaga ega emasligi ham namoyon bo‘layapti. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin