O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Demografik muammolar va ularning kelib chiqishi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

12.2. Demografik muammolar va ularning kelib chiqishi 
 
Demografik muammolar Er sharida odam sonining oshib borishi, 
sanoatning rivojlanishi va mamlakatda ichki yalpi mahsulotning oshishi 
bilan bog‘liqdir. Sanoat rivoji va yalpi ichki mahsulotning oshishi 
uchun tabiatdan juda ko‘p narsa shafqatsizlarcha olinadi. Masalan, 
birgina joyda neftni qayta ishlovchi zavodni ishga tushirish uchun 
ishchi kuchi va texnikadan tashqari, temir yo‘l, odamlarning kundalik 
hayoti uchun zarur maishiy xizmat vositalari kerak. Temir yo‘l o‘z 
navbatida atmosferani va yaqin atrofni ifloslantiradi, qancha suv va 
elektr quvvatini talab qiladi. Maishiy xizmat vositalari, uy-joylar
do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchi internet, telefon va boshqalar kerak. 
Ularning har yillik amortizatsiyasiga katta miqdorda mablag‘ sarflanadi. 
Yalpi ichki daromadning o‘sishi, odamlar o‘rtasida kambag‘allikni 
yo‘qotish uchun zarurdir. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatayaptiki, 
o‘sish bo‘lgani bilan boylar va kambag‘allar soni tenglashmayapti, 
balki ular soni o‘rtasida farq ko‘payib bormoqda. 1998-yilda Er shari 
aholisining 45%i bir kunda 2 dollar atrofida daromad qilgan. 
Iqtisodiy o‘sish shuni ko‘rsatdiki, to‘plangan boylikning asosiy qismi 
endilikda yana bir to‘da boylar qo‘lida to‘planib qolmoqda. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1960-yilda 20% aholi kambag‘al 
mamlakatdagi 20% aholiga qaraganda 30 marta ko‘p daromadga ega 


138 
bo‘lgan. 1995-yilga kelib, 20% boy va 20% kambag‘al o‘rtasidagi 
o‘rtacha daromad 30:1 dan 82:1 gacha o‘sdi. Afrikadagi o‘rtacha oila 
1972-yilga qaraganda 1997-yilda 20% kam daromad oldi.  
Aholi sonining o‘sishi boy mamlakatlarda kam kuzatiladi. Kapital 
to‘plash qiyin bo‘lgan kambag‘al mamlakatda aholi soni tez oshib 
boradi. Bu mamlakatlar maktab, kasalxona va aholi ongini o‘stirishga 
kapital mablag‘ni juda kam sarflashadi. Ayollarning o‘qishga, 
ishlashga sharoiti bo‘lmagan paytdagina tug‘ilish ko‘payadi va yana 
kambag‘allar soni oshib boradi. Bunday oilalar bolalari orqali ishchi 
kuchini ko‘paytirib, yana daromad qidiradilar. Masalan, janubda oziq-
ovqat ishlab chiqarish sezilarli darajada 2-3 marta oshdi, ammo 
kambag‘allar soni kamayib borayotgani yo‘q, balki jon boshiga oziq-
ovqat ishlab chiqarish kamayib bormoqda. 
Demak, bunda ikki marta yashash og‘irlashadi: 
Birinchidan: qishloq xo‘jaligi rivojlanib, barcha er va suvdan 
zararkunandalarcha foydalaniladi. Odam soni oshib boradi, boylik va 
daromad noto‘g‘ri taqsimlanadi. 
Ikkinchidan: atrof-muhitga zarar yetkaziladi, o‘rmonlar kesiladi, 
suvlar ifloslanadi, tuproq kimyoviy moddalar bilan to‘yinadi, 
atmosferaga zararli moddalar tobora ko‘proq tashlanadi. 
Bularning hammasi insonlar hayotini engillashtirmaydi, balki 
kelajakda iqtisodiy o‘sishga to‘siq bo‘lishi mumkin.  
Bugungi kundagi ikkinchi global muammo – aholining ko‘payib 
borishi va uning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi muammosidir. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yer sharida 2025-yilga borib 8 mlrd. odam 
yashaydi. Ularga suv, ozuqa va qo‘yoshnuri zarur. Ammo Yer bularni 
hammaga birdek etkazib bera olmaydi. 
Insoniyat o‘z ehtiyoji uchun yangi zavod, fabrikalar qurmoqda, 
erlarni o‘zlashtirib, o‘rmonlarni payhon qilmoqda. Bu kabi harakatlar 
tabiatga juda katta zarar keltiradi, bu zararning o‘rnini hech qachon 
to‘ldirib bo‘lmaydi. Keyingi 50-yilda o‘rmonlarning yarmi kesilib, 
o‘zlashtirilib yuborildi. 
Demografik muammolar dunyo mamlakatlari tomonidan tan 
olindi. 
“Demografiya” atamasini 1855-yilda fransuz olimi A.Giyar fanga 
kiritdi. Demografiya aholining tarkibi, o‘sishi, joylashish qonuniyat-
larini o‘rganadi, aholishunoslik nazariyasini, aholishunoslik siyosatini 


139 
ishlab chiqadi. Shuningdek, tug‘ilish, ko‘payish, o‘lish, irqiy, til, 
migrasiya va urbanizasiya darajalarini o‘rganib, hisobga olib boradi. 
1988-yilda AQSH milliy geografiya jamiyati “Yer kurrasi xavf 
ostida” nomli xaritani bosmadan chiqardi va odamlar o‘ylovsiz 
darajada ko‘payib borayotganligini isbotladi. Hona sapiens – aqlli 
odam bor-yo‘g‘i 100 ming yil davomida yashayotgan bo‘lsa ham, u o‘zi 
yashayotgan planeta taqdiriga xavf sola boshladi. XVIII asr o‘rtalarida 
planetamizda bor-yo‘g‘i 800 million odam yashagan bo‘lsa, 1820-yilga 
kelib, yerliklar 1 milliardga etdi. 1927-yilda 2 milliard, 1959-yilda 3 
milliard, oradan 1,5-yil o‘tgach 4 milliard, 1987-yilda 5 va 2000-yilda 
6 milliard, 2012-yilda 7 milliarddan oshdi. Agarda bu boradagi o‘sish 
yana ikki asr shunday davom etsa, yer sharida aholi zichligi hozirgi 
Moskva shahri aholisi zichligi darajasida bo‘ladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, BMT ma’lumotiga ko‘ra, yer sharida 
2025-yilda aholi soni 8,3 milliardga yetadi. Hozirgi kunda yiliga 130 
mln. odam tug‘ilib, 50 mln. odam o‘lmoqda, o‘rtacha ko‘payish 80 mln. 
kishini tashkil qilmoqda. 
Odam juda tez ko‘payib borayotgan mamlakatlar Osiyo, Afrika va 
Lotin Amerikasi mamlakatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda bir 
kunda aholi soni o‘rtacha 254 mingtaga ko‘paymoqda. Sanoati 
rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‘payishi juda cheklangan. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining sanoat tovarlari va tabiiy 
zaxiralardan foydalanish darajasi bu hududdagi boshqa mamlakatlarga 
qaraganda 10 marta ziyod. 
BMT AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya aholisining iste’mol 
ehtiyojlariga qarab, ularni «oltin milliarderlar» deb ataydi. Bu mam-
lakatlar aholisi eng yuqori qulaylikka ega sharoitlarda yashovchilar 
jumlasiga kiradi. AQSHda tabiiy zahiralar juda kam qoldi, neft konlari 
7-yilda, tabiiy gaz 5-yilda, ko‘mir 18-yilda tugashi taxmin qilinmoqda. 
1984-yilda dunyoda donning yalpi miqdori 1 martaga oshgan bo‘l-
sa, odam soni 2 martaga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish 
imkoni juda kam. Och odamlar kundan-kunga oshib bormoqda. 
Ularning soni 1970-yilda 460 mln.ga, 1990-yilda 550 mln.ga etdi, 
2005-yilda esa 650-660 mln.dan oshdi. Har kuni ochlikdan 35 ming, bir 
yilda 12 mln. kishi o‘ladi. 
Dunyoni odamlardan tashqari avtomobillar, traktor, motosikl va 
samolyotlar ham egallab bormoqda. 250 millionta avtomobil 6 mln. 


140 
aholiga zarur bo‘lgan kislorodni talab qiladi. Agarda rivojlanish shu 
yo‘sinda borsa, yana 2 asrda atmosferada kislorod mutlaq tugaydi.  
Keyingi paytlarda intellektual emigrasiya yoki aqllilarning boshqa 
hududlarga oqib ketishi juda ko‘p mamlakatlarda kuzatilmoqda. 
Ziyolilar, olimlar ish haqi kamligidan boshqa mamlakatlarga ketib 
qolmoqdalar. Bu esa xalq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Butun dunyo sog‘liqni saqlash jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 
insonning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadigan omillarning 50% i ijtimoiy-
iqtisodiy bo‘lsa, 20% i genetik, 20% i ekologiya va 10% i sog‘liqni 
saqlash organlarining ishiga bog‘liqdir. Demak, bizning uzoq umr 
ko‘rishimiz va sog‘ bo‘lishimizga ekologik omillar 20 % ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu ko‘rsatkich kelajakda yanada oshib borishi mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin