Mavzu xulosasi. Tuproq kesimini yozib bo‘lgandan keyin, albatta
tuproqning to‘liq nomi yoziladi, bu erda tuproq tipi, mexanik tarkibi,
tuproq hosil qiluvchi jinslar e’tiborga olinib, tuproqning nomi aniq-
lanadi, masalan, o‘tloq-botqoq tuproq va hokazo. Tuproqning
xususiyatlari aniqlanayotganda eroziyaga uchragan tuproqlar haqida
ham ma’lumotlar olish mumkin. Respublikaning ko‘pgina agrotsenoz-
larida suv, shamol eroziyasiga uchragan tuproqlar ko‘p kuzatiladi,
eroziyaga uchragan tuproqlar ham bir necha turga bo‘linadi: sal
eroziyaga uchrash, o‘rtacha, kuchli, o‘ta kuchli eroziyalanish uchraydi.
Tuproqni eroziyalanishdan saqlash bosh vazifadir.
129
Nazorat savollari
1. Tuproq monitoringi usullarini sanang.
2. Ekologik monitoring olib boriladigan joyni tanlash va uning
ta’rifi.
3. Mikroiqlim va uning ahamiyati.
4. Tuproqni o‘rganish ishlari.
5. Joyning monitoringini olib borish rejasi (kartasi).
6. Kuzatish olib borish usullari.
7. Kuzatuv maydoni tuprog‘ini aniqlash.
8. Tuproq strukturasi deganda nima tushuniladi?
130
XII BOB. DUNYO IQLIMIDAGI GLOBAL ISISH VA
DEMOGRAFIK MUAMMOLAR
12.1. Iqlimdagi haqiqiy va mavhum xavf-xatarlar
Yerda hayot shakllana boshlagandan so‘ng, million yillar mo-
baynida ob-havo va iqlim, geologik jarayonlar mo‘’tadil muvozanat
holga keldi. Aslida yaxlit bo‘lgan Yer shari qit’alarga bo‘lindi, fasllar
shakllandi, bir hujayralidan ko‘p hujayralilarga, yirik bargli, gulli va
mevali daraxtlar, hayvonlarning hamma turlari iqlim va ob-havoga,
tuproqqa va suvga qarab moslashdi. Yer sharidagi barcha tirik orga-
nizmlar o‘sishi va rivojlanishida ma’lum iqlim sharoitiga moslashdi va
tabiatda o‘zaro biologik aylanish vujudga keldi. Biologik aylanish
millionlab yillar davomida bir-biriga moslashib, o‘zaro uyg‘unlashib
ketdi.
Keyingi paytlarda Yer sharida odamning ko‘payib ketishi
natijasida yoki 1800-yilda aholi soni 1,0 mlrd. bo‘lgan bo‘lsa, 1900-
yilda 1,7 mlrd., 1950-yilda 2,5 mlrd. va 2016-yilda 7,433 mlrd.dan
oshganligi, odamlar o‘zlari uchun tabiatdan noto‘g‘ri foydalanayot-
ganligi sababli biosfera ifloslanib, zaharli gazlar miqdori oshib
bormoqda.
Atropogen va texnogen omillar natijasida iqlimga ta’sir ko‘rsa-
tilmoqda. Sanoatning rivojlanishi va avtotransportning ko‘payib borishi
sababli atmosferaga katta miqdorda karbonat angidrid gazlari
tashlanmoqda. Bundan tashqari, toshko‘mir, neft va gazning yonishi
oqibatida atmosferaga katta miqdorda suv bug‘i tashlanadi. Parlanish
oqibatida atmosfera yuqorisida karbonat angidrid va suv bug‘i qatlam
hosil qilib, yuqoridan kelayotgan quyosh nurini to‘sadi va dimiqish
paydo bo‘ladi hamda harorat ko‘tariladi.
Iqlimdagi ikkinchi xavf Yevropa ob-havosini belgilovchi joy
Grelandiya hisoblanadi yoki Yevropada sovuq yoki issiq bo‘lishi
Grelandiya muzliklari bilan belgilanadi. Iqlimni o‘rganuvchi olimlar
qadimgi muzliklarni tahlil qilib, havoning harorati oldingi davrlarda
ma’lum muddat past, ma’lum muddat yuqori bo‘lishini, iqlim oldinlari
ham o‘zgarib turganligini aniqlashdi. Ammo iqlimning keskin o‘zgarib
131
borishi tirik organizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Keyingi
vaqtlar dunyoning iqlimshunos olimlari, ekologlar yerda havoning isib
borishi o‘rtacha 3
°
S ni tashkil qilganligini ma’lum qilmoqdalar. Iqlim-
ning bunday isishi muzliklarning erib borishini ta’minlaydi. chuchuk
suvlar dengiz va okeanlarning sho‘r suvlariga qo‘shilib ketadi.
Chuchuk suvlarni okeanda paydo bo‘lishi, misol uchun, Atlantika
okeanida Golfstrim oqimi harakatini o‘zgartirishi mumkin. Atlantika
okeanining Grelandiya hududlarida «issiqlik vali» yoki uyumi aylanib
turadi va okeanning ustki oqimida suv juda ko‘p bo‘lib, shu joyda
aylanib soviydi va iziga, janub tomonga qaytadi. Iqlim o‘zgarishi
oqibatida, olimlar fikriga ko‘ra, Golfstrim oqimining sirkulyatsiyasi o‘z
faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Bunga sabab, yerigan muzliklardan
hosil bo‘lgan chuchuk suv uyumida tuz bo‘lmagani uchun uning tarkibi
yengillashib, harakati to‘xtab qolishi ehtimoli bor.
Bugungi kunda insoniyat uchun eng og‘ir xavf – global isish
xavfidir.
Global isish muammosi yoki parnik effektiga asosiy sabab
atmosferaga har xil gazlarning ko‘p chiqarilishi yoki antropogen
oqibatlar ta’siridir. Sivilizatsiya natijasida sanoat va texnika rivojlandi,
avtomobillar soni keskin ko‘paydi, o‘rmonlar, o‘tloqlar kamayishi
tufayli atmosferada SO
2
gazi miqdori oshdi. Sanoat chiqindilari qayta
ishlanmasligi ham atmosferaga chiqadigan SO
2
gazining oshib
ketishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, u yoki bu tarzda hosil bo‘lgan
karbonat angidrid va boshqa zararli gazlar havoga tarqaladi, ularning
ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalari g‘ira-shira pardalar hosil qilib,
havoda muallaq suzib yuradi.
Toshko‘mirni yoqish natijasida ham ko‘plab karbonat angidrid gazi
havoga uchib chiqadi. Xitoy dunyoda o‘z sanoati uchun eng ko‘p
toshko‘mir ishlatadigan mamlakatlardan biri, shunday bo‘lgach, bu
mamlakatda atmosferaga zaharli gazlar ko‘p tashlanadi. Ma’lumotlarga
ko‘ra, General Motors avtomobil kompaniyasi keyingi yillarda
avtomobil sotishni 18 foizga oshiradi. Shunday ekan, bu kompaniya
dunyodagi barcha mamlakatlar ishlab chiqaradigan avtomobillar soniga
teng miqdordagi avtoulovlarni sotadi.
Bugungi kunda iqlimning o‘zgarib borishi insoniyat oldidagi eng
dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Parnik effekti yoki isib borish haqida 1990-yilda AQSH
prezidentiga 49 ta Nobel mukofoti sovrindorlari murojaat etishdi. Ular
132
XXI asrdagi eng dahshatli xavf-xatar – global isish yoki parnik
effektiga to‘xtalib, antropogen ta’sirida eng kuchli, xavfli o‘zgarishlar
yuz berishini ta’kidlashdi va bu borada eng katta ilmiy ishlarni
boshlashdi.
Parnik effektining asosiy manbai suv bug‘i (u yer atmosferasida 0,3
foiz bo‘lsa, parnik effekti natijasida 70 foizga yetadi) va aerozol
hisoblanadi. Biz har yili 6000 km
3
(6·10
12
t) suv sarflaymiz, shundan
asosiy qismi qaytmaydi.
Har xil joyda, har xil haroratda katta miqdorda suvdan foydalanish
va oqizish faqatgina atmosferada havo namligini oshirish imkonini
beradi. Namlikning issiqni to‘plash, yig‘ish qobiliyati atmosferada
sirkulyatsiya jarayoni buzilishiga, qo‘shimcha parlanishga, bulutlar va
yog‘inlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Chunki 6·10
12
t suv dunyodagi
barcha daryolarning 16 foiz oqar suvi va atmosferadagi suv bug‘ining
20 foizini tashkil etib, parnik effekti hosil bo‘lishida asosiy omil
hisoblanadi.
Atmosferani ham karbonat angidrid va issiq suv bug‘lari egallab
olgandan so‘ng, Qo‘yoshdan keladigan ultrabinafsha nurlari miqdori
kamayib boradi. Demak, biz parnik effekti nima, u qanday hosil bo‘ladi
degan tushunchaga ega bo‘ldik.
Atmosferaga suv bug‘lari ko‘p tashlanishiga yana bir sabab
issiqlik-energiya kompleksi bilan bog‘liqdir. Eng ekologik toza
hisoblangan gaz yonishi orqali (tarkibida 98 foiz metan gazi mavjud)
havoda kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.
Demak, SN
4
+2O
2
+SO
2
+2N
2
O issiqlik tarzidagi kimyoviy reaksiya
yuz beradi. Reaksiyada ishtirok etgan moddalarni hisoblasak, bir kg tabiiy
gaz yonishidan 2,75 kg karbonat angidrid va 2,25 kg suv hosil bo‘ladi.
Dunyoda gaz qazib olinadigan minglab joylarda qazib olish
jarayonida va neft qazib olishda juda ko‘p suv bug‘i atmosferaga
tashlanadi. Benzin yonganda quyidagi reaksiya boradi:
2S
8
N
16
+25O
2
+16SO
2
+18N
2
O+ issiqlik.
Bir kg benzin yonganda 1,42 kg suv hosil bo‘ladi.
Bir yilda dunyoda o‘rtacha 2,2 trln. m
3
tabiiy gaz (2,8 mlrd. t shartli
yoqilg‘i hisobida) va 3,5 mlrd. t neft yonib bitadi. Ularning yonishidan
atmosferaga 12 mlrd. t suv, isigan havo bug‘i (bu bir necha ming kub
kilometr balandlikda) tashlanadi.
Toshko‘mirning yonishi esa ikki bosqichda boradi:
2S+O
2
+2SO+ issiqlik;
133
2SO+O
2
+2SO
2
+issiqlik. Bunda suv hosil bo‘lmaydi.
Mana shu vaziyatlar orqali biz atmosferada parnik effektini o‘z
qo‘limiz bilan hosil qilamiz. Neft mahsulotlari yonganda atmosferaga
SO
2
ga qaraganda 10 ming marta og‘ir zarrachalar uchib chiqadi.
Bundan tashqari, yoqilg‘i moddalar yonishi uchun g‘oyat katta
miqdorda kislorod sarf qilinadi. Chunonchi, 1 kg metan yonishi uchun
atmosferadan 4 kg kislorod sarflanadi, bir yilda jahon bo‘yicha
olinayotgan gaz uchun 11 mlrd. t kislorod sarflanishi aniq. 1 kg
benzinning yonishi uchun atmosferada 3,5 kg kislorod sarf etiladi.
Demak, dunyodagi neft mahsulotlarini qazib olish uchun yana 11,5
mlrd. t kislorod zarur. 1 kg ko‘mirning yonishi uchun 2,7 kg kislorod
zarur bo‘lsa, kavlab olinadigan 4,5 mlrd. t ko‘mir uchun yana
atmosferadan 12 mlrd. t kislorod olinadi.
Ko‘rib turibmizki, insoniyat o‘ziga zarur yoqilg‘ilar uchun har yili
tabiatdan 35 mlrd. t kislorod sarflanishiga sababchi bo‘ladi.
Demak, yoqilg‘i energetikasi atmosferani ham issiq bug‘lar bilan
to‘yintiradi, ham undagi bor kislorodni olib qo‘yadi. Atmosferada
kislorod kamayib, zaharli gazlar bilan to‘yinib borishi natijasida iqlim
o‘zgaradi. Bulardan tashqari, boshqa sanoat korxonalari, avtomobillar,
odamlarning turli harakatlari natijasida atmosferaga qancha karbonat
angidrid tashlanadi va undan ko‘plab kislorod sarflanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda biz atmosferadan 10
13
t
kislorodni oldik. Aslida havoda 1,5·10
15
t kislorod bo‘lib, u atmosfera
bosimini saqlab turadi.
Biosferadagi kislorod miqdori juda ko‘p emas, gidrosferaning 85,
litosferaning 47 foizi kisloroddir.
Kislorod tabiatda o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi, fotosintez
jarayonidagina atmosferaga kislorod chiqadi.
1970-yillardayoq mashhur Rim klubi yerdagi ekotizim atmosfe-
radan olib ishlatilayotgan kislorodni tiklash imkoniyatiga ega emas,
degan fikrni o‘rtaga tashlagan edi.
Oddiy (korroziya) zangning o‘zi milliardlab tonna kislorodni hazm
qilib yuboradi va hokazo. Shu boisdan ham Kioto protokoliga asosan
gazni mutlaqo yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik kerak. Asosan suv, shamol
va biomassa orqali energiya olish bilan atmosfera toza saqlanadi. Kioto
protokoli bo‘yicha kislorodni saqlash, uni tejash birinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 10 ming yilda dunyo iqlimi mo‘’tadil
bo‘lib kelmoqda, har bir qit’ada o‘ziga moslashgan o‘simlik, hayvon va
134
boshqa tirik organizmlar mavjud. Bu muhitni buzishga hech kimning
va hech narsaning haqqi yo‘q.
O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishi ham atmosferaga tashlanadigan
gazlarning ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Barcha rivojlangan mamlakatlar
kabi bizning respublikamizda ham sanoat rivojlanishi, transportning
ko‘payishi, antropogen omillar va Orol dengizining qurib borishi
iqlimning o‘zgarib borishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosfera havosi,
tuproq mikroflorasi va ichimlik suvining ifloslanib borishi, ekologik
muhitning buzilishi, o‘z navbatida iqlim o‘zgarishini tezlashtiruvchi
omillar qatoriga kiradi. Keyingi kuzatishlarda iqlimning yillar bo‘yicha
isib borishi yoki iqlim ta’sirida og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi (turli
to‘fonlar, suv toshqinlari, haddan ziyod ko‘p yog‘in tushishi, issiq
iqlimli hududlarda kutilmaganda qor yog‘ishi, bahor oylarida qattiq
sovuq bo‘lishi yoki anomal holatlar) ma’lum bo‘lmoqda.
O‘zbekiston daryolari uchun qor ko‘p bo‘lishi va qalinligi katta
ahamiyatga ega, chunki ularga keladigan suv qorlarning erishidan hosil
bo‘ladi. Keyingi paytlarda qor basseynlarida qor hajmining kamay-
ganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, respublikada kichik qor
basseynlari yoki muzliklar tabiiy ravishda yo‘qolib, kattalaridagi
muzlar ham bo‘laklarga bo‘linib ketmoqda. Albatta, bu holatni global
isish bilan bog‘lash mumkin. Respublikada yanvar-mart oylarida asosiy
qor zahirasi yog‘ishi kuzatiladi, ammo keyingi yillarda bu ko‘rsatkich
nisbatan kamayib ketmoqda. Havo harorati yanvar-mart oylarida ko‘p
yillik normadan yuqori bo‘lmoqda.
Eng katta muzliklar Pomir tog‘idagi Fedchenko, Shimoliy Tyan-
Shandagi Tuyuq suv, Xisor-Oloy tizmalaridagi Abramovdir. Bu
muzliklarda keyingi paytlarda muz zaxiralari yiliga 1% miqdorda
kamayib bormoqda. Muzliklarning kamayishi natijasida suv kamayadi,
bu esa, o‘z navbatida, muzlarning atrof-muhitga yoyilishiga va
ifloslanishiga olib keladi.
Ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra, yerda havo harorati Quyosh bilan
bog‘liq. Keyingi 250-yil davomida Quyosh haroratining biroz pasayishi
kuzatilmoqda. 1960-yildan Quyosh aktivligi susaydi, bu holat 2060-
yilgacha davom etadi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 2110-yilgacha
harorat pasayib boradi.
Quyosh aktivligi iqlim isishiga, pasayishi esa sovushiga olib keladi.
Lekin metagalaktikada shunday ta’sirlar borki, u bizning atmosfera
haqidagi tasavvurimizga sig‘maydi.
135
Quyosh aktivligi ba’zan sikllarda bo‘linib, har 11-yilda o‘tadi.
Portlashlar vaqtida Quyosh juda katta energiya sarflaydi. 2003-yil
noyabr oyida Quyosh portladi va bunda juda katta energiya sarflandi.
Bu energiya bilan Moskvadek katta shaharni 200 mln.-yil ta’minlash
mumkin. Shuning uchun ham Quyoshning energiyasi tugaydi, degan
so‘zlar mutlaqo afsona. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh energiyasi 5
milliard yillardan so‘ng tugashi mumkin. Demak, golland fizigining
so‘zi mutlaqo asossiz.
Gamburg meteorologiya instituti xodimlari ma’lumotiga ko‘ra,
keyingi 10-yilda Germaniyada issiq kunlar soni 10-20 kunga uzayadi,
Janubiy Yevropada 50 kunlab bir tomchi ham yomg‘ir yog‘maydi.
Keyingi ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, planetamizda havo
harorati yaqin o‘n yillarda 1,4-5,8
0
S ga oshishi kutilmoqda. Bu –
sahrolar, cho‘llar ko‘payishiga, abadiy muzlar erishiga, Tinch okeani
sathi ko‘tarilishiga olib keladi. Ekspertlar ma’lumotiga qaraganda, havo
haroratining 4
0
Sga oshishi natijasida barcha muzliklar erib bitadi.
Uncha aniq bo‘lmagan ma’lumotlarda qayd etilishicha, ikki qutbdagi
muzlik erib bitsa, suv sathi 100-110 m ga ko‘tariladi, dunyoning
ko‘pgina mamlakatlari suv ostida qoladi. «Nature» jurnali xabariga
ko‘ra, Arktikadagi muzliklar maydoni va qalinligi kichrayib bormoqda.
Bu boradagi ko‘rsatkichlar 1990-yildagiga qaraganda hozir 40 foizga
past. Agarda muzliklarning erishi shu tarzda davom etsa, keyingi 100-
yil ichida Arktikada mutlaqo muz qolmaydi. Tinch okeani suvi
ko‘tariladi. Bu bir qator hayvonlarning turlari, xususan, qutb ayig‘ining
qirilib ketishiga sabab bo‘ladi. Suv ko‘payishi natijasida G‘arbiy va
Shimoliy Yevropani isituvchi Golfstrimning ham kuchi pasayadi.
Demak, global isish bilan global sovush ham yuz berib, -40
0
S harorat
oddiy hol bo‘lib qoladi. Iqlim o‘zgarishi, ko‘plab populyatsiya hamda
turlarning qirilib ketishiga olib keladi va bu yo‘qotish hech qachon
tiklanmaydi. Aslida, bu ta’sir tabiatning emas, balki insonning tabiatga
«oliy ximmati» oqibatidir.
Dostları ilə paylaş: |