O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

11.5. Kuzatish olib borish usullari 
 
Kuzatish olib boriladigan mikrorayon hududida avval foydala-
nishga yaroqsiz holga kelib qolgan yer maydonlari, ichishga yaroqsiz 
suvlar hududi belgilab olinadi. Ular hududi maxsus to‘rlar, belgilar 
yordamida aniqlab olinib, keyin umumiy yer maydoniga nisbatan 
foizda hisoblab chiqiladi: 
• ekin ekiladigan maydonning yaroqsiz holga kelishi, biotsenoz-
ning buzilishi; 
• yaylovlarning foydalanishga yaroqsizligi, umumiy yaylovga nis-
batan; 
• ichimlik suvlarining ifloslanganligi, ichishga yaroqsizligi; 
• aholi yashaydigan joylarning umumiy yer maydonidan necha foiz 
yerni band qilib turganligi. 
 
Statistik belgilariga qarab ekologik baholash 
 
Ma’lum mikrorayonning ekologik yomonlashgan qismi ajratib 
olingan bo‘ladi. Ushbu bo‘lak statistik belgilardan biri hisoblanadi.
Ekologik baholash – yaroqsiz yerlarda to‘rt sinfga bo‘linib 
baholanadi:
a) umumiy maydonning 5% i yaroqsiz bo‘lsa, bunday yerlar eko-
logik yaroqli hisoblanadi; 


127 
b) umumiy maydonning 5 dan 20% gacha qismi yomonlashgan 
bo‘lsa, ekologik buzilish boshlandi deb hisoblash mumkin;
d) umumiy maydonning 20 dan 50% gacha qismi yomonlashgan 
bo‘lsa, ekologik krizis boshlandi deb hisoblash mumkin; 
e) umumiy maydonning 50% dan ziyod qismi yomonlashgan bo‘l-
sa, to‘liq ekologik buzilgan deb hisoblanadi. 
Yerdan foydalanishning ekologik buzilish foizi doimo joyning 
ekologik pasportiga yozib boriladi. 
Dinamik belgilariga ko‘ra ekologik baholash 
Statistik belgilariga qarab kuzatuv olib borilayotgan hududni 
umumiy baholash natijasida o‘sha joyning aniq bir tushunchasi paydo 
bo‘ladi, aniq bir surati ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ma’lum bir joyda-
yillar davomida uzluksiz kuzatish olib borish yerdan foydalanishda 
yoki boshqa biron bir ekologik o‘zgarish yuz berayotganini darhol bilib 
olishga va bu o‘zgarishlarning nechog‘lik tezlashayotganligini 
baholashga imkon beradi. Ma’lum hududda o‘zgarishlar yuz berganini 
umumiy ekologik baholash (foizda) dinamik belgilariga qarab baholash 
hisoblanadi.
Ma’lum yer maydonida ahvolning yomonlashib borishining 
ko‘payishi va tuproqdagi ekologik ahvolning buzilishini to‘rt sinfga 
bo‘lib o‘rganamiz: 
a) ahvolning buzilish tezligi bir yilda 0,5% dan kam bo‘lsa –
ekologik me’yor buzilmagan; 
b) ahvolning buzilish tezligi bir yilda 0,5% dan 2% gacha bo‘lsa – 
ekologik me’yor buzila boshlangan; 
d) ahvolning buzilish tezligi bir yilda 2 % dan 4% gacha bo‘lsa – 
ekologik krizis boshlangan; 
e) ahvolning buzilish tezligi bir yilda 4% dan ko‘p bo‘lsa – ekolo-
gik me’yor mutlaq buzilgan. 
Kuzatishlar o‘tkaziladigan joy barcha ekologik holatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan, dala kuzatishlarini olib borishga qulay nuqta 
bo‘lishi kerak. Ushbu joy biotaning holatini, tuproqni, oqar suvlarning 
ayrim qismini, ekotizimni va tabiiy manzaralarni kuzatishga qulay joy 
bo‘lishi kerak.
Joyni tanlash usullari. Tanlab olingan hamda qulay deb hisob-
langan joy, ushbu mikrorayon hududida eng ma’qul joy bo‘lishi kerak. 


128 
Tanlab olingan joyda kuzatuvlar ikki joyda, ya’ni tajriba maydoni va 
nazorat maydonida olib boriladi. 
Olib boriladigan kuzatuvlar har ikkala tajriba maydonida bir 
paytda, bir kunda, bir xil sharoitda borishi, hatto tuproqni ifloslan-
tiruvchi manbalar ham bir xil bo‘lishi kerak. Tajriba maydoni uchun 
daryo vohasi tanlangan bo‘lsa, nazorat maydoni ham shu yerda bo‘lishi 
lozim, agarda kuzatishlar tog‘ yonbag‘ridan tanlangan bo‘lsa, nazorat 
maydoni uchun undan sal pastroq joy tanlab olinadi.
Har ikkala maydonda tuproq tipi, o‘simliklar qoplami, daraxt-
larning yoshi, biotsenoz va boshqalar juda o‘xshash bo‘lishi to‘g‘ri 
ma’lumotlar olishga imkon beradi. 
Tajriba maydonining hajmi olib boriladigan kuzatuvlarning 
vazifasi bilan bog‘liq bo‘ladi, monitoring olib boriladigan maydonlar 
o‘rmonzorlarda tanlab olinsa, hajmi 25x25m, tekis joylarda 10x10m 
qilib olinsa, yetarli bo‘ladi. Ammo aniq kuzatuvlar uchun ushbu tanlab 
olingan maydon ichidan yana kichik uch maydon ajratib olinadi. 
Ularning hajmi 1x1 yoki 0,25m
2
hajmdagi 8-10 tagacha kichik 
maydoncha bo‘lishi mumkin. Kuzatish olib boriladigan hududda bir 
necha maydoncha aniqlanib, bir qator kuzatishlarni olib borish belgilab 
olinadi. Har bir kuzatuv aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. 
Kuzatuv olib boriladigan maydon to‘rtburchak yoki uchburchak 
shaklida belgilab olinadi va har bir uchastkaga tartib raqami beriladi. 
Belgi va xususiyatlar, o‘z navbatida, hudud ekopasportiga qayd 
qilib boriladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin