O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Mavzu xulosasi. Ba’zida ko‘cha-ko‘yda yigit-qizlarimizning 
tamaki chekishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini ko‘rib, 
kelajakda ulardan qanday ota-ona, qanday oila vujudga kelishini ko‘z 
oldimizga keltiramiz. Yoshlarimizning ochiq-sochiq kiyinishi, tartibsiz 
ovqatlanishi, uyali aloqa vositalaridan uzluksiz foydalanishi ham 
sog‘lig‘i uchun zararlidir. Buning uchun nafaqat tibbiyot xodimlari, 
balki keng jamoatchilik nazorat-targ‘ibot ishlarini doimiy ravishda olib 
borsagina, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mamlakatimizda onalar va 
bolalar sog‘ligini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng 
qamrovli islohotlar yoshlarni jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol 
shaxs qilib rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nazorat savollari 
 
1. Salomatlik tushunchasiga ta’rif bering. 
2. “Salomatlik o‘lchovi” nima? 
3. Sog‘lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? 
4. Subyektiv va obyektiv omillar. 
5. Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlariga ta’rif bering. 
6. Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti. 


151 
XIV BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA UNING 
SHAKLLANISHI 
 
14.1. O‘zbekistondagi bioxilma-xillik 
O‘zbekistonning turli ekotizimlarida o‘simlik va hayvonot 
olamining biologik xilma-xilligi 27000 turdan ortadi. Ular orasida 
hayvonlar 15000 turdan ortiq bo‘lib, shuning katta qismini umurtqasiz 
bo‘g‘imoyoqlilar tashkil etadi (11300 tur). Umurtqali hayvonot dunyosi 
424 turdagi qushlar, 97 turdagi sut emizuvchilar, 58 turdagi sudralib 
yuruvchilar, 83 turdagi baliqlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston O‘rta 
Osiyoga mansub ko‘plab turdagi hayvonlar yashaydigan hudud 
hisoblanadi. O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda tarqalgan umurtqali 
hayvonlarning 53 turi va mayda turlari ma’lum. Umurtqali hayvon-
larning turli guruhlarida muayyan bir joyga mansublik darajasi 1,8-51,7 
foizni tashkil etadi. O‘simliklar, qo‘ziqorinlar va suv o‘tlari taxminan 
11000 turdan iborat bo‘lib, ularning 4800 turi gulli va tomirli 
o‘simliklardan iborat. Mahalliy o‘simliklar turlari ko‘p emas – qariyb 
400 turdan iborat bo‘lib, shuning 10-12 foizini qadimdan saqlanib 
qolgan o‘simliklar tashkil etadi.
Ushbu turlarning biologik xilma-xilligi asosan ayni paytgacha 
mavjud yovvoyi tabiiy ekotizimlar tufayli saqlanib turibdi. Bu eko-
tizimlarning asosiy turlari esa hududning turli tabiiy-iqlim sharoitiga 
muvofiq shakllangan bo‘lib, tekis yerlarning cho‘l ekotizimlari, 
tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar, daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari, 
namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar va deltalar, tog‘ ekotizimlarini 
o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekistonning ko‘plab xalq xo‘jaligi tarmoqlari – qishloq 
xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi, ovchilik xo‘jaligi, 
xomashyoni saqlash va birlamchi ishlov berish, qayta ishlash sanoati 
bevosita bioxilma-xillik bilan bog‘liqdir. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin