O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


masalasiga nisbatan moslashish choralari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

masalasiga nisbatan moslashish choralari quyidagilardan iborat:


160 
• mavjud suv ta’minotini yanada samarali boshqarish, monitoring 
tizimini qo‘llash, suvni qat’iy ravishda tejash; 
• kelajakda suvga bo‘lgan talabni cheklash bo‘yicha tashkiliy 
choralar ko‘rish; 
• barcha gidrotexnik inshootlarni takomillashtirish (suv taqsimla-
gichlar, kanallar, suv omborlari va boshqalar); 
• qirg‘oq bo‘yi o‘simliklarini saqlash, daryolar o‘zanining tabiiy 
holatini tiklash va suvning ifloslanishini kamaytirish, respublikada 
qishloq xo‘jalik ekinlarini tomchilatib sug‘orishga barcha fermer 
xo‘jaliklarini o‘rgatish.
Iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 
aholi sonining o‘sishi va iqtisodiy rivojlanish kabilar orasidagi 
bog‘lanishlar har tomonlama va murakkabdir. Qayd etilganlarni 
yakunlab aytish mumkinki, iqlim o‘zgarishi iqtisodiyotda tanglikning 
ortishiga olib keladi. Bu holat hozirdayoq suv resurslari taqchilligini his 
etayotgan regionlarda ayniqsa sezilarli bo‘ladi.
Ular kelajakda boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq aziyat 
chekishlari mumkin. Bu haqda hali uncha kech bo‘lmasdan mam-
lakatlar kelishib olishlari zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyi-
dagicha xulosa qilish mumkin:
• iqlim isishi global gidrologik siklning jadallashishiga olib keladi, 
bu regional suv resurslariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi; 
• yog‘inlar miqdori, takrorlanishi va jadalligining o‘zgarishi oqim 
miqdori hamda uning taqsimlanishiga va qurg‘oqchil-yillarning 
qaytalanishiga ta’sir qiladi.
Mavzu xulosasi. O‘rta Osiyoda ichimlik suv miqdori va uning 
tarkibi jiddiy muammo bo‘lib, bu region mamlakatlarining iqlim 
o‘zgarishiga doir eng dolzarb masaladir. Respublikamizdagi deyarli 
barcha daryolar ikki yoki uch mamlakat hududidan oqib o‘tadi, har bir 
respublika aholisi suvga bo‘lgan talabini o‘z ehtiyojidan kelib chiqib 
qondirar ekan, ikkinchi mamlakat aholisi uchun bu narsa og‘ir 
oqibatlarga olib keladi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo biz uchun asosiy 
suv manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, ular boshqa mamlakat hududidan 
oqib o‘tadi. Qator muhim suv obyektlari ikki va undan ortiq 
mamlakatlar hududlarida joylashgan. Bu ham ayrim hollarda xalqaro 
mojarolarni keltirib chiqarishi tabiiy.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin