158
tashqi muhitdan kelgan noqulay sharoitda tez kasallanadi, ko‘paymaydi
va tez nobud bo‘ladi.
Shu bilan bir vaqtda
ayrim turlarning yashash
areallari degradasiyaga uchrashi yoki kichrayishi mumkin.
Etarli darajada tez moslasha olmaydigan turlar, ehtimol, yo‘qolib
ketar. Ushbu holatda turlararo tanlash boshlanadi yoki ularning
adaptatsiyalashganlarigina yashab qoladi. Masalan, ayrim turlar o‘z
ozuqalarida tuz moddasining ko‘payib
ketganligiga moslasha olmay
nobud bo‘lishi mumkin. Orol dengizining qurishi natijasida ko‘p
o‘simliklarning tarkibi sezilmas darajada bo‘lsa ham o‘zgardi, sho‘r-
langan tuproqlarda o‘sgan o‘simliklarning ayrim turlarini halokatga
olib keladi. Bu holat sayyoramiz uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan
yo‘qotishdir.
Olimlar hozirning o‘zidayoq iqlim o‘zgarishi tufayli 420 biologik
turlar yoki populyatsiyalardagi o‘zgarishlarni qayd etdilar. Bu o‘zga-
rishlar qushlarning ko‘chib yuruvchi turlariga ham taalluqlidir. Ular
bahorda erta uchib kelib, kuzda kech uchib ketadigan, ko‘plab qushlar
va sudralib yuruvchilarning bahordagi ko‘payish
davri erta boshla-
nadigan bo‘ldi. Sovuqqa sezgir kapalaklar, qo‘ng‘izlar, ninachilarning
yashash areallari shimolga tomon siljidi. Chunki iqlimning isib borishi
ularni yashash uchun o‘zlariga qulay joyni izlab topishiga majbur
qilayapti. Shuningdek, kuzgi ekinlar o‘z o‘suv davrlarini bahorda bir
necha
kunga tez boshlayaptilar, hozir ilgarigidek qattiq sovuqlarning
yo‘qligidan ayrim hollarda o‘simliklar qishda ham o‘smoqdalar.
Masalan, respublikaga hali uncha moslashmagan zaytun o‘simligi
biologiyasida ushbu holatlar kuzatildi. Zaytun avval o‘sib rivojlangan
mamlakatlarda tinim davriga juda kech kirgan bo‘lsa,
bizda kuzning
kechikib ketishi natijasida uning bir yillik novdalari bemalol o‘sib
turaverdi. Bizda iqlim o‘zgarishi bilan issiq havodan birdaniga -12-18
0
S
li sovuq havolar boshlanib ketishi mumkin, bu ko‘pgina bir-yillik va
ko‘p yillik o‘simliklar uchun noqulay sharoitlarni keltirib chiqaradi.
Cho‘llar, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil ekotizimlarda sharoit
yanada ekstremallashadi yoki og‘irlashadi. Ayrimlarini hisobga olma-
ganda, cho‘llar yanada jazirama bo‘lib, ularda namlik qisman ortadi.
Yuqori havo harorati o‘zlarining issiqqa nisbatan barqarorligidan to‘la
foydalana olmagan ayrim organizmlarning yo‘q bo‘lib
ketishiga olib
keladi.
Hayvon turlarining migratsiyasi uchun tabiiy “koridorlar” ni
yaratish o‘rmon ekotizimlarini paydo qilishi mumkin. O‘rmonlarni
159
tiklash va yong‘inga, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashni
kuchaytirilishi ekotizimning moslashishida ijobiy ahamiyatga ega.
Yaylov o‘simliklarini o‘zaro seleksiyasi va duragaylarining turlar
tarkibini nazorat qilish hamda mollar
boqishning yangi usullarini
qo‘llash, cho‘llanayotgan yerlarda qurg‘oqchilikka chidamli turlarni
ekish hamda ularni shu sharoitga moslashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ular tuproq eroziyasiga qarshi kurash ta’minlangan taqdirdagina iqlim
o‘zgarishiga yaxshi moslashadilar.
Dostları ilə paylaş: