165
9-jadval
Tuproq strukturasi o‘zgarishiga qarab 1 m
2
maydonda
chuvalchanglar soni va biomassasining o‘zgarishi
Tuproq strukturasi Chuvalchang soni,
dona
Chuvalchang
biomassasi, g.
15.3. Tuproqda yashovchi hasharotlarni aniqlash usullari
Unumdorligi yuqori, toza organik moddalarga boy tuproqlarda faqat
chuvalchang emas, balki yer ustida yashovchi hasharotlar soni ham ko‘p
bo‘ladi. Bunday hasharotlarga faqat go‘ng
bilan oziqlanadigan sassiq
qo‘ng‘izlar, turli o‘rgimchaklarni misol qilib olish mumkin. Sassiq
qo‘ng‘izlar asosan tuproqdagi mol tezaklarini qayta ishlash orqali yashab
hayot kechiradi. Shu asosda tuproqning unumdorligi oshishiga yordam
beradi, ammo ular faqat toza tuproqda hayot kechiradi yoki organik
moddalar to‘plangan joylarda yashaydi va ko‘payadi.
Bu hasharotlarni aniqlash ham
tuproqning tozaligi haqida
ma’lumot berib boradi. Buning uchun quyidagi usul bilan ular sonini
aniqlash mumkin. Buning uchun erdan chuqur qazilib, uning ichiga
oddiy shisha bankani solib qo‘yamiz, banka
ichiga ozroq yopishqoq
suyuqlik solinadi, chunki bankaga tushgan hasharot chiqib ketmasligi
kerak. Banka solingan chuqurning balandligi yer bilan baravar bo‘lishi
kerak, aks holda unga hasharotning tushishi qiyin bo‘ladi.
Hasharot tutishga mo‘ljallangan bankani bir sutkada ikki marta
tekshirish lozim, ertalab va kechqurun ko‘zdan kechirib, unga tushgan
hasharotlar soni aniqlanadi. Chunki ayrim hasharotlar kechasi hayot
kechirsa, ayrimlari
kunduzi hayot kechiradilar, shu tariqa ularning
hayot tarzini ham bilib olish mumkin. Hasharotning hayot tarzi haqida
to‘la ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘rganiladigan joylarga qarab bir
necha joyda kuzatish olib borish kerak bo‘ladi. Kuzatishlar har bir
biotopda qancha miqdorda hasharotlar yashashini
aniqlab beradi, qaysi
joyda hasharotlarning soni ko‘p bo‘lsa, o‘sha joy ekologik toza
ekanligidan dalolat beradi.
Masalan, o‘tloqda 7 joydagi tuzoqlar 3 kecha-kunduz davomida
turdi va bu muddatda 25 dona, butazorda 12 dona,
mol yuradigan
166
yaylovlarda shu muddatda 46 dona sassiq qo‘ng‘iz to‘plangani ma’lum
bo‘ldi. Bir kecha-kunduzda o‘tloqda 8 dona, yaylovda 15 dona,
butazorda 4 dona sassiq qo‘ng‘iz tutilganligi ma’lum. Endi bir tuzoqqa
tushgan hasharotlar sonini aniqlash uchun jami hasharot sonini tuzoqlar
soniga bo‘lamiz, unda o‘tloqlarda bir tuzoqqa o‘rtacha 3,5 dona,
butazorda 1,5 dona, mol boqiladigan yaylovda o‘rtacha 6,5 dona
hasharot to‘g‘ri kelganligi o‘rganildi.
Bu ma’lumotlarni quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin.
10-jadval
Dostları ilə paylaş: