181
● ekologik inqiroz yoki talofat ko‘rgan hududlarda qisman yoki
butunlay favqulodda holat joriy etadi;
● respublika ichida va xalqaro ekologik siyosatga doir vakolatlarni
amalga oshiradi.
Ekologik vakolat respublika Oliy Majlisiga ham berilgan, ular o‘z
imkoniyatlaridan kelib chiqib harakat qiladi.
Tabiatni muhofaza qilish ishlari
uchun barcha viloyatlardagi
hokimiyatlar ham baravar vakolatlidir, har bir hokimlik o‘z hudu-
didagi imkoniyatlar, tuproq, iqlim, suv, yaylov, o‘rmon xo‘jaligi hamda
qayta ishlash va sanoat korxonalari mavjudligidan kelib chiqib, o‘z
ishlarini amalga oshiradi:
● o‘zlariga tegishli hududlarda tabiat muhofazasi uchun yo‘nalish-
larni belgilaydi, mintaqaviy yoki hududiy ekologik dasturlarni ishlab
chiqadi va tasdiqlaydi;
● mahalliy tabiiy kadastrni amalga oshirib, undan foydalanilganlik
va ifloslantirganlik uchun to‘lovlarni amalga oshiradi;
● tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan
moddiy texnik
vositalar ta’minotini yo‘lga qo‘yadi;
● tabiiy resurslardan foydalanish, sanoat, maishiy chiqitlarni
tashlash yoki ko‘mishga ruxsat beradi va ularni bekor qiladi;
● o‘z hududidagi korxonalarning ekologik faoliyatini zarur paytda
to‘xtatib qo‘yadi;
● ekologik me’yoriy
hujjatlarni qabul qiladi, Konstitusiyaga va
qonunlarga zid kelmaydigan boshqa ekologik vakolatlarni amalga
oshiradi.
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi
davlat boshqaruvini
Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi va mahalliy organlar bajaradi.
Bir qator
vazirliklar va muassasalar, korxonalarda tabiatni
muhofaza qilishni boshkarish bo‘limlari ish olib boradi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh ijro
etuvchi organ
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
Dostları ilə paylaş: