O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Oqova va chuchuk suvlar bilan bog‘liq vaziyatlar deganda



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

3. Oqova va chuchuk suvlar bilan bog‘liq vaziyatlar deganda, 
yer usti va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib 
kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, 
radioaktiv moddalar, har xil zaharli kimyoviy moddalar bor bo‘lgan 
chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan qori darajada ifloslanishi 
bugungi kunda ko‘p uchraydigan holatlardan biridir. 
Muhandislik kommunikasiyalari va aholi uy-joylarining yemirili-
shiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlarning 
darajasining oshishi, sho‘rlangan suvlarning tepaga ko‘tarilishi kabi 
holatlar ham favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Chuchuk suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar 
bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi, yer 


192 
osti artezian suvlarini pastki qatlamlarga tushib ketishi kabi holatlar 
ko‘zda tutiladi. 
Xulosa 
 
Ekologik muammolar va favqulodda vaziyatlar masalasi O‘zbe-
kiston Respublikasida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu sohaga 
oid ko‘plab qonun va qarorlar ishlab chiqilgan, davlat dasturi qabul 
qilingan. 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydala-
nishni siyosat darajasida yo‘naltirish uchun Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish qo‘mitasining nomi yangilandi va mamlakatda 
ekologik konsepsiyani rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Buxoro 
viloyati Kogon tumani chiqindilarni qayta ishlash klaster asosida 
tashkil qilindi va arzon xom-ashyolardan aholi ehtiyoji zarur bo‘lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bu boradagi barcha 
ishlar Respublika Prezidentining 2017-2021-yillar uchun Harakatlar 
strategiyasi asosida olib borilmoqda. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin