Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ekologik huquq va qonunchilikning shakllanishi.
2. Ekologiya va Tabiatni asrash va muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining vazifalari.
3. Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning vazifalari.
4. Favqulodda ekologik vaziyat deganda nimani tushunasiz?
5. O‘zbekistonda ekologiyaga oid qanday qonunlar qabul
qilingan?
6. Respublika Davlat ekologik dasturining mazmun - mohiyatini
bilasizmi?
7. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning vujudga kelishi
qachon, qaerda yuz berishi mumkin?
8. Ruxsat etilgan ekologik me’yorlar qaysi tashkilot tomonidan
belgilab beriladi?
9. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar
qaerda uchraydi?
10. Ekologik klasterlar qaerda qo‘llanilmoqda va uning afzalligi
nimada ?
193
EKOLOGIK ATAMALAR
Atamalar
Ta’riflar
Avariya
Ishdan chiqish, ish vaqtida, harakatlanishda biron bir
mexanizatsiya, mashinaning va h.k. shikastlanishi.
Ma’lumotlar
bazasi
Ma’lumotlar yig‘indisi, masalan, maqollar, tizim-
lashtirilgan hisoblar shunday bo‘lishi kerakki, ularni
elektron hisoblash mashinalarida (EHM) topish va
ishlov berish mumkin bo‘lsin.
Chiqindilar turi Bir xildagi fizik-kimyoviy, fizik-mexanik, sanitar-
gigiyenik xususiyatlariga va bir xildagi tavsiflash
alomatlariga ega bo‘lgan chiqindilar yig‘indisi.
Zararli modda Xavfsizlik talablari buzilganda moddalarni inson
a’zosiga ta’sir qilib ishlab chiqarish jarohatini kel-
tirish, professional kasallik yoki salomatligiga, ish
jarayonida zamonaviy usullar bilan bilsa bo‘ladigan,
shuningdek, hozirgi va keyingi hayot avlodlarga
o‘zgartirish kiritishi mumkin bo‘lgan moddalar.
Ikkilamchi
resurslar
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarishi bo‘lmagan
muhitda hosil bo‘ladigan hamma chiqindilar hajmi.
Chiqindi
genezisi
Chiqindining hosil bo‘lishi, kelib chiqishi va paydo
bo‘lishi.
Ifloslanish
Er usti yoki hovuz tubini jismlar (ularning qismlari),
oziq-ovqat va maishiy tashlanmalar, ishlab chiqa-
rishning anchagina katta bo‘lakli chiqindilari va
boshqalarni tashlash natijasidagi ifloslanish.
Chiqindilarni
ro‘yxatga olish
Obyektlarda hosil bo‘ladigan chiqindilar holatini va
borligini hamda saqlanishni davriy nazorat qilib turish.
Atrof-muhitni
ifloslovchi
manbalar
Antropogen obyekt, ifloslantirish ishlab chiqaradigan,
ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga moddalar
yig‘indisi yoki mavjudodlar orqali ifloslanish keltira-
digan, shuningdek, chiqindilar yig‘iladigan joylar.
Kvota
Qonunan yoki xalqaro kelishuvlar natijasida o‘r-
natilgan tabiiy resurslarni ishlatish darajasi yoki
chiqindilar bilan ifloslanishni hosil bo‘lishiga muayyan
moddalar orqali har qanday ta’sir me’yori, ularning
yig‘indisi, reaksion jarayoni va shu kabilar.
Chiqindining
xavflilik sinfi
Chiqindilar yoki uning kompozitlarini darajasi
bo‘yicha atrof-muhit obyektlariga (tuproqqa,
194
o‘simlikka, hayvonlarga, insonga va boshqalar)
salbiy ta’sir etishi mumkinligi chegaralari.
Moddalarni
zaharlilik sinfi
Kimyoviy moddalarni tirik organizmlarga ularning
darajasi bo‘yicha zararli ta’sir chegaralari.
Chiqindilarni
kodlash
Ushbu tizim tavsiflash o‘rnatilgan qoida bo‘yicha
tavsiflanayotgan obyektlarni belgilar guruhi ko‘ri-
nishida ifodalashga imkon beradigan texnik usul.
Litsenziya
Xo‘jalik faoliyatidagi xo‘jalik aksiyalariga (ma’lum
turdagi mahsulot ishlab chiqarish, ifloslovchi
chiqindilarni chiqarish, shakli, savdo joyi, patent olingan
kashfiyot, korxona va boshqa shaxs tomonidan ishlatish
va h.k.) ko‘rsatilgan davrda ta’sir o‘tkazadigan, bir
huquqli yoki takrorlanadigan (necha martaligi ko‘rsatil-
gan bo‘ladi) maxsus mas’ul davlat organlari tomonidan
berilgan ruxsatnoma (pul to‘lanadigan).
Chiqindilar
uchun litsenziya
Ma’lum miqdordagi zararli qattiq, suyuq yoki
aralash chiqindilarni oldindan kelishib olingan yoki
o‘rnatilgan kimyoviy tarkibini joylashtirish uchun
to‘lovli ruxsatnoma.
Chiqindilar bilan
bog‘liq ishlarni
olib borish
monitoringi
Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan
borishni sistemali nazorat qilish va nazorat
qilinayotgan parametrlarni o‘zgarishi bo‘yicha talab
qilingan prognozlarni berish.
Chiqindilar
morfologiyasi
Chiqindilarni tashqi alomatlari yig‘indisi: rangi,
tuzumi, ko‘rinishi, yangilarini hosil bo‘lishi va h.z.
Axlat
Maishiy sharoitda hosil bo‘lgan maishiy qattiq
chiqindilar va tashlandiqlar yig‘indisi.
Ifloslanish
me’yori
Me’yoriy aktlarda ruxsat etilgan, kelib tushadigan
yoki muhit tarkibida bo‘lgan moddalarning chegara
konsentrasiyasi.
Chiqindilar bilan
bog‘liq ishlarni
olib borish
Chiqindilarni hosil bo‘lishi, yig‘ish, saqlash, tashish,
ko‘mish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va sotish
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat.
Xavfli
chiqindilar
O‘z tarkibida bir dona bo‘lsa ham xavfli xususiyatli
(zaharli, infeksiyaviy, portlovchi, yonish xavfliligi,
yuqori reaksiyaviy xususiyat, radioaktivligi) moddalar
bo‘lgan chiqindilar.
Tashlandiqlar
Keyingi ishlatish uchun yaroqsiz bo‘lgan yoki iste’mol
qilib bo‘lmaydigan oziq-ovqatlar yoki uy anjomlari.
195
Chiqindilar
Ishlab chiqarish va iste’mol jarayonida hosil bo‘lgan
xomashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, boshqa
mahsulotlar yoki narsalar qoldiqlari, shuningdek,
o‘zining xaridorlik xususiyatini yo‘qotgan mahsu-
lotlar (tovarlar).
Gomogen
(oddiy) chiqindi
Bir turdagi chiqindi
Geterogen
(aralash)
chiqindi
Ikki va undan ortiq turdagi chiqindi
Iste’mol
chiqindilari
Ma’naviy va fizik jihatdan chegaralanganligi
natijasida o‘zining iste’mol xususiyatini yo‘qotgan
materiallar va mahsulotlar.
Ishlab chiqarish
chiqindilari
Mahsulot, energiya, ish bajarishda (xizmat ko‘rsa-
tishda) hosil bo‘lgan xomashyo, materiallar, yarim
mahsulotlar, shuningdek, to‘liq yoki qisman iste’mol
xususiyatini yo‘qotgan, ishlab chiqarish jarayonida
yo‘l-yo‘lakay hosil bo‘lgan qo‘llanmaydigan qoldiq-
lar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari.
Chiqindi
pasporti
Chiqindi kelib chiqish joyini va shaxsiy xususiyatini
tasdiqlaydigan hujjat.
Chiqindilarni
qayta ishlash
Chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlash, tashish yoki
utilizatsiya qilish maqsadida, biologik, fizik,
kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq
bo‘lgan texnologik operatsiyalarni amalga oshirish.
Tabiiy muhit
Tabiiy antropogen faktorlarni insonga va xo‘jalik
faoliyatining resurs-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir
o‘tkazadigan narsalarni va faktorlarni o‘zida aks
ettiruvchi.
Tabiiy resurslar Moddiy boylik yaratish maqsadida insonni qandaydir
talabini qondirishda ishlatiladigan tabiiy moddalar,
zahiralar, obyektlar.
Tabiatdan
foydalanuvchilar
O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiatdan foy-
dalanish bilan bog‘liq har qanday shakldagi faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va jismoniy
shaxslar, shuningdek, chet ellik yuridik va jismoniy
shaxslar.
Dostları ilə paylaş: |