O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 
kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq
epizootiya — hayvonlar va qushlarning ommaviy kasallanishi yoki 
nobud bo‘lishi; 
epifitotiya — o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi va yuqo-
ridagi holatlarning qaysi biri bo‘lsa ham kuzatilganda respublika 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyatini olib boradi. Bunda 
ma’lum hududlarda darhol karantin va cheklovlar zudlik bilan tashkil 
qilinadi. Hududga kirish-chiqish harakatlari to‘htatiladi. Ma’lum 
infeksiyalarga qarshi kurashish uchun lozim bo‘lgan mutaxassislar jalb 
qilinadi eng sara bilimdon olimlar va kasb egalari maslahatlari asosida 
qarshi kurashish ishlari olib boriladi.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning vujudga kelishi tabiiy 
ofatlar natijasida tez-tez uchraydi va ularni quyidagi holatlarda ko‘rish 
mumkin: 
1. Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq 
vaziyatlarda kutilib, bunda-halokatli ko‘chkilar, o‘pqonlar — 
toshko‘mir, gaz va boshqa foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer 


191 
ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo 
bo‘luvchi yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi (gazli voqeasi);
Tuproqning sanoat korxonalaridan tashlanishi tufayli og‘ir toksik 
moddalar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, toshko‘-
mir kukuni shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odam-
larning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llanila-
digan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishi kiradi 
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va ruxsat etilgan me’yordan 
ortiq zaharli moddalar bilan ifloslanib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
vaziyatlar: 
Atmosfera havosini quyidagi-metan gazi, oltingugurt dioksid, diok-
sid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar 
sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa 
zararli moddalar va boshqa zaharli ingridiyentlar bilan yuqori darajada 
ifloslanishining oldini olishda doimo Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
faoliyati katta bo‘ladi. Sanoati rivojlangan va aholi miqdori yuqori 
bo‘lgan shaharlarda kislotali yomg‘irlar yog‘adigan zonalar hosil 
bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yerga qaytib tushishi 
holatlarni qayd qilish va aholi sog‘ligini o‘ylash borasida Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi faoliyat ko‘rsatadi. Radiatsiyaning yuqori darajasi 
respublikada uran va volfram qazib olinadigan hududlarda oshib borishi 
natijasida oqar suvlar, tuproqning yer usti o‘simliklar o‘sadigan qismi 
ifloslanishi va radioaktiv moddalarning inson organizmiga aylanma 
sxema orqali kirib borishining oldini olish yo‘llarini o‘ylab topish. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin