182
● davlat ekologiya ekspertizasini o‘tkazadi;
● atrof-muhit sifati me’yorlarini tasdiqlaydi;
● ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga
oqizish,
shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar beradi
va ularni bekor qiladi;
● tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni
qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
● tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash borasida
yagona siyosatni ishlab chiqaradi hamda amalga oshiradi;
● atrof-muhit ekologik holatining qulay bo‘lishini ta’minlaydi va
ekologik muhitni sog‘lomlashtiradi.
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanadigan haq yoki
javobgarlik jarimalari respublika hududida barcha jamoat tashkilotlari
va yakka shaxslar uchun ham amal qiladi. Tashlanadigan katta
miqdordagi chiqindining avval joyi va
uning ekologik xavfsizligi
aniqlanmas ekan, buning uchun katta miqdordagi jarima to‘lanadi.
17.3. Ekologik nazorat va ekologik ekspertiza
Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishda davlat
boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri
ekologik nazorat
hisoblanadi. Tabiiy muhit doimo nazoratda bo‘lishi kerak. Inson o‘zi
yashaydigan ona tabiatni asrashi va saqlashi lozim. Chunki bu joyda
bizning ajdodlarimiz yashagan, kelajakda shu joyda bizning
avlodlarimiz hayotni davom ettirishini doimo esda tutmoq kerak.
Ekologik nazorat tushunchasi –
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash
qoidalari va talablarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan
bajarilishini tekshirish, tabiiy muhitni o‘rganish va kuzatish kabi jara-
yonlar bilan bog‘liq
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-
ma’rifiy chora-tadbirlar faoliyati yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Ekologik nazorat tizimi davlat nazorati, idoraviy nazorat, ishlab
chiqarish va jamoat nazoratidan iboratdir.
Ekologik davlat nazorati – barcha zarur vakolatlarni o‘zida
jamlagan holda ma’muriy-boshqaruv faoliyatining turlaridan biridir.
Shuning uchun, ishlab chiqarish obyektining ishlari,
hujjatlari bilan
tanishtirish, ekologik ekspertiza tayinlash, zararli faoliyatlar yuz
183
berganida uni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish, huquqbuzarliklar
uchun javobgarlikka tortish kabi ishlar umumiy va maxsus vakolatga
ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda har
bir quriladigan bino inshooti, tashkilotlarning
qurilish loyihasi maxsus komissiya tomonidan (yer kadastri xodimlari,
geologlar, arxitektorlar, muhandislar) ko‘rib chiqiladi, shuningdek,
avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantirishining nazoratini
Ichki ishlar vazirligining Avtotransport ekologik nazorat xizmati
amalga oshiradi.
Ekologik nazoratni uzluksiz amalga oshirishda uning muhim
usullaridan biri
ekologik ekspertiza alohida ajralib turadi.
Ekologik ekspertiza – olib borilayotgan ekologik va boshqa ishlarni
bajarilishida ekologik talablarga rioya etilishi va ekologik
ekspertizaning obyektini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga
chiqarishning boshqa oqibatlarini oldini olish maqsadida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda “Ekologik ekspertiza
to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilingan.
Ekspertiza haqidagi qonunlar har doim tabiatni asrash va saqlash
talablariga mos keladi va uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekologik ekspertiza xo‘jalik faoliyati
talablarga mos kelishini
birinchi tekshirishdayoq aniqlab oladi, lozim bo‘lsa zararli
oqibatlarning oldini oladi. Ekologik ekspertiza tashkil etilishi va
o‘tkazilishiga qarab 4 turga bo‘linadi: davlat, jamoat, idoraviy va ilmiy
asosda olib boriladi.
Ekologik ekspertizaning o‘ziga xos prinsiplari quyidagilar:
• Ekologik ekspertizani uning obyekti ro‘yobga chiqquniga qadar
o‘tkazishning majburiyligi.
• Atrof tabiiy muhitga xo‘jalik faoliyati ta’sirini baholashning
majmuiyligi.
• Ekologik ekspertiza o‘tkazishda ekologik xavfsizlik talablariga
amal qilish zarurligi.
• Ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi.
• Ekspertlarning mustaqilligi.
• Ekspertlarning xulosalari
ilmiy asoslanganligi, obyektivligi va
qonuniyligi.
• Oshkoralik, jamoat fikrini inobatga olish, jamoat tashkilot-
larining ishtiroki.
184
• Ekologik ekspertiza ishtirokchilarining
ekspertizani haqqoniy
o‘tkazilgani va sifati uchun javobgarligi.
Shu holatda bir qator tartib va qoidalarga amal qilib ish olib
boriladi.
Hujjatlar ekspertiza obyektining atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini
aniqlash maqsadida ekspertizadan o‘tkazilar ekan, unda to‘rt toifaga
asosan ish olib boriladi:
1 toifa – o‘ta xavfli;
2 toifa – o‘ta darajada xavfli;
3 toifa – past darajada xavfli;
4 toifa – mahalliy (lokal) ta’sir ko‘rsatuvchi.
Ijobiy xulosalar odatda ekspertiza obyektini amalga oshirish va
moliyalashning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Salbiy xulosalar
ushbu hududda olib borilyotgan ishlarni to‘xtatadi.
Dostları ilə paylaş: